O’zbekiston va jahon moliyaviy bozorlarining amaldagi holati tahlili reja


-rasm: Moliya bozorlarini tartibga solish tizimi1


Download 210.58 Kb.
bet2/12
Sana17.06.2023
Hajmi210.58 Kb.
#1520354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O’zbekiston va jahon moliyaviy bozorlarining amaldagi holati tahlili

2.1.1-rasm: Moliya bozorlarini tartibga solish tizimi1
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, moliya bozorlarini samarali faoliyati va tartibga solishning muvaffaqiyati ko’p jihatdan, mavjud bozor infratuzilmalarining holatiga bog’liq bo’ladi. Zamonaviy moliya bozorlarini tartibga solish va monitoring qilish infratuzilmalarining muhim tashkiliy elementlari qatoriga quyidagilar kiradi2:
– mulkchilik huquqini, shartnoma huquq va majburiyatlarini himoya qilishni ta’minlovchi sud-huquq instansiyalari;
– bank nazorati organlari va qimmatli qog’ozlar bozori faoliyati bo’yicha komissiyasi;
– mustaqil va samarali auditorlik nazoratini amalga oshirish tizimi;
– xususiy tahlilni amalga oshiruvchi firmalar, masalan, reyting agentliklari va konsalting firmalari.
Moliya bozorlarini rivojlantirish bo’yicha orttirilgan tajriba va rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda bozor munosabatlarining shakllanishidan kelib chiqqan holda, shuni ta’kidlash joizki, moliya bozorlarini tartibga solishning milliy modellari tobora iqtisodiy rivojlanish talablariga moslashib bormoqda.
Rivojlangan mamlakatlari tarixida tartibga solishning turli shakllari rivojlanib, ular o’zlariga xos tarzda o’z-o’zini tartibga solish mexanizmlarini moslashtirib olganlar1. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda tartibga solishning uchta shakli mavjud (2.1.1-rasm)2. Ushbu tizimlarning bir-biridan farqlanishi davlat idoralari bilan o’z-o’zini tartibga soluvchilar o’rtasida vakolatlarning taqsimlanishiga asoslangan. 2.1.1-jadvalda tartibga solishning asosiy tizimlari aks etgan bo’lib, mazkur uch tizimi ham o’ziga xos ob’ektiv xususiyatlariga qaramasdan, yagona tamoyilga tayanadi, ya’ni o’z-o’zini tartibga solish funksiyasi, regulyator tomonidan to’ldiriladi. Mavjud vakolatlar mamlakatlar o’rtasida milliy qonunchilik bilan farqlanadi. Masalan, Fransiyadagi o’z-o’zini tartibga soluvchi Euronext birjasi qimmatli qog’ozlarni joylashtirish prospektlari bo’yicha davlat regulyatori hisoblangan AMFga qaraganda qo’shimcha vakolatlarga ega, AQShda esa, bu yagona regulyator SEC tomonidan amalga oshiriladi.

Download 210.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling