O‘zbekiston Xalq demokratik
partiyasi XIII qurultoyining
2023 yil 29 maydagi qaroriga
ilova
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod
Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovichning
DASTURI
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentligiga nomzod dasturining asosiy maqsadi – mamlakatimizda ijtimoiy
adolat, ijtimoiy tenglik va xalq hokimiyatchiligi mezonlariga mos keladigan
demokratik ijtimoiy davlatni barpo etishdir.
Ijtimoiy adolat
–
bu har bir shaxsning uy-joy, kommunal xizmatlar,
zamonaviy ta’lim va malakali tibbiy yordam, madaniyat va sport, munosib ish haqi
olishga bo‘lgan huquqlarini adolatli va teng ta’minlash, nogironligi bo‘lgan
shaxslar, ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan
bolalarni ijtimoiy himoya
qilish.
Ijtimoiy tenglik
–
bu huquqlarning tengligi, ushbu huquqlardan
foydalanishda hamma uchun teng imkoniyatlar hamda ijtimoiy, mulkiy holati va
daromad darajasidan qat’i nazar, qonun oldida barchaning tengligi.
Xalq hokimiyatchiligi
– bu barcha fuqarolarning, shu jumladan aholining
ehtiyojmand qatlamlarining vakillik demokratiyasi
institutlari orqali ham,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlari orqali ham jamiyat va davlat hayotida ishtirok etishlarini ta’minlash.
2023 yil 30 aprelda qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada
O‘zbekiston
“ijtimoiy davlat”
degan konstitutsiyaviy
tamoyil muhrlandi va
shunga muvofiq, davlatning
ijtimoiy sohadagi majburiyatlari
uch baravarga
oshdi.
Ilk bor davlat zimmasiga
aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand