O'zbekiston va yunesko munosabatlari reja


YUNESKO ISHLARI BO‘YICHA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY KOMISSIYASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA


Download 0.64 Mb.
bet4/8
Sana01.11.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1738796
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'zbekiston va yunesko munosabatlari reja

YUNESKO ISHLARI BO‘YICHA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY KOMISSIYASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Ta’lim, fan, madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni jadal rivojlantirish, O‘zbekistonning madaniy, ma’naviy va tarixiy merosini keng xalqaro jamoatchilik orasida faol targ‘ib qilish, YUNESKO bilan har tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va uni samarali amalga oshirish, shuningdek, YUNESKO Ustaviga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya raisiga, zaruratga ko‘ra, kotibiyat tuzilmasiga boshkaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga hak to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquki berilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 92-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 09/20/92/0182-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2 va 3-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 92-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 09/20/92/0182-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Huqumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, tarkibini va ishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, YUNESKO va Ta’lim, ilm-fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkilotining (AYSESKO) hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-fevraldagi 90-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/90/0166-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-fevraldagi 90-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/90/0166-son)
4. Komissiya tuzilmasida uning ishchi organi hisoblangan kotibiyat faoliyat yuritadi.
5. Quyidagilar Komissiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
ta’lim;
ilm-fan;
madaniyat;
ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalar.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling