O'zbekiston va unga tutash xududlarda iqlim o'zgarishi o'qibatlari Reja: Kirish 1


Keyingi besh yil juda issiq keladi


Download 115.12 Kb.
bet6/7
Sana04.05.2023
Hajmi115.12 Kb.
#1426001
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O\'zbekiston va unga tutash xududlarda iqlim o\'zgarishi o\'qibatlari

Keyingi besh yil juda issiq keladi
Sammitlar o’tkazilgani, hujjatlar imzolanganiga qaramay, hozircha iqlim o’zgarishlarida "o’zgarish” sezilmayapti. Sayyoramizning iqlimiy kelajagi haqida olimlar yakdil xulosaga kelishgani yo’q.
Bir guruh olimlar iqlim o’zgarishlari global harorat ko’tarilishiga olib kelmoqda, degan fikrni ilgari sursa, boshqa bir guruh global muzlik davri yuzaga kelishini yaqinlashtiradi, degan fikrni bildirishgan. Joriy yil qish oylarida shimoliy mintaqalarda havo keskin sovub ketgani, yoz esa kutilganidan ancha issiq kelgani, Yaponiya, Kanada, Gresiya singari mamlakatlarda havonining me’yoridan issiq kelishi bir qator muammolarni keltirib chiqargani o’rmon yong’inlari yuz bergani, yuzlab insonlar nobud bo’lgani ham ayni haqiqat.Yaqinda Brest va Sautgempton universitetlari mutaxassislari 2018-yildan boshlab keyingi to’rt yil davomida sayyorada harorat qo’shimcha 0,03 darajaga ko’tarilishini aniqlashdi.BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish esa, o’z chiqishida iqlim o’zgarishlarining aql bovar qilmas oqibatlari aqida to’xtalib o’tdi. Birgina o’tgan yili iqlim o’zgarishlar tufayli yuz bergan tabiiy ofatlar jahon iqtisodiyotiga 320 mlrd dollardan ortiq zarar keltirgan.Guterrishning aytishicha, o’rmonlarni tiklash uchun kiritilgan 1 dollarlik sarmoya 30 dollar foyda keltirishi, qayta tiklanadigan enegriya manbalaridan foydalanish 1 mlrd kishini elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi. Joriy haftada AQShning Kalliforniya shtatida iqlim o’zgarishlariga bag’ishlangan xalqaro sammit, yil so’ngida esa, Polshaning Katovise shahrida shu masalada muzokaralara o’tkazilishi ko’zda tutilgan.
Bizning mintaqada ahvol qanday?
Tabiiyki iqlim o’zgarishlari keyingi yarim asr ichida bizning mintaqaga ham sezilarli ta’sir o’tkazdi. Bir paytlar mavjlanib yotgan Orol dengizi maydoni o’nlab baravarga qisqarib, uning o’zani qaqroq sahroga aylandi.So’nggi yillarda havo haroratining ko’tarilishi natijasida Sirdaryo va Amudaryoni suv bilan ta’minlaydigan Pomir va Tyanshan muzliklari shiddat bilan erib bormoqda. Tojikiston hamda Qirg’iziston vakillari ba’zi muzliklar 20-30% eriganini aytishmoqda. Bir necha o’n yilliklar ichida esa bu muzliklarning yarmidan ko’pi erib bitishi mumkin.Mintaqamizda ichimlik suvining 80 foizi ana shu muzliklardan kelishini hisobga olsak, ularning erishi yaqin kelajakda suv tanqisligini keltirib chiqarishi mumkin.
"O’zgidromet” ma’lumotlari O’zbekistonda ham iqlim o’zgarishlari o’z ta’sirini ko’rsatayotganini isbotlamoqda, Mamlakatimizda ob-havoni kuzatish 1872-yildan boshlangan. Birgina Toshkent shahrida o’rtacha yillik yog’in miqdori 423,4 millimetrni tashkil etgan bo’lsa, o’tgan bir asr davomida bu ko’rsatkich 60 mm.ga oshgan. So’nggi yuz yillik kuzatishlar shuni ko’rsatmoqdaki, birgina Toshkent shahrida o’rtacha yillik harorat 1.7 darajaga oshgan. Ayni paytda sayyoramiz miqyosida bu ko’rsatkich 0.7-0.8 darajani tashkil qiladi.O’tgan yozda ham havo haroratininig keskin ko’tarilganiga guvoh bo’ldik. Joylarda 45 darajadan yuqori harorat kuzatildi.Ko’pchilikni uzoq kelajak emas, yaqin kunlarda kutilayotgan o’zgarishlar qiziqtirishi tabiiy. Keyingi yillarda oktyabr oyi ham ancha iliq kelgan. 2002-2003-yillarda ushbu oyda harorat +34-35 darajaga ko’tarilgan. Oyi oxirida harorat +31-32 darajani tashkil etgan. Oktyabr oyi uchun eng past harorat so’nggi davrlarda 2016 yilda kuzatilgan bo’lib, havo harorati -2-4 daraja sovuqqacha tushib ketgan. Noyabr oyi 2010 yil juda quruq kelgan bo’lsa, 2011 yilda seryog’in kelgan.

Download 115.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling