O'zbekiston va yunesko munosabatlari reja
-bob. Komissiyaning huquqlari
Download 0.64 Mb.
|
O\'zbekiston va yunesko munosabatlari reja
3-bob. Komissiyaning huquqlari
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-fevraldagi 90-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/90/0166-son) 8. Komissiya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: YUNESKO va AYSESKO masalalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan YUNESKO va AYSESKO masalalariga oid zarur materiallar va ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rab olish; Oldingi tahrirga qarang. davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan chiqarilgan YUNESKO va AYSESKO masalalariga oid normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga, YUNESKO va AYSESKO qoidalariga zid kelgan hollarda aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish; (8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonliqarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Komissiya o‘zining majlislarida vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini eshitish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan YUNESKO va AYSESKO masalalari bo‘yicha muammo va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish; YUNESKO va AYSESKO dasturlarini va boshqa hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar vakillarini, shuningdek, boshqa mutaxassislarni jalb qilish. 9. Komissiya o‘z vakolatlari doirasida faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert kengashlari va ishchi guruhlarni tuzishi mumkin. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling