Oʻzbekiston tibbiyotida islohotlar va innovatsiyalar
Download 1.29 Mb.
|
oʻzbek tarixi
Shoshilinch tibbiy yordam tizimi (SHTYOT) sogʻliqni saqlash sohasidagi eng yirik va oʻta kuchli ijtimoiy ahamiyatga ega tuzilma hisoblanib, keyingi yillarda viloyat va tumanlardagi ixtisoslashgan markazlar filiallari va boʻlimlardan iborat mazkur yoʻnalishda aholi salomatligini asrash, ularga sifatli shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish borasida sezilarli ishlar qilindi.
Ilmiy markazi (RSHTYOIM) va unga biriktirilgan respublika sanitar aviatsiyasi hamda Toshkent shahrining “103” xizmati SHTYOXning bosh muassasasi hisoblanib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil qilingan markazning 13 ta filialida aholiga maxsuslashtirilgan shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatib kelinadi. Bundan tashqari, mamlakatimizning 179 ta aholi punktlarida RSHTYOIMning subfiliallari – shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlari faoliyat olib bormoqda. Sanab oʻtilgan statsionarlardan tashqari, tizimga “103” – tez tibbiy yordam xizmati, sanitar aviatsiyasi va favqulodda vaziyatlarda aholini tibbiy taʼminlash xizmati biriktirilgan.
Shuningdek, sohadagi islohotlar natijasida tez tibbiy yordam tizimi mutlaqo yangi innovatsion, sifat jihatdan yuksak, barcha xalqaro talablarga toʻliq javob beradigan sohaga aylantirildi. Xususan, yuqori talab va mezonlarga mos ixtisoslashtirilgan viloyat shifoxonalari, ularning shahar hamda tuman boʻlimlari qoshidagi tez tibbiy yordam xizmati boʻlimlarida butunlay yangicha tizim shakllantirildi. Prezidentimizning 2018-yil 16-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori sohadagi bu kabi ijobiy oʻzgarishlar va izchil islohotlarni amalga oshirishda muhim huquqiy asos boʻlib xizmat qilmoqda.
Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling