O'zbekiston va yunesko munosabatlari reja


Download 39.58 Kb.
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi39.58 Kb.
#1384775
  1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbekiston va yunesko munosabatlari


O'zbekiston va yunesko munosabatlari

REJA:



  1. YUNESKOning asosiy maqsadi

  2. O'zbekiston va YUNESKO o'rtasidagi amaliy muloqot

  3. YUNESKO butunjahon merosi obektlari ro‘yxati

  4. Yunesko Ishlari Bo‘Yicha O‘Zbekiston Respublikasi Milliy Komissiyasi Faoliyatini Takomillashtirish To‘G‘Risida



YUNESKOga 191 mamlakat (2006), shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi a'zodir. Mazkur tashkilot tomonidan tuzilgan Jahon merosi ro'yxatiga er yuzidagi 830 ta tabiiy va madaniy ob'ektlar kiritilgan
BMTning Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti – YUNESKO Ikkinchi jahon urushidan so'ng, 1945 yil 16 noyabrda tuzilgan bo'lib, 1946 yil 4 noyabr` kuni YUNESKOning Nizomi kuchga kirgan. Xuddi shu sana butun dunyoda YUNESKO tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi.
YUNESKOning asosiy maqsadi – ta'lim, fan, madaniyat, kommunikatsiyalar, turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish orqali tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga ko'maklashishdir. Mazkur xalqaro tashkilot yalpi savodsizlikka qarshi kurashish, maorif tizimini rivojlantirish, milliy madaniyatlarni o'rganish, atrof-muhit va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish kabi keng qamrovli masalalarni hal etishda ham katta hissa qo'shib kelmoqda.
YUNESKOga 191 mamlakat (2006), shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi a'zodir. Mazkur tashkilot tomonidan tuzilgan Jahon merosi ro'yxatiga er yuzidagi 830 ta tabiiy va madaniy ob'ektlar kiritilgan (2006).
YUNESKO doirasida O'zbekistonda ko'plab ishlar amalga oshirilgan. Xususan, Abu Rayhon Beruniy (1973), Abu Ali ibn Sino (1980) tavalludining 1000 yillik, Mirzo Ulug'bek (1994) tavalludining 600 yillik, Amir Temur (1996) tavalludining 660 yillik tantanalari keng nishonlangan. Xiva (1997), Buxoro (1997), Termiz (2002) shaharlarining 2500 yilligi, SHahrisabzning 2700 yilligi (2002) munosabati bilan maxsus dasturlar doirasida yirik tadbirlar uyushtirilgan. Imom Buxoriy, Ahmad Farg'oniy, Burxoniddin Marg'inoniy, Imom Motrudiy, Imom Termiziy, Bahovuddin Naqshband kabi qator siymolarning yirik tavallud sanalari O'zbekistonda YUNESKO shafeligida keng nishonlangan.
Keyingi davrda O'zbekiston va YUNESKO o'rtasidagi amaliy muloqot izchil rivojlanib, sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanmoqda. Bugungi kunda YUNESKO tomonidan O'zbekiston uchun birinchi marta qabul qilingan Mamlakat dasturi doirasida ustuvor yo'nalishlar bo'yicha qo'shma chora-tadbirlar samarali amalga oshirilmoqda.
Jahonning ilg'or tajribasini chuqur o'rganish va jalb etish maqsadida yurtimizda YUNESKO kafedralari tarmog'i kengaymoqda. O'zbekistonning etakchi oliy ta'lim muassasalarida "Dunyo dinlarini qiyoslama tadqiq etish", "Suv diplomatiyasi, suv resurslarini boshqarish va atrof-muhit muhofazasi", "Madaniyat turizmi" kabi kafedralar ochilgan.
Xalqimizning noyob madaniy-tarixiy merosini asrash sohasida hamkorlikni yanada faollashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. YUNESKO ko'magida mamlakatimizda "SHarq taronalari", baxshichilik san'ati, hunarmandchilik festivallari, “Maqom san'ati” anjumani kabi qator yirik xalqaro tadbirlar tashkil etilmoqda.
Qo'shimcha ma'lumot uchun: YUNESKOning Parij shahridagi Bosh qarorgohi 1958 yil 3 noyabrda ochilgan. Ushbu bino Parij shahridagi Sena daryosining so'l qirg'og'ida joylashgan. Lotincha “Y” belgisiga o'xshash bino loyihasi Xalqaro me'morlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, unda AQSHdan Marsel` Breyer, Italiyadan P`er Luidji Nervi va Frantsiyadan Bernar Zerfyus kabi arxitektorlar ishtirok etishgan. Bino arxitekturasi ham o'ziga xos bo'lib, u 72 ta beton ustun ustiga o'rnatilgan. Uchta korpusdan tashkil topgan binoning 1068 ta derazasi barcha xonalariga etarli miqdorda yorug'lik tushishini ta'minlaydi.
Odri Azule – 2017 yil 15 noyabrdan buyon YUNESKOning Bosh direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda.
U 1972 yil 4 avgustda Parijda tug'ilgan. 2000 yilda Frantsiya administratsiyasi milliy maktabini tamomlagan. SHundan so'ng Il`-de-Frans mintaqasi Hisob palatasida ishlagan. 2014 yilda Frantsiyaning sobiq Prezidenti Fransua Ollandning maslahatchisi, 2016-2017 yillarda Frantsiya Madaniyat va kommunikatsiya vaziri sifatida faoliyat yuritgan.
BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida 2022-yil 20-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha tashkiloti (YUNESKO) Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muloqot chog’ida O'zbekiston va YUNESKO o'rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari batafsil muhokama qilindi.
Rejalashtirilgan tadbirlar jadvali va ularning tashkiliy jihatlari bo'yicha fikr almashildi.
Odri Azule YUNESKO O'zbekistondagi islohotlar va o’zgarishlar siyosatini qo'llab-quvvatlashi hamda respublikaning xalqaro tashabbuslarni amalga oshirishda har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirdi. U O'zbekiston tomonini YUNESKOning nufuzli va nufuzli boshqaruv organlaridan biri bo'lgan Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo'yicha hukumatlararo qo'mitaga a’zo bo’lgani bilan tabrikladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2021-yili Jahon madaniy meros masalalari bo‘yicha Xalqaro maslahat qo‘mitasinining tashkil etilgani muhim ahamiyatga ega bo’lgani qayd etildi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi masalalari muhokama qilindi. Tashkilotning 2021-yili O'zbekiston tomoni tashabbusi bilan qabul qilingan YUNESKOning "Xiva jarayoni: Markaziy Osiyo mintaqasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish" rezolyutsiyasini ilgari surish doirasida faol ishlashga tayyorligi bildirildi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazida “O‘zbekiston va YuNESKO: Madaniy aloqalarning shakllanish tarixi va rivojlanish istiqbollari” nomli ilmiy to‘plam nashrdan chiqdi.
BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan tashkiloti YuNESKO dunyoda tinchlikni o‘rnatish, qashshoqlikni yo‘q qilish, barqaror rivojlanishni ta’minlash, ta’lim orqali madaniyatlararo muloqot tuzish, fan sohalarini rivojlantirish, xalqaro madaniy va ma’lumot almashinuviga yordamlashish kabi sohalarda faoliyat yuritadi.
Bu yil mamlakatimiz xalqaro maydonda yuksak obro‘ va nufuzga ega bo‘lgan mazkur tashkilotga a’zo bo‘lganiga 29 yil to‘ladi. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston bilan YuNESKO o‘rtasidagi aloqalar, ayniqsa, madaniyat sohasida jadal rivojlandi. Xususan, yurtimizning boy madaniy merosini asrab-avaylashda ushbu tashkilot bilan yaqin hamkorlik o‘rnatilgan.
YuNESKO ko‘magida mamlakatimizda “Sharq taronalari”, baxshichilik san’ati, hunarmandchilik festivallari, Maqom san’ati anjumani kabi qator yirik xalqaro tadbirlar tashkil etilayotganligi ham munosabatlarni yanada rivojlantirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur ilmiy maqolalar to‘plami Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi “Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy tadqiqot markazi” tomonidan ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari asosida tuzilgan. To‘plam O‘zbekiston va YuNESKO munosabatlari va madaniy diplomatiyasi, tashkiliy-huquqiy jihatlari haqidagi, shuningdek, madaniy meros obьektlarini YuNESKO ro‘yxatiga kiritish, saqlash, ularni olib chiqib ketilishi va olib kirilishi masalalari, xalqaro hamjamiyat va keyingi avlodga yetkazish, gender tengligini ta’minlashda YuNESKOning roli kabi ilmiy maqolalardan tashkil topgan.
Bu tashkilotning qurilishiga, 1945-yil Noyabr oyida Londonda 44 davlatning vakillari qatnashgan holda qaror qilingan. Tashkilotning markazi Parijda. Uch organdan — Umumiy yigʻilish, Boshqaruv, Kotiblikdan iborat boʻlgan UNESCO tashkilotining asl maqsadi, taʼlim, bilim va madaniyatni, unga aʼzo boʻlgan har bir davlatdagi Milliy komissiyalar orqali amalga oshirish.
UNESCO — Birlashgan Millatlar tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti — xalqaro hukumatlararo tashkilot; BMTning ixtisoslashgan muassasasi. Davlatlar oʻrtasida maorif, fan, madaniyat va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish yoʻli bilan tinchlikka va xalqaro xavfsizlikka koʻmaklashish maqsadida 1946-yil tuzilgan. 188 mamlakat (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi 1993-yil 26-oktyabrdan) aʼzo (2004). UNESCO nizomiga koʻra, "... irqi, jinsi tili va dinidan qatʼi nazar, barcha xalqlar uchun adolatga, qonuniylikka, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni taʼminlash maqsadida taʼlim, fan va madaniyatni rivojlantirish orqali xalqlar hamkorligiga" koʻmaklashish tashkilotning ustuvor vazifasidir. 400 ga yaqin xalqaro nohukumat tashkilotlar va jamgʻarmalar, xalqaro va hududiy birlashmalar UNESCO bilan hamkorlik qiladi. UNESCO byudjeti aʼzomamlakatlar badallaridan tashkil topadi.
Tashkilot faoliyatining asosiy yoʻnalishlari yalpi savodsizlikka qarshi kurash, maorif tizimi va kadrlar tayyorlashni rivojlantirish, milliy madaniyatlarni oʻrganish va tarqatish, atrof muhitni va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, okeanografiya, geol., gidrologiya, sotsiologiya, kommunikatsiya va boshqalar sohalarda global ilmiy muammolarni hal etishda hamkorlik qilishdan iborat. Axborot va informatika — kommunikatsiya masalalari uning faoliyatida katta oʻrin egallaydi. Tashkilotga aʼzo mamlakatlarda UNESCO ishlari boʻyicha Milliy komissiyalar tuzilgan. UNESCO ana shu komissiyalarga tayanib ish olib boradi. Oʻzbekiston Respublikasining UNESCO ishlari boʻyicha Milliy komissiyasi 1994-yil 29-dekabrda tashkil etilgan boʻlib, uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan. Bosh konferensiya UNESCOning oliy organi hisoblanadi. 2-yilda 1 marta uning sessiyalari oʻtkaziladi. Sessiyalar oraligʻida Ijroiya kengashi (unga 58 davlat, jumladan, Oʻzbekiston 1997-yil oktyabr da aʼzo etib saylangan) ish olib boradi. Ijroiya kengashi har-yili 2 marta yigʻiladi. Uning 155-sessiyasining yakuniy yigʻilishi Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan (1998-yil 6-noyabr). Tashkilot qarorgohi Parijda, Bosh direktor (Konchiro, Matssura, 1999-yildan) boshchilik qiluvchi Kotibiyat ham shu yerda joylashgan. Tashkilot 50 dan ortiq axborotnoma va 20 dan ortiq davriy nashrlar chiqaradi. Ulardan eng keng tarqalgani "UNESCO kuryeri" jur. (30 tilda nashr qilinadi), "Kelajak" (taʼlim sohasidagi haftalik), "Muzey", "Ijtimoiy fanlar xalqaro oynomasi", "Tabiat va resurslar", "Mualliflik huquqi boʻyicha axborotnoma", "Taʼlim byurosi xalqaro axborotnomasi", "Impakt: fan va jamiyat" kabilardir. UNESCO har 2-yilda bir marta jahonda taʼlim, fan, madaniyat va kommunikatsiya holati haqida maʼruzalar chop etadi. UNESCO "Insoniyatning ilmiy va madaniy rivojlanishi tarixi" (6 jild), "Islom madaniyatining turli jihatlari" (6 jild), "Lotin Amerikasi davlatlari tarixi" (7 jild), "Karib havzasi davlatlari tarixi" (6 jild), "Afrika umumiy tarixi" (8 jild) kabi fundamental kitoblarni chop etmoqda. Shuningdek, 6 jildli "Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tarixi" xalqaro hamkorlik doirasida yaratilmoqda, unda 1navbatda mazkur mintaqa davlatlari, jumladan, Oʻzbekiston olimlari ishtirok etmoqda. Kitobning dastlabki 4 jildi 1992, 1994, 1996 va 1998-yillarda bosilib chiqdi. "Ipak yoʻli — muloqot yoʻli" jahon dasturi UNESCOning Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, u BMTning madaniy taraqqiyot boʻyicha butun dunyo oʻn-yilligi (1989—99-yillar) tadbiri doirasida oʻtkazildi. UNESCOning saʼyharakati bilan butun insoniyat mulkini tashkil etuvchi buyuk madaniy va tabiiy yodgorliklar Jahon merosi roʻyxatiga olindi
UNESCO Oʻzbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishiga bevosita yordam koʻrsatish maqsadida bir qator oliy oʻquv yurtlarida UNESCO kafedralari, shuningdek, UNESCO maktablari tashkil etgan. UNESCO doirasida Abu Rayhon Beruniy (1973), Abu Ali ibn Sino (1980) tavalludining ming yillik, Mirzo Ulugʻbekning 600 yillik (1994), Amir Temurning 660 yillik (1996) tantanalari nishonlandi. UNESCOning Parijdagi bosh qarorgohida Amir Temur haftaligi oʻtkazilib, "Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullabyashnashi" mavzuida ilmiy konferensiya va koʻrgazma tashkil etildi. Bu tadbirda Oʻzbekiston Prezidenti I.Karimov, Fransiya Prezidenti J.Shirak ishtirok etdi (1996-yil 20—26-aprel). Toshkent shahrining 2000-yilligi (1980), Xiva (1997), Buxoro (1997), Termiz (2002) shahrilarining 2500-yilligi, Shahrisabz shahrining 2700-yilligi (2002), Ahmad alFargʻoniyning 1200-yilligi, Imom Buxoriynning 1225-yilligi (1998), "Alpomish" xalq dostoni yaratilganligining 1000-yilligi (1999), Avesto kitobi yaratilganligining 2700-yilligi (2001) nishonlandi. UNESCO rahnamoligida Samarqand shahrida "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali, Boysun tumanida folklor festivali oʻtkazib kelinmoqda.
Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov insoniy ideallarni eʼzozlagani, madaniy qadriyatlarni tiklash va saqlashdagi, ilmiy merosni oʻrganishdagi xizmatlari uchun UNESCOning Abu Ali ibn Sino nomidagi oltin medali bilan mukofotlangan (1998).
O‘zbekiston BMT qoshidagi ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotga (YuNeSKO) 1993 yili qo‘shildi. Ayni paytda YuNeSKO ro‘yxatiga O‘zbekistondan 4 me'moriy majmua va nomoddiy madaniy merosning 5 obekti kiritilgan. Me'moriy majmualar Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahrisabzning tarixiy markazlaridan iborat. 5ta nomoddiy madaniyat obekti esa Navro‘z, katta ashula, askiya va hokazolardan iborat.
Shuningdek, yana 30 obekt ushbu ro‘yxatga kiritilish bosqichida turibdi.
Ta'kidlanishicha, ro‘yxatga kirish uchun asosiy da'vogarlar dorbozlik va iqat tikish metodikasidir.
Xarita: O‘zbekistonning madaniy merosi; O‘zbekiston Respublikasi YuNeSKOga 1993 yilning 26 oktabrida qo‘shildi; BMT qoshidagi ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilot; chapdan o‘ngga: Shayx Muxtor Vali maqbarasi; Xiva (Ichanqal'a); Qadimgi Xorazmning cho‘l qasrlari; Hazorasp shahri; Vobkent minorasi; Chorbakr qabri; Varaxsha shahri; Bahovuddin majmuasi; Buxoro; Raboti Malik karvonsaroyi; Chashmai Ayub maqbarasi; Mirsaid Bahrom maqbarasi; Siypantosh petrogliflari; Xonbandi to‘g‘oni; Sarmishsoy darasi; Abdullaxon bandi; Samarqand; Shahrisabz; Zarautsoy petrogliflari; Hisor tog‘lari; Boysun shahri; Oq Ostona bobo maqbarasi; Termiz shahri; Zomin tog‘lari; Shohruhiya shahri; Qanqatepa; Poykent; Qadimgi Pop shahri; Axsikent shahri; Qo‘qon shahrining tarixiy markazi; Farg‘ona; Shohimardon; Andijon; YuNeSKO butunjahon merosi obektlari; YuNeSKO butunjahon merosining nomzod- obektlari; Ichanqal'a – ichki qal'a; Farg‘ona – Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan shahar.

Download 39.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling