Oʻzbekiston va Italiyaning xalq taʼlimi sohasidagi hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilindi
Xalqaro hamkorlik10 Mart 2022243
Matn: Рисолат Мадиева
Joriy yilning 9-mart kuni Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Italiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Agostinno Pinna bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Italiya ikki tomonlama aloqalarini rivojlantirishda xalq taʼlimi sohasidagi hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Italiyaning zamonaviy texnologik kompaniyalari bilan maktab taʼlimini rivojlantirishda toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston umumtaʼlim maktablarida italyan tilini ommalashtirish, aniq fanlarni italyan tilida oʻqitish maqsadida italiyalik mutaxassislarni jalb qilish hamda Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishlarini taʼminlash borasida hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida madaniy hamkorlik dasturi imzolandi
O‘zbekiston 10:01 / 26.03.2019 1169
2019 yilning 25 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Italiya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Andrea Bertotssi bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida ikki tomonlama va «O‘zbekiston - Yevropa ittifoqi» shaklidagi O‘zbekiston-Italiya hamkorligining joriy holati va istiqbollari muhokama qilingan.
Xususan, savdo masalalari, iqtisod va sanoat sohasida hamkorlik, eksport kreditlari bo‘yicha hukumatlararo ishchi guruhining navbatdagi majlisini sakkiz yillik tanaffusdan keyin o‘tkazish taklifi muhokama qilindi.
Joriy yilning oxiriga qadar qabul qilinishi rejalashtirilgan Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi Strategiyasi loyihasi yuzasidan ham fikr almashildi. O‘zbekiston tomoni YeI bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanligini tasdiqladi.
Uchrashuv so‘ngida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov va elchi Andrea Bertotssi tomonidan 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan hukumatlararo Madaniy hamkorlik dasturi imzolandi. Ushbu hujjat ta'lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, talabalar va ilmiy tadqiqotchilar tomonidan grantlar olish tanlovlarida ishtirok etishga o‘zaro ruxsat berilishi, shuningdek, turizm, madaniyat va san'at, sport, arxeologiya, madaniy meros obektlarini restavratsiya qilish, saqlash va muhofaza qilish sohasida muntazam almashinuvlar amalga oshirish, arxivlar, kutubxonalar va nashriyotlar o‘rtasida aloqalar o‘rnatishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |