O’zbekiston va jahon hamjamiyati Yangilayotgan O’zbekiston, milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari


Download 467.69 Kb.
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi467.69 Kb.
#1016223
1   2
Bog'liq
11. Ozbekiston va jahon hamjamiyati

Birinchidan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoev­ tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «Harakatlar strategiyasi» davlatimiz va jamiyatimizni rivojlantirishning mutlaqo yangi bosqichini boshlab beradi.
Ikkinchidan, “Harakatlar strategiyasi” Konstituciyamizning asosiy demokratik normalarini bosqichma-bosqich amalga oshirish doirasida demokratik yangilanishi va modernizaciya jarayonlarining mantiqiy va qonuniy davomidir.
Uchinchidan, o`z mohiyat e`tiboriga ko`ra, «Harakatlar strategiyasi» dunyoda tub o`zgarishlar yuz berayotgan hozirgi zamonda siyo­siy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning eng muhim besh ustuvor yo`nalishini amalga oshirishning besh yilga mo`ljallangan milliy strategiyasidir.
To`rtinchidan, hammamiz guvohi va bevosita ishtirokchisi bo`lganimiz «Harakatlar strategiyasi»ning jonli va qizg`in jamoatchilik muhokamasi bugungi zamon talabiga mos ravishda eng yangi informacion texnologiyalarni keng qo`llagan holda olib borildi. Bu uning to`laqonli muhokamasi uchun asos bo`lib xizmat qildi. Ko`plab mutaxassislardan qanchadan-qancha amaliy taklif-mulohazalar kelib tushdi. Eng muhimi, bu takliflarning asoslilaridan bir qanchasi e`tiborga olinganligi alohida e`tirofga sazovor.
Birinchidan, “Harakatlar strategiyasi” biz tanlab olgan va Birinchi Prezidentimiz asos solgan hamda butun dunyo tan olgan taraqqiyotning «o`zbek modeli»ning mantiqiy davomidir.
I. DAVLAT VA JAMIYAT QURILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH. Mamlakatni modernizatsiyalash va demokratiya islohotlarni chuqurlashtirishda Oliy majlis va siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, jamoatchilik nazorati institutini kuchaytirish.
II. QONUN USTUVORLIGINI TA`MINLASH VA SUD- HUQUQ TIZIMINI YANADA ISLOH QILISH. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligiga erishish, sudlarning mavqeini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilinishini kafolatlash, ma`muriy, jinoiy, fuqarolik va xo`jalik ishlari qonunchiligini takomillashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurash va qonunbuzarlik profilaktikasi tizimini takomillashtirish, sud-huquq tizimida qonuniylikni mustahkamlash, yuridik xizmat va yordam ko`rsatish tizimini takomillashtirish.
III. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA ERKINLASHTIRISH. Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotimizda yuqori o`sish sur`atlarini saqlab qolish, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, uning yetakchi sohalarini modernizatsiya, xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, qishloq xo`jaligida tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish, turizm sohasini rivojlantirish.
IV. IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISH. Muhandislik-kommunikaciya infratuzilmasi va aholiga qulay uy-joy qurilishini rivojlantirish, ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish, ijtimoiy ta`minot va sog`liqni saqlash tizimlarini takomillashtirish, ta`lim va fan sohasini rivojlantirish, yoshlarga doir davlat siyosatini takomillashtirish.
V. XAVFSIZLIK, DINIY BAG`RIKENGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIKNI TA`MINLASH, PUXTA, O`ZARO MANFAATLI VA AMALIY TASHQI SIYOSAT YURITISH. Xavfsizlik, diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlikni ta`minlash, puxta o`ylangan, o`zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish.
  • I. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish
  • (Moviy havorang-osmon va toza suv ramzi)
  • II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud huquq tizimini ynada isloh qilish (Siyohrang– qonuniylik elementlari hisoblangan ustuvorlik va or nomus ramzi)
  • III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va erkinlashtirish

  • (Тillarang – iqtisodiyotni rivojlantirish elementlari hisoblangan kuch-qudrat va boylik ramzi)
    - IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish
    - (Qizil rang – hayot va aholining munosib turmush tarzini ta’minlash ramzi)
  • V. Хаvfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlik, o’z-aro manfaatli va amaliy tashqi siyosat

  • (Оq rang – tinchlik sevarlik siyosati elementlari hisoblangan tinchlik va soflik ramzi)

Download 467.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling