Oʻzbekiston — Turkiya munosabatlari


Download 24.73 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi24.73 Kb.
#1070426
Bog'liq
Oʻzbekiston — Turkiya munosabatlari


Oʻzbekiston — Turkiya munosabatlari. Turkiya Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligini tan olib, ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgach, 1992-yil aprelda Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 1993-yil yanvarda esa Oʻzbekiston Respublikasi ning Anqaradagi elchixonasi oʻz faoliyatini boshladi. Istanbulda Oʻzbekiston Respublikasi ning Bosh konsulxonasi ochildi.

OʻzR Prezidenti I. A. Karimov 1991-yil dekabr, 1994-yil iyun va 1997-yil noyabrda rasmiy tashrif bilan T.da boʻldi. 1998-yil oktabrda T. Respublikasining 75 yilligiga bagʻishlangan tantanalarda ishtirok etdi. Oʻz navbatida, T. Prezidentlari T. Oʻzal, S. Demirel va boshqa davlat arboblari bir necha bor rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻddilar. Ana shu tashrif va mulokrtlar natijasida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning shartnomaviyhuqukiy asoslari yaratildi. Jumladan, Oʻzbekiston bilan T. oʻrtasida "Abadiy doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida"gi shartnoma hamda siyosiy, savdoiktisodiy, ilmiy-texnikaviy, harbiy va harbiytexnikaviy aloqalar, terrorizm va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurash, huquqiy yordam, sogʻliqni saklash, transport, sayyoxlik, madaniyat va boshqa sohalarda 78 hujjat imzolandi.




Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2000-yil sentabrda Turkiya Prezidenti Ahmet Necdet Sezer bilan BMTning "Ming yillik" sammiti doirasidagi uchrashuvi ikki tomonlama aloqalarda muhim ahamiyat kasb etdi. 2003-yilda T. Bosh vaziri Rajab Tayyip Erdoʻgʻon Oʻzbekistonga keldi. Tashrif davomida yana bir qancha hujjat imzolandi. Jumladan, xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida hamkorlik va diplomatik pasport egalari uchun vizalarni bekor qilish haqida hukumatlararo bitim tuzildi.

Oʻzaro aloqalar xalqaro tashkilotlar doirasida ikki davlatning parlamentlari va vazirliklari oʻrtasida ham davom etdi. Savdoiqtisodiy hamkorlik sarmoyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash, ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar bilan muvofikdashtirildi. Ikki tomon oʻrtasida bojxona toʻlovlariga nisbatan eng koʻp kulaylik berish tartibi kuchga kirishi tufayli 2002-yil Oʻzbekiston bilan T. oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1,7% oʻsib, 190,48 mln.

AQSH dollarini tashkil qilgan boʻlsa, 2003-yilda 2002-yilga nisbatan 41,3% oshdi, umuman Oʻzbekistonning tashki savdo tovar aylanmasida T.ning ulushi 4% ni tashkil etadi. T. Oʻzbekistondan rangli metall va undan tayyorlangan buyumlar, ip gazlama, trikotaj mato, paxta tolasi, oziq-ovqat (meva va yongʻoq) oladi va Oʻzbekistonga mexanik uskunalar, yer osti transport vositalari, optik jihoz va uskunalar, mebel, elektr asboblar, plastmassa buyumlari, kimyoviy mahsulot, gilam va boshqa yuboradi. Ayni paytda umumiy kiymati salkam 1 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan (bu mablagʻning yarmini T. Eksimbanki bergan) 16 loyihani birgalikda amalga oshirishga kirishildi. Chunonchi jun yigirish, mayin jun matolar va shu kabilarni ishlab chiqarish.ga ixtisoslashgan "KosonsoyTekmen" qoʻshma korxonasini barpo etish (loyiha qiymati 76 mln. AQSH dollari),

Xorazm viloyatida trolleybus liniyasini qurish (loyiha qiymati 7,7 mln. AQSH dollari), shakar zdini qurish (loyiha qiymati 82,2 mln. AKTJJ dollari) kabi loyiqalar shular jumlasiga kiradi. Oʻzbekistondagi bir qancha mehmonxonalarni qayta qurish va taʼmirlashda T.ning "AySel", "Ulus inshaat", "Oʻqan xolding", "Emesam" firmalari ishtirok etdi. Oʻzbekiston Respublikasida T. sarmoyasi ishtirokidagi 351 qoʻshma korxona bor, ulardan 71 tasi 100% turk sarmoyasi bilan tashkil etilgan korxonadir. Qoʻshma korxonalar orasida "SamKochavto" (avtobus va oʻrta hajmdagi yuk mashinalari ishlab chiqarish.), "Papfen" (paxta tolasidan ip yigirish), "Koxis" (savdovositachilik faoliyati, "MetroMarket" supermarketa), "SharqMir LTD" (chakana savdo), "Mejik Plast" (plastik oyna romlari ishlab chiqarish.), yakka tartibdagi korxonalar orasida esa "Beta Algoritm" (choy qadoklash), "Dilek Interprayzis", "Aylin gida sanai va anonim shirkati" (ikkovi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish.) eng yiriklari hisoblanadi. Hamkorlikda tashkil etilgan korxonalarning 70% ga yaqini respublika ichki bozorida savdovositachilik faoliyatini olib boradi, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish hamda texnik maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni Oʻzbekistonga kiritish va sotish bilan shugʻullanadi. 25% dan ziyod korxonalar esa toʻqimachilik va koʻnchilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish mollari va boshqa soxalarda ishlab chiqarish. faoliyatini amalga oshiradi. Korxonalarning qolgan qismi xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi. T.da oʻzbek sarmoyasi ishtirokida 2 korxona faoliyat koʻrsatadi.

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik ham samaralidir. Chunonchi, xorijlik hamkorlar bilan birgalikda Orol dengizining qurigan Femida oʻrmonchilikni tashkil etish va kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihada turk tomoni ham oʻzining ishtirok etishini bildirdi. Mazkur loyihani amalga oshirishga hissa qoʻshish uchun T. 2 dona MB Trac 1100 Mersedes traktori va boshqa texnik jihozlar ajratdi. Madaniygumanitar sohadagi hamkorlik Oʻzbekiston va T. oʻrtasida madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saklash, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (1991-yil 19 dekabr), madaniy aloqalar toʻgʻrisida hamkorlik bitimi (1993-yil 22-iyul), ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim (1995-yil 9-iyul) asosida rivojlanib bormoqda.

1993-yil T.da Oʻzbekiston madaniyat kunlari oʻtkaziddi va unda respublikamizning 60 nafar madaniyat va sanʼat vakillari ishtirok etdi. 1994 i. oktabrda 48 kishidan iborat turkiyalik sanʼatkorlar guruxi "Turk dunyosi madaniyati va shodligi kunlari" doirasida Oʻzbekistonga tashrif buyurib, Toshkent va Samarqand shaharlarida konsertlar berdi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi bilan Anqaradagi Bilkent universiteti oʻrtasida malaka oshirish, tajriba va mutaxassislar almashish, qoʻshma konsertlar tashkil etish borasida oʻzaro hamkorlik oʻrnatilgan. Samarqandda oʻtkazilayottan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalida turkiyalik sanʼat ustalari ham muntazam qatnashib kelmoqdalar.

Oʻzbekistonda "Uzbekistan— Turkiya" doʻstlik jamiyati bu sohadagi ishlarga samarali hissa qoʻshmoqda.
Fan va texnika sohasida Oʻzbekiston Fan va texnologiyalar markazi bilan T.ning fan va texnik tadqiqotlar kengashi oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalar muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Keyingi yillarda oʻzbekistonlik olimlar yadro fizikasi, biol., ekologiya, qishloq xoʻjaligi. kabi sohalarda T. ilmiy markazlari tomonidan oʻtkaziladigan konferensiya va simpoziumlarda muntazam ishtirok etib kelishmoqda.[1]

2021-yil 7-mart kuni Samarqand shahrida Turkiyaning bosh konsulligi ochildi. ochilish marosimida Oʻzbekiston bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduxakimov, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, Turkiyaning tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovushoʻgʻli va Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov ishtirok etgan. Turkiyaning Samarqanddagi bosh konsulxonasi rahbari Salih Janer Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish uchun Samarqand shahrida Turkiyaning bosh konsulxonasi binosi ochilishini ta’kidlagan[2].

Harbiy-moliyaviy hamkorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]
2021-yil 17-mart kuni Shavkat Mirziyoyevning „Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida“gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2020-yil 27-oktabrda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston hukumati bilan Turkiya hukumati oʻrtasida harbiy-moliyaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim hamda moliyaviy koʻmakni amalga oshirish toʻgʻrisidagi Bayonnoma tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan soʻng Oʻzbekistonning majburiyatlarni bajarilishini ta’minlaydi[3].


Oʻzbekiston va Tukiya harbiylari Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qoʻmondonligi Termiz dala-oʻquv maydonida maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi. Oʻzbekiston va Turkiya mudofaa vazirlarining ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga asosan 22-mart, dushanba kuni maxsus-taktik mashgʻulotlarining ochilish marosimi boʻlib oʻtgan va 27-martga qadar davom etgan
Ayni paytda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Mazkur tashrifni O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm, transport, logistika, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo‘lidagi o‘ta muhim tarixiy voqea sifatida baholash mumkin.

Ta’kidlash joizki, Turkiya Respublikasi O‘zbekiston tashqi siyosatida alohida o‘ringa ega bo‘lgan, o‘ziga xos mamlakat hisoblanadi. Buni quyidagi bir qator omillar bilan izohlash mumkin. Birinchidan, ushbu mamlakat dunyodagi 200 dan ortiq mamlakatlar ichida O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan va shu tariqa uning dunyo xaritasida yangi davlat sifatida e’tirof etilishi jarayonini boshlab bergan mamlakat hisoblanadi. Ikkinchidan, o‘zbek va turk xalqlarini azaliy do‘stlik, birodarlik va qardoshlik rishtalari o‘zaro bog‘lab turadi. Har ikki xalq ham turkiy tilda so‘zlashuvchi xalqlar bo‘lib, ularning madaniyati, dini va urf-odatlari bir-biriga juda yaqin.
Qolaversa, Turkiyaning rivojlangan sanoati, transport kommunikatsiyalari, dengiz yo‘llari, qishloq xo‘jaligi, turizm salohiyati, ulkan davlatchilik tajribasi O‘zbekiston uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘z navbatida O‘zbekiston ham Turkiya tashqi siyosatida muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimiz bugungi kunda Turkiyaning Markaziy Osiyoda eng asosiy sheriklaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistoning ulkan bozori, tobora liberallashib borayotgan iqtisodiyoti, qulay investitsiyaviy muhiti, tarixiy shaharlari, muqaddas diniy qadamjolari Turkiyada katta qiziqish uyg‘otmoqda. Demak, hamkorlikni mustahkamlashdan har ikki tomon ham manfaatdor bo‘lib, bu esa o‘zaro munosabatlarning istiqboli porloq ekanligidan dalolat beradi.

Umuman olganda, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar dinamik ravishda yangi bosqichga ko‘tarilib bormoqda. Buni O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdo‘g‘on o‘rtasida o‘tgan davr mobaynida bo‘lib o‘tgan qator uchrashuvlar ham yaqqol tasdiqlaydi. Xususan, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning 2016 yilning noyabr oyida Samarqand shahriga tashrifi davomida, o‘tgan yil may oyida Pekinda o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” forumi doirasida, 2017 yilning sentabr oyi avvalida Ostona shahrida bo‘lgan Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha sammiti doirasida, 20 sentyabrda esa Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi doirasida hamda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil oktabr oyida Turkiyaga davlat tashrifi chog‘ida ikki mamlakat yetakchilari o‘zaro uchrashib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbollari to‘g‘risida fikrlashib olgan edilar.
Bu galgi oliy darajadagi siyosiy muloqotda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘llari, ikki tomonlama munosabatlarning yangi istiqbollarini belgilash va rivojlantirish, shuningdek, tashrif doirasida Turkiya Prezidenti O‘zbekiston va Turkiyaning yetakchi banklari, kompaniya va firmalari vakillari ishtirokidagi biznes forumida qatnashishi ham ko‘zda tutilgan. 

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mazkur qaynoq jarayonlar ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalar rivojiga ham yangi sur’at baxsh etadi. Garchi mamlakatimizda Turkiyaning 500 ga yaqin firma va kompaniyasi faoliyat yuritayotgan 2017 yilning o‘zida yurtimizda ushbu mamlakat sarmoyasi ishtirokida 20 dan ortiq korxona tashkil etilgan bo‘lsada, bu borada hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘p. Ikki mamlakat uzoq muddatli investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish orqali o‘zaro savdo hajmini muttasil oshirib borish imkoniyatiga ega hisoblanadi. Xususan, O‘zbekiston keng turdagi sanoat mahsulotlari, transformatorlar, kabel o‘tkazgichlar va boshqa elektrotexnika tovarlari, polimerlar, mis va mis mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, ip-kalava, meva-sabzavot, qayta ishlangan oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni eksport qilishi mumkin. Qolaversa, turizm sohasida ham hali ishga solinmagan imkoniyatlar mavjud. Shu ma’noda Turkiya Prezidentining yurtimizga tarixiy tashrifi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Turkiya munosabatlarini yangi qirralarini ochishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.


Jumladan har ikki tomon vakillari quyidagi hujjatlarni almashdi:



  • Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim;

  • Davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining o‘tishi haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risidagi bayonnoma;

  • Mehnat va bandlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;

  • Qurilish sohasida anglashuv memorandumi;

  • sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida 2022−2023 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasi;

  • O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan Turkiyaning «Anadolu» agentligi o‘rtasida Hamkorlik bitimi.

Download 24.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling