O'zbekiston va shanxay hamkorlik tashkiloti 2022
Download 0.55 Mb.
|
O\'ZBEKISTON VA SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI 2022
Xalqaro tashkilotlar
-BMT -BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi; -YuNeSKO; -MDH; -Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT); -Yevroosiyo iqtisodiy kengashi; -Conference on Interaction and Confidence-Building Measures in Asia logo.svg -Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash; -Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti; -Arab davlatlari ligase Qatnashmaganlar Ushbu sammitda Afgʻoniston vakillari qatnashmayotgani haqida ShHTning O‘zbekistondan milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov jurnalistlarga quyidagilarni ma’lum qildi: “Samarqanddagi sammitda Afg‘oniston vakili bo‘lmaydi. Shanhay hamkorlik tashkiloti bu davlat bilan vaqtincha aloqada emas. Shuningdek, «Sputnik Armaniston» 13-sentabrga o‘tar kechasi Armaniston va Ozarbayjon chegaradagi vaziyat keskinlashgani tufayli Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ShHTning 15-16-sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitida qatnashmasligi haqida xabar berdi. Rahbarlar uchrashuvi Mirziyoyev va Xurelsux 14-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Samarqandda ShHTning navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun kelgan Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv yakunida ikki mamlakat oʻrtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni qabul qilishga kelishib olindi. Mirziyoyev va DiKarlo Shuningdek, shu kuni Shavkat Mirziyoyev ShHTning sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan BMT bosh kotibining siyosiy masalalar va tinchlikni barpo etish bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari DiKarlo bilan uchrashdi. Rozmari DiKarlo Mirziyoyevga BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomini yetkazdi va u 2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirib oʻtdi. Uchrashuv soʻngida tomonlar Orol dengizi halokati oqibatlarini kamaytirish, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, Markaziy Osiyoda barqaror taraqqiyotni ilgari surish va o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar. Mirziyoyev va Raisiy Samarqanddagi Kongress markazida prezidenti Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiyning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda prezidentlar ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Afg‘oniston masalasi boʻyicha ham fikr almashildi. Ibrohim Raisiy O‘zbekiston prezidentini o‘zi uchun qulay vaqtda javob tashrifi bilan Eronga borishga taklif etdi. Uchrashuv yakunida 18 ta hujjat imzolandi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Qo‘shma bayonot imzoladi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama imzolangan bitim va memorandumlardi: Ishbilarmonlik va ilmiy doiralar vakillari hamda sayyohlik guruhlari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish to‘g‘risida bitim; Diplomatik pasportlar egalarini viza talablaridan ikki tomonlama ozod etish to‘g‘risida bitim; 2022-2025 yillarda turizm sohasidagi hamkorlik dasturi; Fan, texnika va innovatsiya sohalarida o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum; Bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarining harakati to‘g‘risida elektron bojxona axborotini almashish to‘g‘risida memorandum; E-TIRga oid elektron axborotni almashish to‘g‘risida memorandum; Fan, tadqiqotlar, ta’lim va texnologiyalar sohalarida hamkorlik to‘g‘risida memorandum; qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasidagi bitim; Sog‘liqni saqlash, davolash, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ta’lim, farmatsevtika va tibbiy uskunalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum; Sport sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum; Neft, gaz va neft-kimyo tarmoqlaridagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum; «Chobahor» porti orqali xalqaro yuk tashishlar va tranzitni amalga oshirish to‘g‘risida memorandum; 2022-2024 yillarda tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi; Bandlik va mehnat munosabatlari masalalari bo‘yicha memorandum. Mirziyoyev va Jingping 15-sentabr kuni Kongress markazida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Jinpingning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mintaqa taraqqiyoti va transport jihatidan o‘zaro bog‘liqligi uchun strategik ahamiyatga ega “Xitoy – Qirg‘iziston –O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishini boshlash to‘g‘risida kelishuvga erishilgani qayd etildi. Gumanitar hamkorlik, sog‘liqni saqlash, vaksinalar ishlab chiqarish, fan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi qo‘shma dasturlarni kengaytirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. 2023-yilda o‘zaro do‘stlik va anglashuvni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan «O‘zbekiston va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili»ni o‘tkazishga kelishib olindi. Uchrashuv yakunida umumiy qiymati 15 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Muzokaralar yakunida Si Jinping O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni javob tashrifi bilan Xitoyga borishga taklif etdi. Shundan soʻng Xitoy raisi Si Jinpingga O‘zbekistonning oliy davlat mukofoti — «Oliy Darajali Do‘stlik» ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Xitoy raisi ushbu ordeniga sazovor bo‘lgan birinchi xorijiy davlat rahbari bo‘ldi. Ushbu tadbirlar tugagach ikki rahbar Samarqanddagi «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazi bog‘ida birgalikda daraxt ekishdi. Mirziyoyev va Sharif O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shahboz Sharif samimiy qabul tashakkur izhor etdi. Raxbarlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-tranzit sohasidagi hamkorlik, logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratishdi. Transafg‘on temir yo‘li loyihasini tezlashtirish, savdo uchun to‘siqlarni bartaraf etish, tovarlarni o‘zaro yetkazib berish masalalarini batafsil ko‘rib chiqildi. Mirziyoyev va Aliyev 15-sentabr kuni prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Ozarboyjon strategik sheriklik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash asosiy vazifalari batafsil ko‘rib chiqildi. Samarqanddagi Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti kun tartibi kelishib olindi. Mirziyoyev va Rahmon 15-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi. Prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil kengayib, mustahkamlanayotganini qayd etishdi. Davlat rahbarlari mamlakatlar va butun mintaqa manfaatlariga javob beruvchi loyiha — «Yavon» GESni barpo etish bo‘yicha ishlar boshlangani muhim ahamiyat kasb etishini takidlashdi, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashishdi. Mirziyoyev va Lukashenko Oʻzbekiston prezidenti 15-sentabr kuni ShHT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Eʼtiborlisi Lukoshenko ushbu uchrashuvga galustuk taqmagan holda keldi. Lukoshenko Belarusni ushbu nufuzli xalqaro tuzilmaga qabul qilish tartibotini boshlash masalasini qo‘llab-quvvatlagani uchun Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Tomonlar ikki mamlakatda savdo uylari va logistika markazlari tarmog‘ini kengaytirish, oziq-ovqatni tezlashtirilgan tarzda yetkazib berish bo‘yicha «Agroekspress» loyihasini ishga tushirish, tovarlar kelib chiqishini sertifikatlashtirish bo‘yicha elektron tizimni joriy qilishga kelishib oldilar. O‘zbekiston va Belarus rahbarlari mashinasozlik, agrosanoat, kimyo, farmatsevtika va elektrotexnika tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha o‘zaro manfaatli sheriklikni ilgari surish zarurligini qayd etib, davlatlar hududlari salohiyatidan samarali foydalanish muhimligi ta’kidladilar. Mirziyoyev O‘zbekistonda ikkinchi hududlararo forumni o‘tkazishni taklif qildi. Mirziyoyev va Berdimuhamedov 15-sentabr kuni prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT sammiti faxriy mehmoni sifatida Samarqandga kelgan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Turkmaniston prezidenti O‘zbekistonda unga ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi. Turkmaniston milliy kengashi xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomini yetkazdi. 15-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan mamlakatga kelgan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Japarov Mirziyoyevga mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. Butun Markaziy Osiyo mintaqasi rivojiga xizmat qiladigan «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li va «Qambarota-1» GESi qurilishini tez fursatda boshlash muhimligiga e’tibor qaratilib, oliy darajadagi muloqotlar rejasi va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi[28]. Mirziyoyev va Putin 15-sentabr kuni prezidenti Shavkat Mirziyoyev va ShHT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazdi. Raxbarlar elektronika, farmatsevtika, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida industrial-texnologik sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha kompleks harakatlar rejasini qabul qilishga, O‘zbekiston hududlarida qo‘shma sanoat parklarini tashkil etish, joriy yil oktabr oyida O‘zbekiston va Rossiya hududlarining navbatdagi forumini o‘tkazishga kelishib oldilar. Ushbu tashrif doirasida mashinasozlik, kimyo, neft-kimyo va geologiya sohalari bo‘yicha 4,6 milliard dollarlik yangi investitsiya bitimlari imzolanishi qayd etildi. O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishiga koʻra, Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar. Putin O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni Rossiyaning «Aleksandr Nevskiy» ordeni bilan taqdirladi. Mirziyoyev va Erdoʻgʻon 16-sentabr kuni ShHTning Samarqand sammiti doirasida prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi. Uchrashuvda Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining rejasi ko‘rib chiqildi. Qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va charm sanoati, elektrotexnika, transport, innovatsiyalar, yuqori texnologiyalar, turizm va madaniyat sohalarida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi. Mirziyoyev va Modi 16-sentabr kuni Samarqandda prezident Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mirziyoyev Modini Hindiston mustaqilligining 75 yilligi bilan tabrikladi. IT, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. O‘zaro savdo hajmini 1 milliard dollarga yetkazish muhokama qilindi. O‘zbekiston Hindiston bilan transport aloqalarini, shu jumladan «Chobahor» portidan foydalangan holda mustahkamlashdan manfaatdor ekani ta’kidlandi. Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini ko‘rsatish va uning iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Hindiston tomoniga BMT Bosh Assambleyasining Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirildi. Putin va Erdoğan Vladimir Putin va Rajab Erdoʻgʻon. 2020-yil. Eronning „Tasnim“ nashri Suriya prezidenti Bashar Asad ham Samarqandda boʻlib o‘tadigan sammitga kelib Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an bilan uchrashi haqida xabar berdi, lekin ShHT bo‘yicha O‘zbekistonning milliy koordinatori Rahmatilla Nurimbetov esa bu maʼlumotni tasdiqlamadi. Turkiyaning Hurriyet nashri eʼlon qilgan maqolaga koʻra Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Samarqandda boʻlib oʻtadigan uchrashuvda Vladimir Putinga yana bir bor Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishni taklif qilishini xabar qildi Erdo‘g‘on va Putin uchrashuvining eng muhim mavzusi Ukrainadagi vaziyat bo‘lib, bunda asosiy eʼtibor Erdo‘g‘on rossiyalik hamkasbiga Turkiya vositachiligida urushni tugatish va o‘t ochishni to‘xtatishga erishish uchun barcha sa’y-harakatlarini davom ettirishini, muammoni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga qaratiladi. Shuningdek, asosiy masalalardan yana biri «don yo‘lagi» haqida bo‘lishi ham xabar qilingan. Shuningdek, Putin sammitda Ozarbayjon, Eron, Turkmaniston, Qirgʻiziston, hindiston, Pokiston rahbarlari bilan ham uchrashuvlar oʻtkazadi. Asosiy savollar va qarorlar 16-sentabr kuni Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda ShHT faoliyatining muhim sohalaridagi hamkorlik holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinib, ShHT Davlat rahbarlari tadbirning bosh yakuniy hujjati bo‘lgan Samarqand deklaratsiyasini qabul qilishdi. Tashkilot tarixida rekord darajadagi bitimlar, konsepsiyalar, dasturlar va boshqa qarorlar imzolanib, ularning soni umumiy hisobda 44 tani tashkil qildi. Bular: ShHTga a’zo davlatlarning uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichiligi, do‘stligi va hamkorligi to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini 2023—2027-yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks harakatlar rejasi to‘g‘risida; ShHTga a’zo davlatlarning o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish va samarali transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha konsepsiyasi to‘g‘risida; «ShHTning ezgu niyat elchisi» faxriy unvoni to‘g‘risidagi nizom to‘g‘risida; ShHTga a’zo davlatlarning o‘zaro hisob-kitoblarida milliy valutalar ulushini bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» to‘g‘risida; Eronning ShHTga a’zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum imzolangani to‘g‘risida; Belarus Respublikasini ShHT a’zoligiga qabul qilish jarayonini boshlash to‘g‘risida; Maldiv Respublikasi, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Myanma Ittifoqi Respublikasi, Kuvayt Davlatiga ShHTning muloqot bo‘yicha sherigi maqomini berish to‘g‘risida; Varanasi shahrini (Hindiston) 2022—2023-yillarda ShHTning «turizm va madaniy poytaxti» deb e’lon qilish to‘g‘risida; ShHT kotibiyati va Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha BMT (YuNeSKO) o‘rtasida memorandumni imzolash to‘g‘risida; ShHT Bosh kotibining tashkilotning o‘tgan yilgi faoliyati hamda ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Kengashining 2021-yilgi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari haqida; ShHT Davlat rahbarlari kengashi qarorlarining amal qilishini bekor qilish to‘g‘risida; ShHT faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi. ShHT Davlat rahbarlari kengashining bayonotlari: iqlim o‘zgarishiga nisbatan javob harakatlari to‘g‘risida; ishonchli, barqaror va diversifikatsiyalashgan yetkazib berish zanjirlarini ta’minlash to‘g‘risida; global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida; energetik xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi bayonotlari qabul qilindi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling