Algebra va analiz asoslari quyidagi bo‘limlardan iborat:
- to‘plamlar nazariyasi elementlari;
- haqiqiy sonlar;
- ko‘rsatkichli funkstiyalar;
- logarifmik funkstiyalar;
- trigonometriya;
- integral va uning xossalari;
- ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlari;
Geometriya quyidagi bo‘limlardan iborat:
- stereometriya aksiomalari va uning sodda natijalari;
- to‘g‘ri chiziq va tekisliklarning o‘zaro joylashuvi;
- ko‘pyoqliklar;
- ko‘pyoqliklarning yon va to‘la sirtlarini yuzlari;
- aylanish jismlari;
- fazoviy jismlarning hajmlari;
- fazoda vektorlar;
O‘qituvchilar ishchi dastur tuzishda ushbu dasturda keltirilgan mavzularga ajratilgan soatlarning kamida ¾ (75% yoki 150 soat) qismini amaliy mashg‘ulotlarga ajratish kerak.
Ushbu dasturni amalga oshirishda o‘qitishning dars jarayoni bilan bir qatorda mavzularning o‘quvchilar tomonidan qay darajada o‘zlashtirilishini, aniqlash uchun nazoratning barcha turlarini ham o‘z vaqtida amalga oshirish muhimdir. Bu o‘rinda joriy nazoratni o‘quvchilarning og‘zaki javoblari, uy vazifalarini tekshirish, shuningdek, qisqa muddatli mustaqil ishlarni uyushtirish orqali amalga oshirish mumkin.
Oraliq nazoratni esa asosan yozma ishlar, test topshiriqlarni bajarish bilan o‘tkazish mumkin.
Dasturni tuzishda mavzularning mantiqiy ketma-ketligiga alohida e’tibor berilgan. Shuning uchun algebra va analiz asoslari, geometriyani o‘qitishda dasturda keltirilgan mavzular ketma-ketligini saqlash maqsadga muvofiqdir.
Ayrim kasb-hunar kollejlari yo‘nalishlaridan kelib chiqib mazkur dastur asosida unga ba’zi o‘zgartirishlar kiritish mumkin.
Ta’limning mazmuni
1. To‘plamlar nazariyasi elementlari. (6 soat)
To‘plam, to‘plam elementlari. Bo‘sh va qism to‘plam. To‘plamlar ustida amallar. Sonli to‘plamlar. Mantiqiy amallar, mavjudlik va ixtiyoriylik kvantorlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |