Oʻzbekiston tibbiyotida islohotlar va innovatsiyalar
Download 1,29 Mb.
|
oʻzbek tarixi
Qolaversa, shunday murakkab davrda oʻz hayotini garovga qoʻyib, yurtimizda koronavirus pandemiyasi keng tarqalishining oldini olish, bemorlar hayotini asrash, ularga mehr va gʻamxoʻrlik koʻrsatish ishiga oʻzining bilim va salohiyati, professional mahorati bilan munosib hissa qoʻshgan 300 dan ziyod tibbiyot xodimlari davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan mukofotlangani soha xodimlari faoliyatiga berilgan yuksak bahodir.Eng muhimi, bugun yurtimiz tibbiyotidagi ijobiy oʻzgarish va yangilanishlarni mamlakatimizning har bir fuqarosi oʻz hayotida, turmush tarzida chuqur his etmoqda.
Maʼlumki, tibbiyotning birlamchi boʻgʻini aholi salomatligini saqlash, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishda beqiyos oʻringa ega. Biroq tan olish kerak, mamlakatimizda yaqin-yaqingacha tibbiyotning mazkur boʻgʻinida bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatining pastligi sohadagi eng ogʻriqli muammolardan biri boʻlib kelgan. Xususan, oʻtgan yillar davomida yurtimizdagi oʻlim holatlarining 60 foizi ana shu boʻgʻindagi kamchiliklar, masalan, yurak-qon tomir kasalliklariga oʻz vaqtida toʻgʻri tashxis qoʻya olmaslik holatlari tufayli sodir boʻlgani, onkologiya yoʻnalishidagi bemorlarning yarmida xastalik ikkinchi va uchinchi bosqichga oʻtib boʻlganidan keyin aniqlangani mazkur tizimning oʻz vazifasini toʻla-toʻkis amalga oshira olmaganidan dalolat beradi.
Download 1,29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling