O’zbekiston va jahon moliyaviy bozorlarining amaldagi holati tahlili reja


-rasm: O’zbekiston moliya bozorining rivojlanish bosqichlari yillar kesimida1


Download 210.58 Kb.
bet9/12
Sana17.06.2023
Hajmi210.58 Kb.
#1520354
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O’zbekiston va jahon moliyaviy bozorlarining amaldagi holati tahlili

2.3.1-rasm: O’zbekiston moliya bozorining rivojlanish bosqichlari yillar kesimida1
O’zbekistonda moliya bozori modeli aralash modelga mansub bo’lib, o’zida anglo-sakson, kontinental va yapon modellari elementlarini ma’lum darajada mujassamlashtirgan. Uning xususiyati shundaki, unda hozircha banklarning boshqa moliya institutlarining (investitsiya institutlari va fondlari, sug’urta tashkilotlari), institutsional investorlarning va mayda chakana investorlarga nisbatan ustunligi kuzatilmoqda. Alohida segmentlarga (pul. valyutalar, korporativ va davlat qimmatli qog’ozlari, sug’urta instrumentlari, kredil va banklarning boshqa instrumentlari bozorlariga) ega bo’lib, ular hozirda bir-biri bilan to’liq bog’liq emas va har biri turli vakolatli davlat organlar tomonidan alohida tartiblashtiriladi.
Hozirda har qanday o’tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlar singari O’zbekiston uchun asosiy muammolar - ishlab chiqarishni modernizatsiyalashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy o’sishda industriyaning salmog’ini oshirish kabi muammolar. Bu muammolarni yechishda milliy moliya bozori birmuncha qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Kompaniyalar va banklarda emission, foizli daromadlar va investitsion siyosatlarida nomutanosibliklarni kuzatish mumkin. Banklar, kompaniyalar va sug’urta tashkilotlarining moliyaviy holati qoniqarli, xalqaro reyting agentliklarining "barqaror" baholariga ega, lekin faoliyatida bozor mexanizmi to’liq amal qilmayotganini ko’rish mumkin.

2.3.2-rasm: 2014-2018 yilarda O’zbekiston fond bozori aylanmasi dinamikasi (mlrd. so’mda)1
Bugungi kunda mamlakatda 900 mingga yaqin jismoniy va yuridik shaxslar 42,1 trln so’m nominal qiymatidagi aksiyalarga egalik qilmoqda. 2017 yilda korporativ qimmatli qog’ozlar (aksiya va obligatsiyalar) aylanmasi 14,5 trln so’m darajasida qayd etilib, bu mamlakat YAMMning 7,3 foiziga teng demakdir. Solishtirish uchun 2016 yilgi ma’lumotlarga e’tibor qaratsak, 2016 yilda Koreya Respublikasida bu ko’rsatkich o’rtacha 133,8 foiz, Yaponiyada 127,1 foiz, Turkiyada 48,7 foiz, Germaniyada 43,8 foiz, Rossiyada 8,6 foizni tashkil etgan.
O’zbekiston Respublikasi moliya bozorining markazi Toshkent fond birjasi hisoblanib, u mamlakat asosiy kapital bozori hisoblanadi. Tan olish kerakki, bugungi kunda ushbu bozorning faoliyati talab tarajasida emas. 2018 yilda fond bozori kapital aylanmasi oldingi yillarga nisbatan o’sgan bo’lsada kapital aylanmalari hajmi boshqa mamlakatlarnikiga nisbatan juda past.
Mamlakat fond bozori kapital aylanmasining 2014-2018 yillardagi hajmini tahlil qiladigan bo’lsak, so’nggi 2018 yilda fond bozorida kapital aylanmasi 2017 yilgi nisbatan qariyb ikki barobar o’sib 687,3 mlrd so’mni tashkil qilgan (2.2.2-rasm).


Download 210.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling