O’zbekiston uzliksiz ta’lim standartlari davlat tizimi o’rta maxsus kasb hunar ta’limi o’zbekiston respublikasi davlat standarti


Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda matematika ta’limining vazifalari


Download 0.87 Mb.
bet9/25
Sana13.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1193879
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
KHK-AL Математика ДТС укув ва ишчи дастур

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda matematika ta’limining vazifalari:
- akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘rta umumiy ta’limning bevosita davomi bo‘lgani uchun ham bu erda matematika o‘qitishda o‘quvchilarning ilgari olgan bilimlarini chuqurlashtirish, amaliyotga tadbiq qilishda abstrakt va mantiqiy fikrlashini o‘stirish;
- o‘quvchilarni funkstiyalar va ularning xossalarini matematik analiz tushunchalari vositasida tekshirishga o‘rgatish;
- tenglama va tengsizliklarni echishdagi matematik usullarni mohiyatini sistemali ravishda o‘rgatish;
- fazoviy jismlarning xossalarini o‘rgatish va bu xossalarni amaliyot masalalarini echishga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish;
- o‘quvchilarga faqatgina tushunchalar berib qolmasdan ularda masalalar echish yordamida mustaqil mantiqiy fikrlash, erkin matematik mushohada yurita olish, ma’lum qarorlar qabul qila olish kabi xislatlarni shakllantirishdan iborat.


O‘quvchilar bilim, malaka va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar:


Algebra va analiz asoslari kursini o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim:


- to‘plam tushunchasiga ega bo‘lishi, to‘plamlar ustida amallarni bajara olishi, , , , , ,Є,U - mantiqiy amallardan foydalanishni bilish;
- haqiqiy va kompleks sonlar ustida amallar bajarish, haqiqiy sonning modulini bilish, kompleks sondan kvadrat ildiz chiqara olish;
- matematik indukstiya usulini sonlarning bo‘linishi, yig‘indilarni hisoblash, tengsizlik va ayniyatlarni isbotlashga qo‘llash;
- ko‘rsatkichli, logarifmik, trigonometrik funkstiyalarni asosiy xossalarini bilish hamda ularga ko‘ra funkstiyalarni grafigini chizish;
- kvadrat tenglamaga keltiriladigan tenglamalar, ko‘rsatkichli, logarifmik, trigonometrik tenglama va tengsizliklarni echa olishi, tenglamalar echishning umumiy, xususiy usullarini bilishi;
- hosila, hosilani hisoblash qoidalari, elementar funkstiyalarning hosilalari, hosilalar jadvali, hosilani geometrik va fizik ma’nosini bilish;
- egri chiziqqa urinmaning ta’rifi, urinma tenglamasini bilish;
- funkstiyaning oraliqdagi eng katta va eng kichik qiymatlarini topish;
- boshlang‘ich funkstiya, aniqmas integral va ularning xossalarini bilishi;
- egri chiziqli trapestiyaning yuzi, aniq integral, Nyuton-Leybnist formulasini bilishi;
- aniq integral yordamida yuza va hajmlarni hisoblashni bilish;
- o‘rinlashtirish, o‘rin almashtirish, guruhlashning sonini topish formulalarini bilish;
- ehtimollikning klassik, statistik va geometrik ta’rifini bilish.
Geometriya kursini o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim:
- yassi figuralar va asosiy geometrik munosabatlar haqida ma’lumotlarni o‘zlashtirish;
- teoremalarni isbotlash, masala va misollar echishda mantiqiy mulohaza yuritishni bilish;
- stereometriya elementlari va aksiomalarini bilish;
- fazoda to‘g‘ri chiziq bilan tekislikni o‘zaro joylashishini tasavvur qila olish;
- to‘g‘ri prizma, piramida, stilindr, konuslarni yon va to‘la sirtlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishi;
- to‘g‘ri prizma, piramida, stilindr, konus, shar hajmlari haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lishi;
- modellarda, chizmalarda ko‘pyoqlar, aylanma jismlarni ajratish, ularning elementlarini ayta olish, shunga doir masalalarni echishi;
- vektorning ta’rifi, moduli, qarama-qarshi vektorlar, nol vektor tushunchasini bilishi, vektorlar ustida amallarni bilishi;
- bazis vektor tushunchasini bilishi, vektorlarni uchta bazis vektorlar bo‘yicha yoyilmasini bilishi;
vektorlarni skalyar ko‘paytmasi va uning xossalarini bilishi.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling