O’zbekiston va Rossiya ta’lim tizimi
Download 14.88 Kb.
|
O’zbekiston va Rossiya ta’lim tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Ta’limning milliy yo’naltirilganligi.
1. Ta’limning ustvorligi.Umumiy ta’limning faoliyat ko’rsatish tamoyillari quyidagilardan iborat: 1. Ta’limning ustvorligi.2. Ta’limning demokratlashuvi.3. Ta’limning insonparvarlashuvi.4. Ta’limning ijtimoiylashuvi.5. Ta’limning milliy yo’naltirilganligi.Endi quyida uzluksiz ta’limning tarkibiy qismlari haqidagi qisqacha ma’lumotlarni keltiramiz.Maktabgacha ta’lim – bu milliy pedagogik kadrlar tayyorlashning boshlang’ich shakli. Maktabgacha ta’limning vazifasi bolani sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlash, ulardagi o’qishga intilish hissini uyg’otish va uni muntazam ta’lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Maktabgacha ta’lim bola 6 – 7 yoshga etguncha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Uning maqsad – vazifalarini ro’yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va hayriya tashkilotlari, halqaro fondlar ishtirok etishi mumkin. Umumiy o’rta ta’lim – bu to’qqiz yillik (I – IX sinflar) o’qitishdan iborat bo’lgan umumiy o’rta ta’lim – majburiy ta’limdir. Bunda ta’lim oluvchilarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o’zlashtirish ehtiyojlarini, asosiy o’quv – ilmiy va umummadaniy bilimlarini, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy – ahloqiy fazilatlarni, mehnat ko’nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof – muhitga ongli munosabatda bo’lishni va kasb tanlashni shakllantiradi.
Download 14.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling