O’zbekiston va jahon hamjamiyati


Download 0.62 Mb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1626654
  1   2   3
Bog'liq
tarix SANJAR

O’ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI


Tayyorladi:Reymbayev Sanjar
Tekshirdi:Gulimbetov Arslan

REJA:

  • O’zbekistonning xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lishi va hamkorlikni yo’lga qo’yilishi
  • Prezidentimiz BMT tashkilotida ilgari surgan tashabbuslari
  • Turkiy tilli davlatlar tashkiloti
  • O’zbekistonning TURKIY TILLI DAVLATLAR TASHKILOTIGA A’ZO BO’LISHI

O’zbekiston 2010-yildan beri 120 ta davlat bilan diplamatik aloqalar o’rnatdi.
Toshkentda 42 ta davlat elchixonasi
1 ta bosh konsulxona FRANKFURT-MAYN shahrida GERMANIYA
9 ta faxriy konsullik
10 ta xalqaro tashkilot vakolatxonasi
5 ta xalaqaro moliyaviy tashkilot vakolatxonasi
3 ta savdo tashkilot vakolatxonalari
O’zbekistonning Jahon tashkilotlariga a’zo bo’lishi
EXHT 1992-yil 30-yanvarda a’zo bo’lgan
1992-yil 2-martda BMT ga a’zo bo’ldi
Tinchlik yo’lida hamkorlik”ni1994-yil imzoladi 1995-yil NATO ga a’zo bo’ldi
2001-yil iyun oyida SHHT ga a’zo bo’ldi
2018-yil TURKIY TILLI DAVLATLAR TASHKILOTI ga a’zo bo’ldi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 23-sentabrda bo’lib o’tgan BMT Assambleyasining 75-sessiyasida ishtirok etib , global va mintaqaviy ahamiyatga ega tashabbuslarni ilgari surib , nutq so’zladilar
O‘zbekiston prezidenti Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etdi. Shavkat Mirziyoyev mintaqadagi muammolarga e’tibor qaratish kerakligini ta’kidlab, mamlakat Afg‘onistonni Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida qabul qilishini ta’kidladi.
Bunday global falokat sayyoramizda so‘nggi yuz yilda kuzatilmagan edi. Bu ofat butun insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol ko‘rsatdi. Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar o‘zaro bog‘liq ekanini, o‘rtamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik o‘ta muhimligini isbotladi», — dedi u.
«Shu yo‘lda barchamiz hukumatlar, parlamentlar va fuqarolik jamiyatlarining o‘zaro sa’y-harakatlarini birlashtirish, umumiy mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash, xalqaro sheriklikni muvofiq holda rivojlantirish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maqomi va salohiyatini oshirish, vakolatlarini kengaytirish lozimligini chuqur angladik. Maqsadimiz — har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini, salomatligi va farovonligini ta’minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir», — deya ta’kidladi prezident.
Shavkat Mirziyoyev BMT shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etdi. Ushbu hujjatda har bir davlatning o‘z fuqarolari va xalqaro hamkorlari oldidagi majburiyatlari aks etishi lozim.
Shuningdek, prezident tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrishning inqirozli vaziyatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan sammitni o‘tkazish bo‘yicha taklifini ma’qullashini ta’kidladi.
Tashkilot 2009 yil 3 oktyabrda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimiga muvofiq tashkil etilgan.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 2018 yilning 29-30 aprel – 1 may kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida Prezident Shavkat Mirziyoyevga Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashiga a’zo bo‘lish va sentyabr oyida Qirg‘izistonning Cho‘lpon ota shahrida o‘tadigan navbatdagi sammitda ishtirok etishni taklif qilgan edi. 
O‘zbekiston tashkilot sammitida ishtirok etdi va kelgusi sammitga mezbonlik qilish mas’uliyatini oldi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish toʻgʻrisidagi Naxichevan Bitimini (Naxichevan, 2009-yil 3-oktyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonunni imzolashi xalqaro miqyosda, xususan, xorijiy ommaviy axborot vositalarida katta aks sado berdi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling