Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan Soliq davlat byudjeti daromad qismining asosiy manbalaridan biri bo’lib, u umumdavlat Soliqlari tarkibiga kiradi. Uning o’ziga xos xususiyati shundaki


Download 20.59 Kb.
bet1/5
Sana27.12.2022
Hajmi20.59 Kb.
#1069241
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2.Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i.
Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan Soliq davlat byudjeti daromad qismining asosiy manbalaridan biri bo’lib, u umumdavlat Soliqlari tarkibiga kiradi. Uning o’ziga xos xususiyati shundaki, Soliq jismoniy shaxslarning bevosita daromadlaridan olinadi.
Soliq kodeksining 167-moddasiga ko’ra Soliq solinadigan daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini to’lovchilar bo’lib hisoblanadi
Soliq solish obyekti
Soliq solish obyekti bo’lib, Soliq kodeksining 169-moddasiga ko’ra, jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari hisoblanadi:

  1. O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari;

  2. O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, kat’iy belgilangan Soliq
solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining Soliq solish obyekti bulmaydi. Bular kodeksning 58-bobida kat’iy belgilangan soliq tariqasida qayd qilingan.
Soliq solinadigan baza. Daromad solig’i solinadigan bazani aniqlash uchun jami
daromaddan Soliq solinmaydigan va Soliq solishdan ozod qilingan daromadalarni chegirib tashlash kerak.
Agar Soliq to’lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko’ra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar Soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari ular amalda olingan sanada O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo’yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.
Jismoniy shaxslarning jami daromadi kodeksning 171 moddasida aks ettirilgan.
Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagi lar kiradi:
1).mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar;
2).mulkiy daromadlar;
3).moddiy naf tarzidagi daromadlar;
4).boshqa daromadlar.
Mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlarga mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish predmeti bo’lgan lik-huquqiy turdagi shartnomalarga muvofiq ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to’lanadigan barcha to’lovlar kiradi.Bulardan tashqari mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlarga quyidagi lar xam kiradi:

Download 20.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling