O’zbekiston va viloyati shaharlari funksiyalariga ko’ra guruhlari reja


Download 29.7 Kb.
Sana14.10.2023
Hajmi29.7 Kb.
#1702175
Bog'liq
O’ZBEKISTON VA VILOYATI SHAHARLARI FUNKSIYALARIGA KO’RA GURUHLARI


O’ZBEKISTON VA VILOYATI SHAHARLARI FUNKSIYALARIGA KO’RA GURUHLARI


Reja:

  1. O’zbekiston va viloyati

  2. Toshkent shahar

  3. O’zbekiston va viloyati shaharlari

  4. Toshkent viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning shimoli-sharqida. 1938-yil 15-yanvarda tashkil kilingan. Shimoliy va shimoli-gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi, shimoli-sharqdan Qirgʻiziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi, janubi-gʻarbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni (Toshkent shahri maydonisiz) 15,3 ming km². Aholisi (Toshkent shahri aholisisiz) 2.931 million kishidan ziyod (2022). Viloyat tarkibida 15 ta tuman (Bekobod, Boʻka, Boʻstonliq, Zangiota, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyoʻl, Oʻrta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq), 17 shahar (Angren, Bekobod, Boʻka, Doʻstobod, Keles, Olmaliq, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Toʻytepa, Chinoz, Chirchiq, Yangiyoʻl, Yangiobod, Gʻazalkent), 18 shaharcha (Alimkent, Boʻzsuv, Gulbahor, Zafar, Iskandar, Krasnogorsk, Nurobod, Olmazor, Salor, Tuyaboʻgʻiz, Chigʻiriq, Chorvoq, Eshonguzar, Yangibozor, Yangi chinoz, Yangihayot, Oʻrtaovul, Qibray), 146 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Nurafshon shahri.

  5. Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  6. Viloyatning shimoliy va shimoli-sharqiy qismlari Gʻarbiy Tyanshan togʻlari va uning tarmoqlari (Qurama, Piskom va Ugom togʻlari) bilan band. Eng baland joyi Piskom tizmasidagi Manas togʻi (4484 m). Chatqol va Qurama togʻlari orasida Ohangaron daryosi kesib oʻtgan, Ohangaron platosi joylashgan. Viloyat hududining katta qismi Sirdaryo tomon qiyalanib boradigan togʻ oldi tekisligi (Chirchiq-Ohangaron vodiysi)dan iborat. Ohangaron daryo vodiysi, Qurama togʻi, Angren-Olmaliq atrofida foydali qazilmalardan mis, polimetall rudalari, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, alyuminiy xom ashyosi, qoʻngʻir kumir, molibden konlari, plavik shpati va dala shpati, turli xil qurilish materiallari bor. Termal va mineral suv zaxiralari kup. Viloyat kuchli seysmik zonada joylashgan. Ayniqsa, Chirchiq va Ohangaron havzalarida aniq seziladigan zilzilalar buning ifodasidir. Juda kuchli zilzila 1868-yilda Toshkentda boʻlib oʻtdi va 1966-yilda takrorlandi. Turli intensivlikdagi yer osti silkinishlar vaqtvaqti bilan hozirgi kunda ham davom etmoqda.[2]

  7. Iqlimi keskin kontinental. Qishi nam, nisbatan iliq, yozi uzoq, issiq va quruq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 1,3°, −1,8°, eng past temperatura −34° (tekislikda), −38° (togʻ etaklarida), iyulnint oʻrtacha tempaturasi 26,8°, eng yuqori temperatura 43-47°. Tekislik qismida yiliga 250 mm, togʻ oldilariga 350-400 mm, togʻlarda 500 mm yogʻin yogʻadi. Yogʻinning koʻp qismi bahor va qishda yogʻadi. Qor togʻlardagina uzoqroq saqlanadi. Vegetatsiya davri tekislik qismida 210 kun. Daryolari Sirdaryo havzasiga mansub (Sirdaryo — oʻrta oqimi, uz. 125 km va uning irmoklari — Chirchiq, Piskom va Ohangaron). Bular Tyanshan togʻlaridan boshlanadi va suvidan elektr energiya olishda va sugʻorish ishlarida foydalaniladi. Sugʻorish kanallari: Boʻzsuv, Qorasuv, Dalvarzin, Toshkent va boshqa Tuyaboʻgʻiz suv ombori („Toshkent dengizi“), Chorvoq suv ombori, Ohangaron suv omborlarn bor.

  8. Tuproklari: tekislikda boʻz tuproq, togʻ etaklarida (500-600 m balandlikkacha) tipik boʻz tuproq, undan balandroqda chimqoʻngʻir, yuqrrirokda oʻtloqidasht tuproq, daryo terrasalarining quyi qismida, yer osti suvi yuza joylarda oʻtloqi va botqoq tuproq, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlardan iborat. Toshkent viloyatining tekislik qismi toʻla haydalgan, Sirdaryo buylarida kichik tuqaylar (terak, tol, jiyda, har xil butalar) mavjud. Togʻ etaklari va togʻlarda (1200-1400 m balandlikkacha) togʻ dashtlari, yuqorirokda siyrak archazorlar, 2000 m dan balandda subalp va alp oʻtloklari bor. Daryo vodiylarida terak, tol; togʻ etaklari va togʻlarning oʻrtacha balandliklarida olmazor va yongʻoqzorlar uchraydi, togʻolcha oʻsadi. Tekisliklarda sarik. yumronqoziq, qoʻshoyoq, kaltakesaklar, chul toshbaqalari, qalqontumshuq ilon va boshqa, Sirdaryo toʻqaylarida chiyaboʻri, tolay quyoni, qobon; togʻ etaklari va togʻlarda ayiq, tulki, togʻ qoʻyi, jayra, boʻrsiq, kaklik, toʻrgʻay, archa boltatumshugʻi va boshqa, togʻ daryolari va jilgʻalarda qora baliq, osman, laqqacha uchraydi. Viloyat hududida „Chimyon“, „Burchmulla“, „Bogʻiston“, „Xumson“, „Oqtosh“ kabi bolalar oromgoxlari, iklimiy kurort va dam olish uylari bor. Toshkentdan 20 km uzoqlikda „Toshkent mineral suvlari“ balneologik kurorti joylashgan. Toshkent viloyatida UgomChatqol milliy bogʻi (maydoni 574 ming ga) tashkil etilgan. Boshqizilsoy boʻlimida meteorologiya styasi (1956-yildan) faoliyat koʻrsatadi.

  9. Toshkent viloyati qadimdan Buyuk ipak yoʻlidagi ilmfan, gʻunarmandchilik, madaniyat taraqqiy etgan makonlardan biri bulgan. Xoʻjakent yaqinidagi gʻordan topilgan tosh davriga mansub odam suyagining qoldiklari va qoyalardagi suratlar bu vohada qadimda ibtidoiy odamlar yashaganligidan dalolat beradi.

  10. Toshkent Аglomerаtsiyasi – aholi, soni, hududining kattaligi va xoʼjalikdagi ahamiyatiga koʼra Oʼrta Osiyoda shakllangan shahar va qishloqlarning eng yirik, murakkab hududiy tizimi. 6,4 ming km2 maydonni egallaydi. Uning tarkibiga 10 ta shahar (Toshkent, Chirchiq, Yangiyoʼl, Fazalkent, Keles, Parkent, Oqqoʼrgʼon, Doʼstobod, Chinoz, Toʼytepa) va 17 ta shaharcha (Аlimkent, Boʼzsuv, Gulbahor, Iskandar, Olmazor, Salor, Tuyaboʼgʼiz, Ulugʼbek, Chorbogʼ, Chigʼiriq, Eshonguzar, Yangibozor, Yangihayot, Yangi Chinoz, Oʼrtaovul, Qibray, Qiziltogʼ) hamda 600 dan ortiq qishloq kiradi. Аglomeratsiya doirasida 4 mln. ga yaqin aholi yashaydi, shundan 2,6 millioni shahar aholisi, urbanizatsiya darajasi 72% ni tashkil etadi. Mazkur hudud respublikada yuqori darajada urbanizatsiyalashgan boʼlib, shaharlar zichligi har ming kv.km ga respublikada 0,5 tani tashkil etgani holda, bu yerda 4,2 tadan toʼgʼri keladi.

  11. Аglomeratsiya Chirchiq daryosi vodiysi boʼylab polosasimon koʼrinishda janubi-gʼarbdan shimoli-sharqqa 130 km dan ortiq masofaga choʼzilgan, koʼndalang diametri 40 km ga yetadi. Janubi-gʼarb¬da Sirdaryo, shimoli-sharqda Chorvoq suv omboriga borib tutashadi. Shimoliy chegarasi Qozogʼiston bilan boʼlgan davlat chegaralariga, janubi esa keng qishloq xoʼjalik yerlariga toʼgʼri keladi.

  12. Аglomeratsiya monotsentrik tipda boʼlib, poytaxt shahar negizida, sugʼorma dehqonchilik hududida vujudga kelgan. Qulay iqtisodiy geografik oʼrnidan kelib chiqqan holda funktsional va hududiy jihatdan atrofga qarab kengayib bordi. Hozirgi kunda shahar maydoni 330 km2 boʼlib, 1922 yilga nisbatan 3,3 marta kengaygan. Аglomeratsiyalashuv jarayonining dastlabki davrlarida (1960-yillarda) tizim tarkibida 11 ta yoʼldosh shahar boʼlgan. 1970 yilda ularning soni 17 ta, 1989 yilda 27 taga yetdi. Аglomeratsiya aholisining deyarli yarmi uning markazida toʼplangan. Shahar aholisining nisbati uning markazi foydasiga 4:1 ni tashkil etadi.

  13. Аglomeratsiya «yadro»si – Toshkent shahri; aholi zichligi 1 km2 ga 300–350 kishi, oʼqish, mehnat boʼyicha aloqalar ustun turuvchi, markazga jamoat transportida qatnash vaqti 1 soat, radiusi 35–40 km gacha boʼlgan 1-zona. Bu zonada Toshkentning oʼng qanotida 1-toifali yoʼldosh shahri – Chirchiq joylashgan boʼlib, u ham oʼz navbatida atrofidagi Fazal¬kent, Iskandar, Orkutsoy, Chorvoq, Qibray kabi aholi manzilgohlarini oʼz taʼsir doirasiga tortib turadi. Chap tomonida 2-yirik yoʼldosh shahri Yangiyoʼl ham ana shunday lokal hududiy tizimni shakllantirish arafasida. Ushbu zonaning bevosita Toshkentga tutash qismida aholi nihoyatda zich (1 km2 ga 600–700 kishi) joylashgan (587 ming kishi). Bu yerdagi Keles, Eshonguzar, Nazarbek, Koʼksaroy, Yangibozor, Salor kabi aholi manzilgohlari suv, energiya, kanalizatsiya, telefon tarmoqlari, qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini yetkazib berish hamda aholi aloqalari orqali Toshkent bilan chambarchas bogʼliq holda rivojlanadi. Ular birgalikda Toshkent megapolisi yoki «Katta Toshkentni» tashkil etadi.

  14. 2-zona mehnat va oʼqish aloqalari susayib, madaniy-maishiy, rekreatsiya aloqalari ustunlik qiluvchi, aholi zichligi 1 km2 ga 150–200 kishini tashkil etuvchi, markazdan 60–70 km radiusga ega hududlarni oʼz ichiga oladi. Bu yerda Toshkentning «uzoqdagi» yoʼldosh shaharlar va qishloqlari joylashgan boʼlib, uning chegaralari markazga qatnash vaqti 2 soatgacha boʼlgan izoxronalardan oʼtadi. Bu yerda aloqalar susayib borib, shahar atrofi tashqi zonasi bilan bogʼlanib ketadi.

  15. Аglomeratsiyaning hududiy tarkibida Toshkentni atrofi bilan bogʼlovchi transport yoʼllari «oʼq»larga oʼxshab atrofga kirib boradi va yoʼldosh shahar hamda qishloqlarni aglomeratsiya «yadro»siga tortilib turishini taʼminlaydi. Ular markazdan atrofga radial yoʼnalishda ketuvchi temir yoʼl, yirik avtomagistrallar va ulardan yonga tarmoqlanib ketuvchi 2-darajali yoʼllardir. Аholi manzilgohlarining asosiy qismi Chirchiq va Chinoz yoʼnalishi boʼylab joylashgan. Bu yoʼllar aglomeratsiyaning nafaqat ichki qismini, balki uni qoʼshni hududlar bilan ham bogʼlab turadi.

  16. Аglomeratsiyada Toshkent bosh shahar boʼlib, yoʼldosh shaharlar uni toʼldiruvchi va unga xizmat qiluvchi funktsiyalarni bajaradi.

  17. Aglomeratsiya, aholi punktlari aglomeratsiyasi — aholi punktlari, aso-san shaharlar, shuningdek qishloqlarning intensiv xoʻjalik, mehnat va madaniy-maishiy hamda rekreatsion aloqalar bilan bogʻlanib, yagona birlikni tashkil qilgan kompakt hududli guruhi. Aholining guruh boʻlib joylashishining eng rivoj-langan shakllaridan biri. Shaharlarda (asosan yirik shaharlar atrofida) aholining toʻplanishi asosida vujudga kelgan va rivojlangan. Monotsentrik Aglomeratsiya va politsentrik Aglomeratsiya a. boʻladi. Aglomeratsiya uchun aholi yashaydigan hududlarning yaqinligi, aholining 150mehnat qilish uchun shahar atrofidan shahar markaziga borishi xos. Urbani-zatsiya jarayonida Aglomeratsiya dunyo boʻyicha koʻpayib bormoqda. Oʻzbekistonda 2 yirik Aglomeratsiya (Toshkent, Fargʻona-Margʻilon) bor. Toshkent Aglomeratsiyada 60% shahar va 40% qishloq aholisi, Fargʻona-Margʻilon Aglomeratsiyada 50% shahar aholisi va 50% qishloq aholisi yashaydi Toshkent shahar hokimligi ma’muriyati poytaxtga qo‘shilishi rejalashtirilayotgan hududlar haqida ma’lum qildi.

  18. Qayd etilishicha, Toshkent doimiy rivojlanmoqda, yangi infratuzilmalar va ijtimoiy ob’ektlar paydo bo‘lyapti, yangi turar joylar va majmualar qurilayotir, poytaxt aholisi o‘smoqda.

  19. Ma’lum qilinishicha, o‘sib borayotgan aholi hayot sifatini yaxshilash, shahar qiyofasini zamonaviy arxitektura va shaharsozlik talablariga javob beradigan darajaga olib chiqish, shuningdek, yangi shahar inshootlarining uzluksiz barpo etilishi va Toshkent viloyatining shaharga chegaradosh ba’zi tuman hamda shaharlarining Toshkent bilan paydo bo‘layotgan yaqindan aglomeratsiyasi ma’muriy chegaralarni vaqti-vaqti bilan kengaytirishni taqozo etyapti.

  20. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra Toshkent shahrining doimiy aholisi 2 554 900 kishini tashkil etgan. Kadastr bo‘linishiga ko‘ra, shaharning umumiy maydoni 33 500 ga yoki 334 kilometr kvadratga teng.

  21. Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirda “Pastdarxon“, “Yuqoridarxon“ va “Toshkent“ mahallalarida aholini ro‘yxatga olish, ularda joylashgan ob’ektlar, muhandislik kommunikatsiyalarini qabul qilish ishlari hamda boshqa zarur chora-tadbirlar olib borilmoqda.

  22. “Aytgancha, yirik shaharlarning kengayishi — dunyo tendensiyasi. Yanada ko‘proq odamlar shaharlarda yashashni afzal bilishmoqda, shahar aholisi zichligi qishloqnikiga nisbatan sezilarli ravishda yuqori bo‘lib boryapti“, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

  23. Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti, Мarkaziy Оsiyodagi eng yirik siyosiy-iqtisodiy va madaniy markaz bo‘lib, unda 2,3 mln kishi yashaydi. Bugun Тоshkеnt nafaqat stratеgik хalqarо mavqеga ega bo‘lgan siyosiy markaz, balki Мarkaziy Оsiyoning yirik sanоat-transpоrt chоrrahasidagi muhim iqtisоdiy mеgapоlisdir.


  24. O‘zbekiston Prezidentining qarorgohi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, xorijiy elchixonalar, BMT va uning tarkibidagi xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari Toshkentda joylashgan. Shaharsharqona tafakkur bo‘yicha qayta qurilmoqda.


  25. Toshkent shahri mamlakat iqtisоdiyotiningturli sоhalarida yеtakchi o‘ringa ega. Хususan, rеspublikada ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulоtning 16,9 fоizi, sanоat ishlab chiqarishning 14,7 fоizi, invеstitsiyalarning 19,9 fоizi, savdо aylanmasining 26,8 fоizi, хizmatlarning 29,3 fоizi, tashqi savdо aylanmasining 35 fоizi, ekspоrtning 27,5 fоizi pоytaхt hissasiga to‘g‘ri kеladi (2012-yil).


  26. Pоytaхt iqtisоdiyotining yеtakchi tarmоg‘i hisоblangan sanоatning o‘rni har dоimgidеk salmоqli bo‘lib qоlmоqda. Sanоat kоrхоnalari nafaqat katta quvvatga ega, balki ishlab chiqarish tехnоlоgiyasi ham yuqoridir.


  27. Shahar energetikasi Chirchiq–Bo‘zsuv gidroelektrostansiyalar tizimi va Toshkent IESga tayanadi. Ular mamlakat yagona energetika tizimiga ulangan.


  28. Toshkent muhim transport tugunidir. O‘rta Osiyo davlatlarini boshqa mamlakatlar bilan bog‘laydigan temiryo‘l, avtomobil yo‘llari Toshkent orqali o‘tadi. Shahar atrofidagi rayonlar bilan elektrpoyezd orqali ham bog‘langan. Toshkent havo yo‘li orqali xorijiy davlatlarning 40 dan ortiq shaharlari bilan bog‘langan.Shaharda 2 ta temiryo‘l vokzali, 3 ta aeroport va Markaziy Osiyoda yagona metropoliten mavjud. Umumiy uzunligi 36 km dan ortiq bo‘lganmetropoliten orqali yiliga 60 mln dan ortiq yo‘lovchi tashiladi.


  29. Toshkent - butun Markaziy Osiyoda eng yirik ilmiy-madaniy markaz hisoblanadi. Toshkentda O‘zbekiston Fanlar akade miyasi, Qishloq xo‘jaligi Fanlar akademiyasi, o‘nlab ilmiy-tadqiqot institutlari, 32 ta oliy o‘quv yurti bor. UNESKO tashkiloti tomonidan 2007-yilda Toshkent Islom madaniyati poytaxti deb e’tirof etildi. Shaharda 500 ga yaqin maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, ko‘plab teatr va konsert zallari, sirk, zamonaviy stadion va boshqalar mavjud. Toshkent ta’sirida, poytaxtga tutash tumanlarda urbanizatsiya jarayoni jadallashmoqda.


  30. Urbanizatsiya – ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish va shahar aholisi salmog‘ining ortishi natijasida mamlakat hayotida shahar rolining kuchayishi.

  31. Endilikda shahar maydoni 330 kv. km dan ortib, atrofidagi avtomobil halqa yo‘lidan (64 km) tashqaridagi hududlarni ham qamrab olmoqda.

  32. Poytaxtning iqtisodiy va ijtimoiy ta’siri negizida undan 60–70 km radiusdagi hudud bo‘ylab 10 ta shahar va 20 ga yaqin shaharchadan iborat Toshkent aglomeratsiyasi vujudga kelgan.


  33. Aglomeratsiya – shaharlarning yirik shahar atrofida to‘planishi. Bu aholi punktlari asosan Chorvoqdan Sirdaryogacha bo‘lgan oraliqdagi yo‘llar atrofida joylashgan. Ular Toshkent taraqqiyotini tartibga solish uchun muhim qulayliklar yaratadi.


  34. Xulosa

  35. Аglomeratsiyada Toshkent bosh shahar boʼlib, yoʼldosh shaharlar uni toʼldiruvchi va unga xizmat qiluvchi funktsiyalarni bajaradi.

  36. Aglomeratsiya, aholi punktlari aglomeratsiyasi — aholi punktlari, aso-san shaharlar, shuningdek qishloqlarning intensiv xoʻjalik, mehnat va madaniy-maishiy hamda rekreatsion aloqalar bilan bogʻlanib, yagona birlikni tashkil qilgan kompakt hududli guruhi. Aholining guruh boʻlib joylashishining eng rivoj-langan shakllaridan biri. Shaharlarda (asosan yirik shaharlar atrofida) aholining toʻplanishi asosida vujudga kelgan va rivojlangan. Monotsentrik Aglomeratsiya va politsentrik Aglomeratsiya a. boʻladi. Aglomeratsiya uchun aholi yashaydigan hududlarning yaqinligi, aholining 150mehnat qilish uchun shahar atrofidan shahar markaziga borishi xos. Urbani-zatsiya jarayonida Aglomeratsiya dunyo boʻyicha koʻpayib bormoqda. Oʻzbekistonda 2 yirik Aglomeratsiya (Toshkent, Fargʻona-Margʻilon) bor. Toshkent Aglomeratsiyada 60% shahar va 40% qishloq aholisi, Fargʻona-Margʻilon Aglomeratsiyada 50% shahar aholisi va 50% qishloq aholisi yashaydi Toshkent shahar hokimligi ma’muriyati poytaxtga qo‘shilishi rejalashtirilayotgan hududlar haqida ma’lum qildi.

  37. Qayd etilishicha, Toshkent doimiy rivojlanmoqda, yangi infratuzilmalar va ijtimoiy ob’ektlar paydo bo‘lyapti, yangi turar joylar va majmualar qurilayotir, poytaxt aholisi o‘smoqda.

  38. Oʻrta Osiyo hududida yashagan ibtidoiy odamlarning qad. manzilgohlari quyi paleolit davriga to‘g‘ri keladi. Jez davrida O‘zbekiston hududida chorvador va qisman dehqonchilik bilan shugʻullangan qabilalar yashagan. Bu vaqtda ibtidoiy jamoa davri yemirilib, qabilalar oʻrtasida mulkiy munosabatlar vujudga keldi.

  39. Eron shohi Doro I ning Behistun yozuvlarida oʻzbek xalqining qadimiy ajdodlari xorazmiylar, sug‘'iylar, saklar, baqtriyaliklar toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. Yunon va rim tarixchilari GerodotStrabonArrian va Ptolemey hozirgi Oʻzbekiston hududida yashagan saklar haqida maʼlumotlar qoldirganlar.

  40. O‘zbeklarning alohida elat boʻlib shakllanishi uzoq yillar davomida sodir boʻlgan etnik jarayonlar mahsuli dir. Ular O'rta Osiyoning markaziy viloyatlari Movarounnahr, Xorazm, Yettisuv, qisman Sharqiy Turkistonning gʻarbiy mintaqalarida shakllangan. Oʻzbek xalqining asosini hoz. Oʻzbekis ton hududida qadimdan oʻtroq yashab, sugʻorma dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullanib kelgan mahalliy aholi: sugʻdiylar, xorazmiylar, baqtriylar, chorvador sak-massagetlar kabi etnik guruhlar tashkil etgan. Shuningdek, Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryolari boʻylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan etnik komponentlar ham oʻzbek xalqi etnogenezida ishtirok etganlar. Markaziy Osiyoning keng hududida yashagan bu etnoslar, asosan, turkiy va sharqiy eroniy tillarda so‘zlashganlar. Amudaryo va Sirdaryo havzalari oraligʻining o‘troq aholisi va chorvador qabila va elatlarning etnik jihatdan dastlabki aralashuvi jarayoni natijasida o‘troq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon, oʻzbek xalqiga xos antropologik qiyofa shakllangan.

  41. Mil. avv. III-asrda Sirdaryoning oʻrta oqimida Qangʻ davlati hukm surgan davrda Amudaryo va Sirdaryo oraligʻi va unga tutash mintaqalarda iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib, oʻziga xos uygʻunlashgan madaniyat yuzaga keladi. Arxeologik va tarixiy majmualarda bu madaniyat «Qovunchi madaniyati» nomi bilan qayd etilgan. Antropolog olimlarning ta‘kidlashicha, aynan shu davrlarda O‘rta Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi aholining tashqi qiyofasida hoz. o‘zbek va voha tojikla riga xos O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i antropologik tipi to‘liq shakllanadi.

  42. O‘zbek xalqining etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik komponentlar kushonlar hamda 45-a.larda O‘rta Osiyoning markaziy viloyatlariga Oltoy, Jan. Sibir va Sharqiy Turkistondan kirib kelgan xioniy, kidariy va eftaliylardir. Shuningdek, o‘zbeklar etnogeneziga O‘rta Osiyoning markaziy mintaqalari (Toshkent vohasi, Farg‘ona, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vodiylari va Xorazm)ga kelib o‘troqlashgan turkiy etnik komponentlar faol ta‘sir ko‘rsatadi. Bu komponent lar va mahalliy aholi o‘rtasidagi etno-madaniy munosabatlarning rivoji natijasida yangi qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy-xo‘jalik an‘analar b-n jadal uyg‘unlashuvi yuz beradi. 7-a.ning 30-y.laridan boshlab o‘lkamiz «Turkiston» nomi b-n atala boshlagan.

  43. 8-a.da arab va ajam xalqlarining O‘rta Osiyoga kirib kelishi b-n mahalliy aholining etnik tarkibida ma‘lum darajada o‘zgarishlar sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, ammo mintaqadagi etnik jarayonlar ga kuchli ta‘sir etmagan. Bu davrda Movarounnahrdagi o‘troq va yarim o‘troq turkiyzabon aholi, sug‘diylar va Xorazmning tub yerli aholisi o‘z hududlarida arablar hukmronligida yashaganlar.

  44. 911-a.larda Movarounnahrda yaxlit turkiy qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kelib, o‘z navbatida sug‘diylar va b. mahalliy etnoslar b-n integratsiyalashuv jarayoni jadallashgan. Bu davrda Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega bo‘lib, bu qatlam asosining aksariyat ko‘pchiligi o‘troqlashgan turg‘un turkiy etnoslardan iborat bo‘lgan.

  45. Qoraxoniylar davrida Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalarga o‘tishi munosabati b-n sodir bo‘lgan etnik jarayonlar o‘zbek xalqining shakllanishida yakuniy bosqich bo‘ldi. Aynan shu davrda o‘zbek xalqiga xos elatni belgilovchi hududiy, madaniy -ma‘naviy umumiylik, etnik o‘zlikni anglash ma‘lum bir davlat doirasidagi etnik uyushqoqlik, din umumiyligi kabi etnik omillar shakllandi. Bu davrda o‘zbeklarning umum elat tili qaror topdi. Umuman olganda, elat shakllanishi dagi muhim ahamiyatga molik aksariyat etnik alomatlar shakllanib yetiladi. Shunday qilib, asrlar osha yurtimizda kechgan o‘ta murakkab siyosiy vaziyatda muttasil davom etgan etnik jarayonlar natijasida 1112-a. boshlarida o‘zbek xalqi shakllandi.

  46. O‘zbekiston aholisining ijtimoiy -iqtisodiy va demografik rivojlani shi 19-a.ning 2-yarmidan boshlab podsho Rossiyasi bosib olgandan so‘ng keskin o‘zgardi. Bu holat aholi soni, milliy va yosh-jinsiy tarkibi, ko‘payish sur‘atlari, joylashish xususiyatlarida o‘z aksini topdi. Rossiyadan dehqonlar ko‘chirilib, Mirzacho‘lga joylashtiril di, Sharqiy Turkistondan uyg‘urlar ko‘chirilib keltirilib, respublika sharqidagi tog‘ vodiylarida ular uchun joy ajratildi. 1897 y.da o‘tkazilgan aholi ro‘yxatiga muvofiq O‘zbekiston hududida 3,9 mln. kishi yashagan, shundan 19 % shahar aholisi edi. Tub aholining migratsion harakatchanligi past bo‘lgan. Aholining ko‘chib keluvchilar hisobiga o‘sishi podsho hukumati mustamlakachilik siyosatining natijasi edi. Shu siyosat tufayli o‘lkada yangi-yangi qishloq va shaharchalar barpo etildi. Biroq shunga qaramay 18651900 y.larda aholi 0,6 % ga ko‘paydi. 20-a.ning 1-choragida ham aholi o‘sishida sezilarli o‘zgarish bo‘lmadi. 192440 y.lar davomida O‘zbekiston aholisi 2,3 mln. kishiga oshdi, aholining o‘sishi yiliga 3 % ga teng bo‘ldi.

  47. 2-jahon urushi O‘zbekiston aholisi ning soniga, uning tarkibi va joylashuviga nihoyatda salbiy ta‘sir ko‘rsatdi. Urush natijasida respublika 1 mln.dan ortiq aholisini yo‘qotdi. Aholining umumiy soni 194045 y.larda 6,6 mln. kishidan 5,2 mln. kishigacha kamaydi.

  48. Urushdan keyingi davrda aholi o‘sish sur‘atlarida ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Aholining soni 5,2 mln.dan 8,4 mln.gacha ko‘paydi. Bunda ham sof tabiiy ko‘payishdan ko‘ra chetdan ko‘chirib keltiril gan aholining salmog‘i katta bo‘ldi. 20-a.ning 6080-y.larida respublika aholisi tarkibida o‘zbeklarning soni muntazam ravishda yuqori sur‘atlar b-n ko‘payib bordi. 1989 y.da o‘zbeklar salmog‘i respublika aholisining tarkibida 71,4 % ni tashkil etgan.

  49. O‘zbekistonning mustaqil rivojlanish yo‘liga o‘tishi uning demografik tarixida mazmunan yangicha bosqichga o‘tishni taqozo etdi. Respublikada bozor munosabatlarining shakllanishi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sharoitlarning o‘zgarishi natijasida yangi demografik jarayon boshlandi: tug‘ilish keskin kamaydi, mamlakatdagi slavyan xalqlar, yahudiy, mesxeti turk, grek, ukrain, nemis va b. xalqlarning ma‘lum qismi o‘z tarixiy yurtlari va b. xorijiy davlatlarga ko‘chib ketdi. Eng katta manfiy migratsiya saldosi 1990 y.da kuzatilib, 181,2 ming kishini tashkil etdi. Mazkur demografik jarayonlar O‘zbekiston aholisining o‘sish sur‘atlarini qisqarishiga olib keldi. Keyingi 15 y. davomida respublika aholisi 4,8 mln.ga ko‘paydi, o‘sish sur‘ati 1,8 %ni, o‘rtacha yillik mutlaq ko‘payish soni 400 ming kishini tashkil qildi.

  50. Aholining joylashishi va zichligi[править | править код]

  51. Respublika aholisi, asosan, qadimdan o‘zlashtirilgan, sug‘orma dehqonchilik uchun sharoit qulay bo‘lgan voha va vodiylarda zich joylashgan.

  52. Mirzacho‘l, Surxon-Sherobod, Qarshi, Markaziy Farg‘ona, Ellikqal‘a cho‘llarini o‘zlashtirish natijasida hamda turli qazilma boyliklar konlarini topish asosida vujudga kelgan shahar va shaharchalar ham aholining hududiy tarkibiga o‘zgartirishlar kiritdi. Biroq yangi aholi manzillari aholining asrlar davomida tarkib topgan hududiy shakllariga katta o‘zgarishlar kirita olmadi. Aholining asosiy qismi tug‘ilib o‘sgan joyida istiqomat qiladi. Bundan cho‘l mintaqalarida yashovchi aholi mustasno. Shu bilan birga shaharlar tarmog‘idagi o‘zgarishlar shahar aholisining dinamikasi va joylashishiga katta ta‘sir qildi. Keyingi yillarda ularda sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. 1990-2005 yillarda mamlakat aholisining o‘sish sur‘ati pasayib borayotgan davrda ba‘zi viloyatlarda bu jarayon sekinroq kechdi.

  53. O‘zbekistonda demografik vaziyatning eng muhim xususiyatlari aholi o‘sish sur‘atlarining pasayib borishi; aholi tabiiy ko‘payish ko‘rsatkichining kamayishi; tashqi migratsiya natijalarining manfiylashuvi; shahar aholisining sust o‘sishi va b. Mamlakatning shahar aholisi nihoyatda notekis joylashgan bo‘lib, asosiy qismi Toshkent sh.ga to‘g‘ri keladi. Biroq Toshkent sh. aholisi so‘nggi yillarda deyarli o‘smadi, natijada uning O‘zbekiston aholisi tarkibidagi ulushi 1990 y.dagi 10,5 %dan 8,2 % ga tushib qoldi. Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining demografik salohiyati pasaydi, Jizzax viloyatida o‘zgarmadi, qolgan hududlarda esa oshdi. Hozirgi kunda O‘zbekiston aholisining 16,4 % Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari ga to‘g‘ri keladi. Xorazm, Namangan va Samarqand viloyatlarida ham biroz o‘sish bo‘ldi.

  54. 19912005-y.larda O‘zbekiston viloyatlari bo‘yicha shahar aholisining o‘sishida sezilarli darajada nomutanosiblik kuzatildi. Bu yillarda respublika shaharlari aholisining o‘sish sur‘ati 0,9 % bo‘lib, bu ko‘rsatkich Surxondaryoda 3,2 %; Jizzaxda 2,8 %; Sirdaryoda 0,6 %; Buxoroda 0,7 %; Xorazmda 0,8 % va Toshkent viloyatida 0,2 % ni tashkil etdi.

  55. Yuqoridagi o‘zgarishlarga qaramay, respublika aholisining hududiy mujassamlashuvi darajasi hamon Farg‘ona va toshkent iqtisodiy r-nlarida yuqori. Farg‘ona vodiysiga mamlakat aholisining 28 %, Toshkent sh. va viloyatiga 18 % to‘g‘ri keladi. Aholi zichligi 1 km2 ga 58 kishi bo‘lib, bu ko‘rsatkich mamlakat miqyosida 70 karraga farq qiladi yoki boshqacha aytganda, 7,3 kishidan (Navoiy viloyati) 552,5 (Andijon viloyati) kishigacha yetadi. Farg‘ona, Namangan, Xorazm viloyatlarida aholi juda zich, Qashqadaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida zichlik ko‘rsatkichi ancha past.

  56. O‘zbekiston Respublikasi jami aholisining 36,3 % shaharlarda, qolgan qismi qishloqlarda yashaydi. So‘nggi yillarda urbanizatsiya darajasining pasayib borishi va qishloq aholisi hissasining o‘sishi kuzatilmoqda.

  57. Aholining tabiiy ko‘payishi[править | править код]

  58. O‘zbekistonda aholi tabiiy ko‘payishiga oid mufassalroq ma‘lumotlar 19-a.ning 2-yarmidan boshlab mavjud. Aholining tabiiy ko‘payishi 1-navbatda tug‘ilishga bog‘liq. Respublikada 19-a. oxiri 20-a. boshlarida tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lgan. 1865-1917 yillarda tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti (har 1000 ta kishiga nisbatan tug‘ilganlar soni) 4550 %ni tashkil etgan. Tug‘ilish fiziologik imkoniyat darajasida bo‘lgan, oilada farzandlar tug‘ilishi cheklanmagan. Buning asosiy omillari o‘zbek ayollarining ijtimoiy i.ch. da juda kam ishtiroki, ma‘lumotlilik darajasi ning pastligi, tug‘ilishni qo‘llab-quv vatlovchi urf-odat va qadriyatlar ta‘sirining nisbatan yuqoriligi, go‘daklar o‘limining ko‘pligidir.

  59. O‘sha davrda aholi o‘rtasida o‘lim hollari ham yuqori bo‘lgan. 1886-1900 yillarda O‘zbekiston hududida 1000 ta aholiga nisbatan o‘rtacha 49,8 ta bola tug‘ilgan bo‘lsa, o‘lganlar soni (har 1000 kishi hisobiga) 44,8 ga teng edi. Demak, o‘sha davrda o‘zbek oilalarida tug‘ilish yuqori bo‘lishiga qaramay aholi o‘rtasida o‘limning ko‘pligi, o‘rtacha umr ko‘rish davri juda qisqa bo‘lgani (32 yosh) tufayli aholining tabiiy ko‘payishi sust kechgan. Boshqacha aytganda, yuqori tug‘ilish yuqori tabiiy o‘sishni ta‘minlay olmasdi, tug‘ilishning «foydalilik» darajasi past bo‘lgan. Mazkur dalillar O‘zbekiston aholisining tabiiy ko‘payishi 19-a. oxiri 20-a. boshlarida Yevropa xalqlaridan 3,5 barobar kam bo‘lganini ko‘rsatadi. Natijada aholi sonining o‘sishi juda sekin kechgan. 1885-1917 yillarda O‘zbekiston aholisi 3320 mingdan 4052 mingga yetdi yoki aholining soni har yili o‘rtacha 0,6 % atrofida o‘sdi.

  60. Bu ko‘rsatkich hozirga qaraganda 3,1 marta kam, chunki 1991—2000 yillarda O‘zbekiston aholisi yiliga 1,9 % dan ko‘paydi.

  61. 1939—2004 yillar, ya‘ni 65 yil mobaynida respublika aholisi 4,0 marta ko‘paygan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich shahar joylarda 6,4 va qishloqlarda 3,3 martani tashkil etgan. Albatta, ko‘rilayotgan davrning turli oraliqlarida va qishloq hamda shahar joylarda aholi sonining ko‘payish sur‘ati turlicha bo‘lgan. Jumladan, 1939-1959 yillarda jami aholi 127,9 % ga, shahar aholisi 185,6 % va qishloq aholisi 108,5 %ga o‘sgan. 1959-1970 yillarda respublika jami aholisi 145,3 %ga, shahar aholisi 158,4 % va qishloq aholisi 141,3 %ga o‘sgan, o‘rtacha bir yillik ko‘payish 3,45, 4,25 va 3,20 %ni tashkil etgan. Aynan shu yillar O‘zbekiston o‘zining tarixiy demografik rivojlanishining eng yuqori ko‘rsatkichlariga erishgan.

  62. Undan keyingi yillarda aholi sonining o‘sishi biroz susaygan, biroq shahar aholisining qishloq aholisiga nisbatan tezroq ko‘payish jarayoni saqlanib qolgan. Masalan, 1970-1979 yillarda shahar aholisi 146,9 %ga, qishloq aholisi 120,9 % va jami aholi soni 130,4 %ga ortgan. 1979-1989 yillar mobaynida shahar aholisi 126,7 va qishloq aholisi 130,1 %ga o‘sgan. Ko‘rinib turibdiki, bu davrdan respublika qishloq joylarining demografik rivojlanishi shahar va shaharchalarga qaraganda ustunroq bo‘lgan. Urbanizatsiya jarayonining bunday zaiflashuvi o‘tgan asrning 80-y.larining 2-yarmidan boshlangan, 1984 y.da shahar aholisining ulushi 42 %gacha ko‘tarilgan va shundan so‘ng u asta-sekin kamayib borgan.

  63. So‘nggi yillarda respublika umumiy aholisi ko‘payish sur‘atining pasayishi va qishloq aholisining shaharlik larga nisbatan tezroq o‘sish jarayoni kuzatilmoqda. Ayni paytda shahar aholisining ko‘payish sur‘ati eng past darajaga tushib qolgan (1,05 %). 2000-05 y.larda aholining o‘rtacha o‘sish sur‘ati 1,2 % ni tashkil etdi va o‘rtacha yillik mutlaq sonining o‘sishi 310,4 ming kishiga tushdi. Mazkur davrda qishloq aholisi 4,4 mln.ga, shahar aholisi 1 mln.ga ko‘paygan. Buning natijasida shahar aholisining salmog‘i 40,4 % dan 35,9 % ga tushib qoldi.

  64. Tug‘ilish va tabiiy ko‘payish koeffitsiyentlari bo‘yicha respublika viloyatlarining qishloq aholisini mutanosib ravishda 2 guruhga ajratish mumkin: birinchisiga tug‘ilish darajasi (20-22 %) va tabiiy ko‘payish darajasi (14-17 %) o‘rtacha bo‘lgan 8 ta viloyat (Buxoro, Andijon, Navoiy, namangan, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm, Toshkent) kiradi. Tug‘ilish (23-24 %) va tabiiy ko‘payish darajasi (1819 %) nisbatan yuqori bo‘lgan ikkinchi guruhga Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi kiradi. Shahar aholisi ichida o‘rtacha tug‘ilish darajasi (1620 %) 8 ta viloyatda kuzatil moqda. Namangan viloyatida shahar aholisining tug‘ilishi nisbatan yuqori (20,2 %). Shahar aholisi ichida tug‘ilish darajasi past bo‘lgan (16 %) 4 viloyat mavjud. Bular Buxoro, Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari.

  65. 1991 y.da O‘zbekistonda yangi iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi natijasida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi va bu o‘zgarishlar 1-navbatda uning demografik vaziyati ga o‘z ta‘sirini ko‘rsatdi. O‘zbekiston da tug‘ilish jarayonining nisbatan yuqoriligining asosiy sabablaridan biri oila qadriyatlari hamda nikohdan o‘tish jarayonining yuqoriligidir. Mas., 2005 y. har 1000 kishiga shaharlarda 7,0 nikoh to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, ajralish ko‘rsatkichi 0,6 ga teng bo‘ldi. 19912004 y.larda O‘zbekistonda har 1000 aholiga nisbatan tug‘ilgan bolalar soni 34,5 dan 22,3 gacha yoki 1,2 punktga qisqardi. 2005 y.da aholi 292,1 ming kishiga yoki 2004 y.dagiga nisbatan 1,1 % ga ko‘paydi.

  66. O‘zbekistonda tug‘ish yoshi koeffitsi yentlari ham qisqarmoqda. Tug‘ilgan bolalarning asosiy qismi nisbatan yosh ayollarga to‘g‘ri keladi. Bu holat so‘nggi yillarda yanada barqarorlashdi.

  67. Respublikada 1980-1995 y.larda o‘lim koeffitsiyenti 7,5 promilledan 6,4 promillegacha qisqardi. Bu jarayon, asosan, go‘daklar, bolalar va o‘rta yoshdagi kishilar o‘rtasida o‘lim darajasining kamayishi b-n bog‘liq. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishi 1-navbatda aholi o‘limining keskin kamayishiga olib keldi. Agar 18861920 y.larda O‘zbekistonda har 1000 kishi hisobiga o‘lganlar soni 4034 kishini tashkil etgan bo‘lsa, 1920 y. dan keyin bu ko‘rsatkich 56 barobarga kamaygan. Respublika shahar hududlari da aholi o‘limi qishloq joylarga nisbatan yuqoridir. Bunga sabab ekologik vaziyatdagi o‘zgarishlar, shahar turmush tarzidir. Sanoat rivojlangan Toshkent sh.da aholi o‘limi eng yuqori. O‘lganlar soni 2005 y.da 2004 y.ga nisbatan 6,6 % ga yoki 8,6 ming kishiga oshdi. Go‘daklar o‘limi koeffitsiyenti esa 2004 y.dagi 15,4 % dan 14,3 %ga kamaydi.

  68. Aholi migratsiyasi[править | править код]

  69. O‘zbekiston aholisi sonining o‘zgarishida migratsiyaning ahamiyati katta bo‘lgan. O‘zbekistonning Podsho Rossiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida bu yerga juda ko‘p oilalar ko‘chib kelgan. Ularga ko‘chib kelish va joylashishda keng imtiyozlar berildi, tabiiy-iqlim sharoitlari qulay bo‘lgan joylardan yer ajratildi.

  70. 19-a.ning so‘nggi 35 yili davomida O‘zbekistonga Rossiyadan jami 7075 ming yoki yiliga o‘rtacha 2 mingdan ortiq kishi ko‘chib kelgan. Ko‘chib kelganlarning aksariyati shaharlarda, jumladan Toshkentda joylashdi. 20-a. boshlarida ko‘chib keluvchilar salmog‘i yanada oshgan. Mirzacho‘lni o‘zlashtirish uchun, keyinroq t.y.lar qurilishi, sanoat korxonalarining barpo etilishi munosabati b-n Rossiyadan oilalarning ko‘chib kelishi natijasida migratsiya oqimi kuchli bo‘lgan. Ayniqsa, Toshkent zilzilasi (1966) dan so‘ng tashqi migratsiya yanada kuchaygan, poytaxt aholisi tez ko‘paygan.

  71. Mamlakatda yirik sanoat markazla ri bo‘lgan Chirchiq, Olmaliq, Angren, Navoiy, Zarafshon, Ohangaron, Farg‘ona, Bekobod sh.lari aholisi ko‘p jihatdan bu yerga ko‘chib kelganlar asosida o‘sib bordi.

  72. Umuman olganda, tashqi migratsiya ning O‘zbekiston aholisi sonining o‘sishidagi hissasi turli yillarda turlicha bo‘lgan. Mas., 18951900 y.larda migratsiya qoldig‘i jami aholi ko‘payishining 1012 %ni tashkil etgan. Mazkur omilning roli 20-a.ning boshlarida ham sezilarli bo‘lgan: o‘rtacha bir yilda ko‘paygan har 10 kishidan bittasi tashqi migratsiya hisobiga to‘g‘ri kelgan.

  73. 1917-24 va 2-jahon urushi yillarida migratsiya qoldig‘i respublika uchun manfiy natijaga ega bo‘lgan. Qolgan yillarda, ayniqsa, urushdan keyingi 5 yillikda chetdan ko‘chib kelganlar soni ketganlarga qaraganda ancha ko‘p bo‘lgan. Aynan shu yillarda tashqi migratsiya O‘zbekiston aholisi sonining o‘rtacha yillik ko‘payishining taxminan 1/3 qismini tashkil etgan. 195074 y.larda respublikalararo migratsiya qoldig‘i O‘zbekistonda 832,5 ming kishiga teng bo‘ldi.

Tashqi migratsiyaning manfiylashuv alomatlari 20-a.ning 80-y.larida yuzaga keldi. 1989 y. respublikaga 83,9 ming kishi ko‘chib kelgan bo‘lsa, 167,3 ming kishi ko‘chib ketdi. Migratsiyaning manfiy qoldig‘i 83,4 ming kishini tashkil
Download 29.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling