O'zbekiston va yunesko munosabatlari reja
Askiya – xalq qiziqchilik san'ati – 2014. Nomoddiy madaniy meros (ko‘rib chiqilayotgani)
Download 39.58 Kb.
|
O\'zbekiston va yunesko munosabatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasida 18 dekabr kuni mamlakatimizning YUNESKOga a`zo bo`lganiga 25 yil to`lishi munosabati bilan matbuot anjumani tashkil etildi
Askiya – xalq qiziqchilik san'ati – 2014.
Nomoddiy madaniy meros (ko‘rib chiqilayotgani): Dorbozlik – dorda yurish san'ati (30dan ortiq uslub va unsurlar, ular orasida langar yordamida balandlikda sakrash va arqon ustida yugurish bor) – 2014; Iqat – qo‘lda bajariladigan murakkab tikish texnikasi – 2015. O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasida 18 dekabr kuni mamlakatimizning YUNESKOga a`zo bo`lganiga 25 yil to`lishi munosabati bilan matbuot anjumanitashkil etildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha tashkiloti – YUNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamda YUNESKO ishlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi. Tadbirda mamlakatimizning YUNESKO bilan samarali hamkorligi, erishilgan yutuqlar, istiqbolli loyihalar haqida so`z yuritildi. YUNESKO o`z faoliyati orqali xalqlar o`rtasida fan, ta`lim, madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish va shu asosda dunyoda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga hissa qo`shish, tili, dini, irqi va kelib chiqishidan qat`i nazar, jamiyatda umuminsoniy tamoyillarni mustahkamlashga alohida e`tibor qaratib keladi. Jahonning 190 dan ortiq davlatini ana shunday ezgu maqsadlar yo`lida birlashtirgan tashkilotga bu yil 73 yil to`ldi. O`zbekiston 1993 yilda uning teng huquqli a`zosiga aylangan. O`zbekiston – YUNESKO munosabatlari bog`langaniga chorak asr bo`ldi. Tashkilot bilan hamkorlik xalqimizning boy madaniy-ma`naviy qadriyatlarini saqlash va targ`ib qilishga qaratilgan ko`plab loyiha va dasturlarni amalga oshirish imkonini berdi. O`tgan yillarda Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabzdagi tarixiy-me`moriy obidalar, Chotqol biosferasi, Boysun madaniy merosi, Navro`z bayrami, Shashmaqom, Katta ashula, atlas va adras ishlab chiqarish texnologiyalari, askiya san`ati, osh tayyorlash an`anasi Insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro`yxatidan joy olganini alohida qayd etish joiz. Buni YUNESKOning xalqimiz milliy merosini kelgusi avlodga etkazish borasidagi amaliy sa`y-harakatlari sifatida baholash mumkin. Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan mamlakatimiz tashqi siyosatida xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar, xususan, YUNESKO bilan hamkorlik ko`lami kengaymoqda. Davlatimiz rahbarining Fransiyaga rasmiy tashrifi chog`ida YuNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashgani buning yaqqol tasdig`idir. Muloqot samarasi o`laroq, O`zbekiston bilan YUNESKO o`rtasidagi 2018-2021 yillarga mo`ljallangan qo`shma Harakatlar rejasi qabul qilindi. – Xalqingizning boy merosini asrash, uni asl holicha kelgusi avlodlarga etkazish YUNESKOning mamlakatingizdagi faoliyatining asosiy yo`nalishidir, – dedi tashkilotning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Mariya del Pilar Alvarez Laso. – Tashkilotimiz yurtingizda bu borada amalga oshirilayotgan barcha intilishlarni qo`llab-quvvatlaydi. Download 39.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling