O'zbekiston va yunesko munosabatlari reja


YuNeSKO butunjahon merosi obektlari ro‘yxati


Download 0.64 Mb.
bet2/8
Sana26.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1298016
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'zbekiston va yunesko munosabatlari

YuNeSKO butunjahon merosi obektlari ro‘yxati:
Ichanqal'a, Xiva, 1990 yil.
Ichanqal'a Xivaning tarixiy ichki shahri bo‘lib, XIV-XIX asrlarda qurilgan. Qasr, saroylar, masjid va madrasalar, maqbara va minoralar, qarvonsaroylar va hammomlar Ichanqal'ani noyob yodgorlik shaharga aylantirdi. Eski Xiva rasman 1968 yili qo‘riqxona-shahar maqomini oldi.
Buxoroning tarixiy markazi, Buxoro, 1993 yil.
Buxoro O‘rta Osiyodagi eng boy tarixga ega shaharlardan biridir. IX-XIX asrlarda qurilgan tarixiy markaz o‘z ichiga Poyikalon majmuasini, Arkni, Somoniylar maqbarasi va boshqa obektlarni oladi.
Shahrisabzning tarixiy markazi, Shahrisabz, 2000 yil.
Shahrisabz Amir Temurning ona shahridir. Shahar markazida Oqsaroy xarobalari, Dorut-tilovat yodgorlik majmui, Ko‘kgumbaz masjidi va XIV-XVI asrlarga oid boshqa yodgorliklar joylashgan.
Samarqand, 1993 yil.
Samarqand hududida ilk yaholijoy m.av. VIII-VII asrlarda vujudga kelgan. Qadimda va ilk o‘rta asrlarda So‘g‘d tarixiy viloyatining markazi bo‘lgan. M.av. 329 yilda Aleksandr Makedonskiy tomonidan zabt etilgan. XI asrda G‘arbiy Qoraxoniylar, XIV asrda Temuriylar, XVI asr birinchi yarmida Shayboniylar poytaxti bo‘lgan. Shuningdek, XX asr boshida qisqa muddat O‘zbekiston SSR poytaxti bo‘lgan. Samarqandning asosiy tarixiy yodgorliklarini Mirzo Ulug‘bek va Yalangto‘shbiy Bahodir qurdirgan masjidlardan iborat Registon maydoni, Shohi Zinda, Bibixonim majmualari, Go‘ri Amir maqbarasi tashkil qiladi.

Nomoddiy madaniy meros (kiritilgani):
Nomi – tavsifi – ro‘yxatga qo‘shilgan sanasi
Shashmaqom – vokal-cholg‘u musiqasining bir turi (Tojikiston bilan birga) – 2008;
Boysun tumani madaniy muhiti – Surxondaryo viloyatidagi Boysun noyob etnografik tumani – 2008;
Katta ashula – Farg‘ona viloyatidagi an'anaviy qo‘shiqchilik – 2009;
Navro‘z – sharqona taqvim bo‘yicha yangi yil (Ozarbayjon, Hindiston, Eron, Qirg‘iziston, Pokiston, Turkiya bilan birga) – 2009;

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling