Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan Soliq davlat byudjeti daromad qismining asosiy manbalaridan biri bo’lib, u umumdavlat Soliqlari tarkibiga kiradi. Uning o’ziga xos xususiyati shundaki
Download 20.59 Kb.
|
2.Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy naf tarzidagi daromadlar.
- Boshqa daromadlar.
Mulkiy daromadlar. Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari 176-moddada qayd qilingan. Ushbu daromadlarga quyidagi lar kiradi:
· foizlar; · dividendlar; · mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar; · jismoniy shaxslarga xuxusiy mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mol-mulkni realizasiya qilishdan olingan daromadlar; · sanoat mulki obyektlariga berilgan patent (lisenziya) egasi bo’lgan jismoniy shaxsning olgan daromadi; · Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’laganidan keyin xususiy korxona mulkdori hamda fermer xo’jaligi boshligi,xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notarius ixtiyorida koladigan foyda so’mmasi. Moddiy naf tarzidagi daromadlar. Ushbu daromadlar Kodeksning 177-moddasida ko’rsatilgan. Soliq to’lovchi tomonidanmoddiy naf tarzida olinadigan daromadlariga, masalan quyidagi lar kiradi: - Yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxs manfaatlarini ko’zlab, tovarlar (ishlar,xizmatlar) haqini, mulkiy huquqlarni to’lash, shu jumlandan jismoniy shaxslarning bolalarini maktabgacha ta’lim muassasalarida ukitish,tarbiyalash va boshqa lar; - Sovgalar,tyokin berilgan, shu jumladan xadya shartnomasi asosida berilgan tovarlar, Soliq to’lovchining manfaatlarini ko’zlab, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar qiymati; - Qonun xujjatlariga muvofik xodimlarga temir yo’l,aviasiya, daryo, avtomobil transporti va shahar elektr transportida yurish bo’yicha beriladigan imtiyozlar so’mmasi; - Jismoniy shaxsning yuridik shaxs oldidagi karzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan so’mmalari. Boshqa daromadlar. Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari Kodeksning 178-moddasida keltirilgan, shularjumlasiga quyidagi daromadlar kiradi: t Pensiyalar va qonun xujjatlarida belgilangan nafaqalar; t stipendiyalar; t fuqorolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, xayriya va ekologik jamg’armalari tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan nafaqalar; t donorlik uchun pul mukofotlari; t alimentlar; t xayvonlarni (qoramol, parranda, mo’ynali va boshqa xayvonlarni, baliq va boshqa larni) tirik holda hamda ularni suyib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda , ipak kurti, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olingan daromadlar; t musobaqalarda, ko’riklarda, tanlovlarda sovrinli o’rinlar uchun beriladigan sovrinlar, pul mukofotlari; t yutuqlar; t grantlar, shu jumladan chet davlatlar grantlari bo’yicha olingan so’mmalar; t yaratilgan fan, adabiyot va san’at asarlari (predmetlari) uchun jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar; t O’zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor bo’lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo’la beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovgalarining qiymati va boshqalar. Yuridik shaxslar amalga oshiradigan harajatlar jismoniy shaxslarning daromadiga kiritilmaydi ya’ni ular daromadi sifatida karamaydi. Ushbu harajatlar 171-moddada aniq ko’rsatilgan. Shular jumlasiga quyidagi larni misol tarakasida keltiramiz; - Xodimlarni qonun xujjatlarida belgilangan me’yorlarga muvofik sut hamda boshqa davolash-profilaktika oziq-ovqati, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash bo’yicha harajatlar: - Kasaba uyushmasi tomonidan amalga oshiriladigan to’lovlar; Xodimlarni ish joyiga olib kelish va qaytarib olib ketish harajatlari; - Xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur bo’lgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal,formali kiyim-bosh berish harajatlari; - Xodim boshqa joyga ishga o’tkazilganda yoxud ko’chib borganda kuchish, mol-mulkini ko’chirib borish, joy ijarasi (yo’l harajatlari uchun beriladigan pul) bilan bog’liq harajatlarni to’lash yoki bu harajatlarning o’rnini qoplash harajatlari; - Xizmat safarlaridagi kompensasiya to’lovlari va boshqalar; Download 20.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling