O'zbekiston va unga tutash xududlarda iqlim o'zgarishi o'qibatlari Reja: Kirish 1


Sammitlar va hujjatlar ish beryaptimi?


Download 115.12 Kb.
bet5/7
Sana04.05.2023
Hajmi115.12 Kb.
#1426001
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O\'zbekiston va unga tutash xududlarda iqlim o\'zgarishi o\'qibatlari

Sammitlar va hujjatlar ish beryaptimi?
O’tgan asrning oxirlarida global isishning oldini olish dunyo hamjamiyatini e’tiborini tortdi. 1992-yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida BMTning iqlim o’zgarishlari bo’yicha doiraviy konvensiyasi qabul qilindi. 1997 yili Yaponiyada iqlim o’zgarishlariga olib keluvchi «parnik gaz»larini atmosferaga chiqarishni qisqartirish yuzasidan Kioto protokoli imzolandi. 2005-yil 16-fevraldan rasmiy kuchga kirgan protokolni dunyoning 156 davlati ratifikasiya qilgan.Kioto protokoliga muvofiq sanoat rivojlangan davlatlar 2008-2012-yillargacha o’rta hisobda atmosferaga «parnik gaz»lari chiqarishni 1990-yildagi ko’rsatkichdan 5 foizga qisqartirishi lozim edi. Buning uchun har bir davlatga aniq kvotalar belgilandi. Ammo, bu kelishuv amalda kutilgan natijalarni bermadi.
2015-yilning 30-noyabr - 12-dekabr kunlari ushbu protokolning davomi o’laroq, Parijda o’tkazilgan sammitda 80 mamlakat vakillari qatnashdi. Bitimdan ko’zlangan maqsad haroratning global o’sishini Selsiy shkalasi bo’yicha o’rtacha 2 darajadan past holatda ushlab turish va harorat o’sishi 1,5 darajada cheklanishi uchun sa’y-harakatlarni ishga solishdan iborat.Tabiatda «parnik gaz»lari kamayishini tezlashtirish uchun konferensiyada ishtirok etgan davlatlar o’z zimmalariga yangi majburiyatlarni olgan. Masalan, Rossiya 2030-yilga borib atmosferaga SO2 (karbonat angidrid) gazi chiqarishni 1990-yildagi ko’rsatkichdan 30 foiz kamaytirishi joiz. Atmosferaga uglerod gazlari chiqarish bo’yicha dunyoda Xitoydan keyin ikkinchi o’rinda turuvchi AQSh esa 2025-yilga borib, 2005-yildagi ko’rsatkichni 26-28 foiz qisqartirishi shart.
Albatta, taraqqiyotni to’xtatib bo’lmaydi. Aholi sonining o’sib borishi ishlab chiqarish va sanoatni ham rivojlantirishini talab etmoqda. Biroq, texnogen jarayonlar shu taxlit rivojlanaversa sayyoramizni muqarrar xavf-xatar kutadi.
Shu bois, uglevodorod uning o’rnini bosuvchi, nisbatan arzon, atrof-muhit uchun xavfsiz resurslar, jumladan, quyosh, shamol, suv, atom va boshqa energiya manbaridan foydalanish haqidagi takliflar ilgari surilmoqda.

Download 115.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling