Ikkinchi sharq uyg’onish davri –‘’Temuriylar Renessansi’’da bunyod etilgan Ulug’ saltanatning o’rni va ahamiyati, ilm-fan ravnaqi


Download 32.99 Kb.
bet1/2
Sana11.05.2023
Hajmi32.99 Kb.
#1450484
  1   2
Bog'liq
O


Ikkinchi sharq uyg’onish davri –‘’Temuriylar Renessansi’’da bunyod etilgan
Ulug’ saltanatning o’rni va ahamiyati, ilm-fan ravnaqi.
Maraimova Umida Ismailovna (I.F.N. dotsent)
Andijon davlat univesiteti
Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti

Qodirova O’g’iloy Karimjon qizi


Andijon davlat universiteti
Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti
Inson resurslarini boshqarish yo’nalishi
2-kurs talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada ‘’Temuriylar Renessansi’’da millatimizning hayotida yuz bergan buyuk madaniy va marifiy yuksalish yuz bergani va tashkil etilgan ulug’ saltanatning o’rni va ahamiyati, ilm-fan rivoji uchun yaratilgan katta imkoniyatlar haqida so’z olib borilgan.
Kalit so’zlar: Amir Temur, Renessans, Temuriylar davri saltanati, Ilm-fan.
Kirish
’’Kuch-adolatdadir.
Adovat emas-adolat yengadi’’.
Amir Temur.
’’Agar jismonan va jangovor tayyorgarlik orqali harbiy hizmatchilar jismonan toblanib, kuch quvvatga to’lsa, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya orqali ularning qalbi, ruhi, irodasi mustahkamlanadi’’.
SH. M. Mirziyoyev.
O’zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tib, faqatgina iqtisodiy sohalardagina emas, balki madaniy va ma’naviy yuksalish jarayoniga ham dadil kirib bormoqda. Ayniqsa, tariximizning unutilgan sahifalarini qaytadan etibor va chuqur qiziqishlar bilan o’rganilmoqda. Shu jumladan tarixiy shaxslarni aslicha hech qanday bo’rttirish va yoki yashirishlarsiz ochib berilmoqda. Buyuk bobokalonlarimiz qilgan ishlari va tengsiz meroslarini, ochilmagan qirralariga guvoh bo’lmoqdamiz. Hozirda shulardan biri bo’lmish ulug’ bobokalonimiz, tengsiz sarkarda yurtimizning yuksalishida o’zining o’chmas izini qoldirgan va ikkinchi renessansni shiddat bilan boshlab bergan shaxs Temuriylar davlati asoschisi Amkir Temur shaxsiyati va Temuriylar saltanatining hozirgi mustaqil, rivojlangan, ma’naviyat va madaniyatning yuksak cho’qqisiga chiqgan zaminimiz hayotida tutgan o’rni hamda ahamiyati haqida alohida aytib o’tishni joiz topdik. B Buyuk bobomizning jahon tarixi silsilasida , aynan Turkiston xalqlari tarixidagi o’rni beqiyosdir. Uni butun dunyo e’tirof etadi. Jaxon mamlakatlari adabiyotshunoslari, xususan Yevropalik yozuvchi va olimlar Amir Temur to’g’risida juda ko’plab tarixiy-ilmiy va badiiy asarlar yaratdilar. Shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 1996-yilning oktyabrida Amir Temur tavalludining 660 yilligini keng nishonlash to’g’risida mahsus qaror qabul qildi. Ushbu qarorda “O’zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo’mitasi Amir Temur va uning davri fani, madaniyati va san’atiga oid yangi asarlarni, shu jumladan chet ellarda nashr etilgan adabiyotlardan namunalarni o’z rejasiga kiritsin’’1 deyiladi.
Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnaxr va Xurosonda madaniy taraqqiyot o’z rivojining cho’qqisiga chiqdi va bu davr “Temuriylar davri renessansi” deb e’tirof etildi. Bilamizki, madaniyat haqida gap ketganda, ko’p hollarda sultonlar, amirlar va xonlar, olimlar, yozuvchi-yu mutafakkitlar tomonidan yaratilgan tarixiy obidalar, osmon o’par binolar, naqshinkor masjidu-madrasalar, ilmiy-badiiy asarlar va shu kabi tashqi ko’rinishga qarabgina ularga yuksak baho beriladi. Vaholangki, bunga qo’shimcha ravishda moddiy va ma’naviy madaniyatning rivojlanishi va ravnaqiga homiylik qilgan inson, ichki ma’naviy dunyoqarashlari va madaniyati nihoyatda e’tirof etishga arziydigan buyuk Amir Temur siymosida o’z aksini topgan.
Temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi taraqqiyot o’sha davrdagi boshqa mamlakatlarga nisbatan, ayniqsa, Yevropaga nisbatan ancha ilgarilab ketgan, madaniy-ma’rifiy va ma’naviy sohalarda ancha yuqori darajaga erishilgan edi. Bularning hammasi Amir Temjr davrida adolatli iqtisodiy siyosat amalga oshirilganligi tufaylidir. Amir Temur hukumronligining dastlabki yillaridanoq u mamlakatni rivojlantirish uchun har bir sohaga, qurilish, ilm-fan va diniy sohalarga o’zining alohida etiborini qaratgan. Temur va Temuriylar davrida qurilish ishlari, me’morchilik taraqqiyoti rivojlandi va yuksak cho’qqisiga chiqdi. V.V.Bartold bu borada shunday fikr bildirgan “Temur bir vaqtning o’zida ashaddiy buzg’unchi va tashabbuskor quruvchi edi: u buyuk imoratlar barpo etdi va ularni ulkan bog’u- rog’lar bilan o’radi, shaxar va qishloqlarni tikladi, suv inshootlari barpo etdi va buzilganlarini tuzatdi. U madaniyat barpo etishi mumkun bo’lgan yer maydonlarini bo’sh qoldirmas edi. Temurning ijodkorlik faoliyati ham uning qilgan vayrongarchiliklari kabi kishini hayratda qoldirardi. Musulmon me’morchiligidagi eng yaxshi davr Temur va uning avlodlari nomi bilan bog’liq “ (V.V. Bartolid. Ulug’bek I yego vremya,-Soch.,T.P. ch.2.s.60-61)2
Temuriylar davrida Samarqandda, Toshkent (Zangi ota qabri)da, Buxoro, Shaxrisabz, Qarshi va Turkistonda, Xurosonning markazi Xirot , Mashxad, Nishopur, Qobul va boshqa qator shaharlarda ulkan yaratuvchilik ishlari olib borilgan. Sohibqironning ona shahri Keshda , buyuk alloma va mutafakkir Axmad Yassaviyga atab Turkiston shaxrida qurilgan ajoyib osmono’par va muxtasham madrasalar o’sha davrda ulug’ bobomiz saltanatining kuch-qudratini jahon uzra ko’z-ko’zlagan.
Temur ma’naviyat va madaniyat, ilm-fan borasida ham o’zining o’chmas izini qoldirdi. Taniqli filolog olim Ochil Tog’ayev bu borada “Oltin daraxt” maqolasida quyidagi fikrlarni bayon etgan “ O’rta osiyoda madrasa ta’limi X asrda paydo bo’lgan, ammo uning haqiqiy mukammal rivoji Amir Temur davriga to’g’ri keladi, bazi manbalarda uni Sharqda oliy ta’limning asoschisi deb ataydilar. Amir Temurning xarbiy, nazariya va amaliyot sohasidagi kashfiyotlarining o’zi dorilfunundir” 3
Temuriylar davrida Astranomiya fani juda yuksaldi. Bu o’rinda Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar ijodining kamolot cho’qqisiga ko’tarilganini aytishimiz lozimdir. Mirzo Ulug’bek temuriyzodalardan fan va madaniyat taraqqiyotiga eng ko’p va salmoqli hissa qo’shgan hukumdordir. Ulug’bek Samarqandda dastlabki astronomik akademiyaga asos solgan inson sifatida dunyoga tanildi. Bo’riboy Axmedov o’zining “Ulug’bek”(essey) kitobida Volterning quyidagi so’zlarini keltiradi “Transoksianada uning (Amur Temurning) o’rniga taxtga chiqqan mashxur Ulug’bek Samarqandda birinch akademiyaga asos soldi. Yer kurrasini o’lchashni buyurdi va astronomik jadvallarni tuzishda ishtirok etdi” (112-bet).
SHuningdek bu davrda ma’naviy madaniyatning ulkan muvaffaqqiyatlaridan biri -bu badiiy ijodning juda tezlik bilan rivojlanib borganligidir. SHu davrga kelib eski o’zbek adabiy tilining shakillanish jarayoni deyarli tugallandi, dunyoviy adabiyot adabiy hayotning asosiy yetakchi yo’nalishi bo’lib qoldi. Xorazmiy, Amiriy, Sayfi Saroyi, Alisher Navoiy shuningdek Husayn Boyqaro va boshqalar bu davrda o’zlarining serqirra va barakali ijodi bilan jahon madaniyati taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdilar. Va she’riyat mulkining sultoni, buyuk davlat arbobi Alisher Navoiyning ijod gulshanida parvoz etganini etirof etamiz.
Ta’lim sohasi ham mamlakatdagi asosiy e’tiborli taraf bo’lgan. Amir Temur shaxarlarda ilm-fan, ma’naviyatni rivojlantirish uchun ko’plab ilmiy madrasalar qurishga amr qilgan. Madrasalarda diniy fanlar bilan bir qatorda matematika, me’morchilik, astronomiya, adabiyot, tarix, musiqa kabi fanlarning o’qitilishiga alohida e’tibor berilgan. “Temur Tuzuklari”da yozilishicha, musulmonlarga diniy madrasalarda ta’lim berish, shariat aqidalari va islom dinining ilmlari: tafsir, hadis, fiqhdan dars berish uchun sohibqiron tomonidan har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qilingan. O’quvchilarga o’z davrining yirik allomalari dars berganlar. Madrasa mudarrislariga ko’p maosh to’langan va ular farovon hayot kechirganlar. “Temur Tuzuklari” da “Sayyidlar, ulamoyu mashoyix, oqilu dono, tarixchilarni e’tiborli kishilar hisoblab, hurmatlarini joyiga qo’ydim, ular bilan qimmatli fikrlashdim”,-deb yozadi.
Sohibqiron Amir Temur diniy ilmni ham chuqur anglab yetgan shaxs edi. Bunga dalilan, Temur saltanatning boshqaruvida va uni yanada mustahkamlashuvida “tuzuklari” dagi o’n ikki qoidaga butun hayoti davomida rioya etgan va buning birinchi qoidasi “ islom dini va shariat qonun-qoidalariga rioya qilishi, uni qo’llab-quvvatlashi” to’g’risida bo’lgan. U islom himoyachisi sifatida yurgizgan siyosati soyasida so’fiylik tariqati o’lka hayotida katta mavqega ega bo’ldi. Buning dalili, Temur va Temuriylar davrida yashagan Bahovuddin Naqshband va uning izdoshlarining faoliyatidir. Bahovuddin Naqshbandiyga Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ham juda katta ihlos bilan qaraganlar. Jumladan, Jomiyning “Nafaxotul-uis”, Alisher Navoiyning “Nasoyimul-muhabbat” va boshqa asarlaridan bu haqida kerakli malumotlarni olish mumkun.
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, Temuriylar renessansi davrida ilm-fan, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat sohalaridagi o’zgarishlar orqali Jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo’shganini teran anglagan holda, biz shu imkoniyatlardan oqilona foydalanib, innovatsion yondashuvlar asosida yaratilgan ilmiy tadqiqot ishlaridan xulosa qilib hamda tarix ta’limidan unumli foydalansak, muhtaram prezidentimiz SHavkat Mirziyiyevning “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari” degan da’vatkor g’oya hayotimizga tobora chuqr kirib bormoqda. Biz ayni shu asosda xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash, inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolatni ta’minlash, innovatsion taraqqiyot borasida muhum qadamlarni qo’ymoqdamiz[1,2]” degan so’zlariga qo’shilamiz. Shuningdek ezgu niyyatlarimiz va buyuk maqsadlarimiz ro’yobi –“Uchinchi Renessans” ning mustahkam poydevorini bunyod etishga munosib hissa qo’shgan bo’lar edik.

Download 32.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling