O’zbekiston tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 22-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2022-yil dekabr oyida Uslubiy birlashma yig’ilish Bayoni №5
Download 19.44 Kb.
|
O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kun tartibidagi masalalar
O’zbekiston tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 22-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2022-yil dekabr oyida Uslubiy birlashma yig’ilish Bayoni №5 Yig’ilish dekabr oyining 27-sanasida bo’lib o’tdi. Yig’ilishda jami 6 nafar o’qituvchidan 6 nafari qatnashdi. Kun tartibidagi masalalar 1. Metodbirlashma a’zolari tomonidan tashkil etilgan ochiq darslarning “Dars muqaddas” tavsiyasida berilgan darslarning tahlili turlariga ko’ra tahlil etilishi va qayd etilgan yutuq va kamchiliklar to’g’risida 2. Geografiya fani o’qituvchisi R.Yuldashevaning ilg’or tajribasini maktab miqyosida ommalashtirish to’g’risida 3. Xalq ta’limi bo’limi metodisti va metodist o’qituvchilar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar tahlili 4. Yanvar oyi tabiiy fanlar (kimyo,biologiya,fizika) fan oyligini rejasini ishlab chiqish va tashkillash 1-masala yuzasidan O’IBDO: D.Mirzaqulova so’zi Dars tahlillari va o’qituvchilarga berilgan metodik yordamlar to’g’risida nutq so’zladi. Sinflarda o’zlashtirish darajasi haqida, keldi-ketdi o’quvchilar, davomat, forma darslarning o’z vaqtida o’tilishi borasida yutuq va kamchiliklarni aytib o’qituvchilarni birma-bir tahlil qildi.Metodbirlashma a’zolari tomonidan o’tkazilgan ochiq darslar va ularning tahliliga qisqacha to’xtalib o’tdi. Biologiya fani o’qituvchisi N.Erqo’ziyevaning ochiq dars tahlili haqida darsni mazmuni va mohiyatan yaxshi tashkillanganligi darsda tarqatma materiallari va ko’rgazmali qurollardan foydalangan holda “Gul-o’simliklarning generativ organi” mavzusida tashkillangan ochiq darsni tashkillashda ayrim kamchiliklarga yo’l qo’yganligini inobatga olib yaxshi deb topganligi haqida gapirib o’tdi. Shundan so’ng darslarni tahlil qilishda asosan dars muqaddas tavsiyasi asosida berilgan dars tahlil turlarini farqlay bilish dars tahlillarida nimalarga e’tibor qaratish haqida tushuntirish berdi. Qaror 1. Dars tahlillari va o’qituvchilarga berilgan metodik yordamlar ustoz o’qituvchilardan N.Yusupova zimmasiga yuklatilsin. Hamda biologiya fani o’qituvchisi N.Isoqovaning darsi yaxshi deb topilsin. 2. 2-masala yuzasidan tabiiy fan metod birlashma rahbari M.Rahimova so’zi: O’qituvchi kasbi qanchalik sharafli bo’lsa, shunchalik mashaqqatli hamdir yosh avlodni tarbiyalashda bilim berishda tajribali, ijodkor bunday o’qituvchilarning mehnatini qadrlash kerak deb o’ylayman. R.Yuldashevaning faolligi o’z ustida ko’p ishlashi darslarni rang barang va ko’rgazmali qurollar asosida o’tishini alohida hisobga olib ilg’or ish tajribalarini ommalashtirish yuzasidan Pedagogika kengashida ko’rib chiqish va muhokama qilishini talab qilaman. Qaror 2. Geografiya fani o’qituvchisi R.Yuldashevaning ilg’or ish tajribalarini maktab miqyosida ommalashtirish yuzasidan Pedagogika kengashida ko’rib chiqish va muhokama qilish uchun kiritilsin. 3-masala yuzasidan M.Rahimova so’z olib Xalq ta’limi bo’limi metodisti va metodist o’qituvchilar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar tahlili haqida to’xtaldi. Jumladan “O’rgat o’rgan” tavsiyasiga ko’ra fan o’qituvchilarini bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida har bir xududlarda o’quvlar tashkil qilingan bo’lib u yerda o’qituvchilar o’z fanlari bo’yicha bilim ko’nikmalarini oshirishi va yutuqlarini ommalashtirish imkoniyati AKT sohasidagi yangiliklari bilan tanishish imkoniyatlari mavjud bo’lib bundan ko’zlangan asosiy maqsad xalq ta’limi metodisti va hududlardagi yuqori tajribaga ega mutaxassis-ustozlarning ish tajribasidan o’rganib o’z mehnati faoliyati jarayonida qo’llash mumkinligi haqida gapirib o’tdi Qaror 3. Barcha fan o’qituvchilarini fanlar kesimida hududlarda tashkil etilgan tayanch maktablarida orttirilgan bilim va ko’nikmalarini dars jarayonlarida qo’llash orqali o’z-o’zini rivojlantirish belgilab qo’yilsin 4-masala yuzasidan metodbirlashma rahbari M.Rahimova so’z olib Yanvar oyi “Tabiiy fanlar” (fizika, kimyo, biologiya) fani oyligini o’tkazish uchun oldindan puxta va jiddiy tayyorgarlik ko’rish. Fan oyligi davomida rejalarni oldindan tayyorlab uni metodbirlashma tasdig’idan o’tkazish to’g’risida fikrlarini aytib topshiriqlar berdi. Yuqoridagi masalalar bo’yicha muzokara bo’lib o’tdi. Muzokarada O’IBDO D.Mirzaqulova yuqori toifali o’qituvchi tajribali va mahoratli o’qituvchi R.Yuldasheva so’zi tinglandi va qaror qabul qilindi. Qaror 4. Yanvar oyi “Tabiiy fanlar” fani oyligini o’tkazish uchun oldindan puxta va jiddiy tayyorgarlik ko’rish. Fan oyligida davomida rejalarni oldindan tayyorlab uni metodbirlashma tasdig’idan o’tkazish fizika fani o’qituvchisi M.Rahimova va biologiya fani o’qituvchisi N.Erqo’ziyeva zimmasiga yuklatilsin. Uslub birlashma raisi: M.Rahimova Kotiba: R.Yuldasheva Download 19.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling