O`zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludinining 69 yilligiga bag`ishlab umumta’lim maktablarida o`tkaziladigan tadbir ssenariysi


Download 28.48 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi28.48 Kb.
#1517153
Bog'liq
Ssenariy Muhammad Yusuf


Qalblarda qo`shiq bo`lib yashagan shoir
O`zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludinining 69 yilligiga bag`ishlab umumta’lim maktablarida o`tkaziladigan tadbir ssenariysi
( Sahna lolaqizg`aldoqlar bilan bezatilgan. Sahna to`riga Muhammad Yusufning portreti, devoriy gazetalar, shoir qalamiga mansub she’riy misralar, shiorlar osilgan. Shoir hayoti va faoliyatiga doir turli fotosuratlar, she’riy to`plamlari, she’rlari chop etilgan gazeta va jurnallar qo`yilgan. Tadbirga mehmonlar, o`qituvchilar, talabalar va o`quvchilar taklif qilingan.
Zal uzra mahzun kuy . ,,Unutmoq osonmas bizlarni’’ qo`shig`i yangrab turibdi. Tadbirni ikki nafar boshlovchi olib boradi.
1-Boshlovchi: - Assalom-u alaykum, hurmatli mehmonlar!
2-Boshlovchi: - Assalom-u alaykum, aziz ustozlar, qadrdon oʻquvchilar!
1-Boshlovchi:- Xalqimizning suyukli farzandi , O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludinining 69 yilligi munosabati bilan shoir nomini yod, ruhini shod etish maqsadida o`tkazilayotgan "Qalblarda qoʻshiq boʻlib yashagan shoir" deb nomlangan maʼnaviy -marifiy kechamizga xush kelibsiz!
2-boshlovchi:_Ushbu_tadbir_8-_va_9-_sinflar_oʻquvchilaridan_tuzilgan_jamoalar_oʻrtasida_bellashuv_tarzida_oʻtkaziladi._Sizlarni_jamoalar_bilan_tanishtiramiz'>2-boshlovchi: Ushbu tadbir 8- va 9- sinflar oʻquvchilaridan tuzilgan jamoalar oʻrtasida bellashuv tarzida oʻtkaziladi. Sizlarni jamoalar bilan tanishtiramiz:

Tadbirimizni ochib berish uchun soʻz navbatini.....

1-boshlovchi
Jamoalar quyidagi 5ta shart asosida bellashishadi:
1) Muhammad Yusuf hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob
2) Ifodali sheʼr aytish
3) Musiqiy shart
4) Mushoira
5-shart esa Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga jamoalarning ijodiy yondashuvi asosida devoriy gazetalar chizish.
2-boshlovchi
Endi esa musobaqamizni baholab boruvchi hakamlar hayʼati aʼzolari bilan tanishtirib oʻtamiz:

1-Boshlovchi:- Jonajon Vatanini dildan suygan, o`tli misralari bilan muxlislarini poklikka, ezgulikka chorlagan,o`zbek adabiyotining bulbulzabon shoirlaridan biri Muhammad Yusuf edi. Agar shoir hayot bo`lganida bu yil 69 yoshda boʻlar edi.

( Monitorda Muhammad Yusufning hayoti va faoliyatiga doir ma’lumotlar , fotosuratlar slayt orqali namoyish qilinadi.)

2--b
Musobaqamizning dastlabki sharti savol-javob shartini boshlaymiz. Oʻquvchilarga vazifa qilib Muhammad Yusuf hayoti va ijodini oʻrganish berilgan. Va shu asosida savollar tuzib kelganmiz. Barcha jamoalarga 1 xil savol oʻqiladi, jamoalar javoblarni yozma holda 20 soniya ichida topshirishlari soʻraladi. Har bir toʻgʻri javob uchun 1 balldan beriladi.
1- Boshlovchi:--- Muhammad Yusuf qisqa umr ko`rgan bo`lsa-da ,undan ulkan ijodiy meros qoldi .Shoirning o`nga yaqin she’riy to`plamlariga jamlangan she’rlari bugun keng kitobxonlar qalbida ,,navo’’ bo`lib yangramoqda. Shoir she’rlari qaysi mavzuda yozilmasin , kishi hayotiga insoniy mazmun baxsh etadigan inja tuyg`ular , avvalo, mehr va muhabbatni tarannum etadi . Ayniqsa, ona yurtdan tuygan mehri xuddi singilning , onaning mehridek iliq , u bir aka bo`lib ,bir o`g`il bo`lib bu mehrga javob berdi.
2-b
2-shartimiz Muhammad Yusuf sheʼrlarini ifodali aytish sharti. Jamoalardan bittadan oʻquvchi sheʼrni ifodali aytib berishadi. Ushbu shartda maksimal 5 ball qoʻyiladi.
Raqs
1- Boshlovchi: - Muhammad Yusuf . Shunday go`zal insoniy fazilatlari bilan zamondoshlari , ustozlari , do`stlari , yaqinlari , farzandlari xotirasida gavdalanadi , millionlab muxlislarining qalbida esa she’riy misralari qo`shiq bo`lib yangrayveradi .
2-boshlovchi
3-shartimiz musiqiy shart. Ushbu shartda shoirning qoʻshiq boʻlib yangaragan sheʼrlari bilan tanishish soʻraladi. Shartda oʻquvchilar taqdim etilgan musiqa orqali sheʼr nomi va qoʻshiq muallifini topishlari kerak. 30 soniya vaqt oraligida hakamlar hayʼatiga yozma ravishda taqdim etadilar. Har bir toʻgʻri javob uchun 1ball beriladi.

2-Boshlovchi:-
Ol , deya bir kun Egam , osmonga uchsa ruhlarim ,
Bir ajib moviy diyor bo`ynini quchsa ruhlarim ,
Ko`k mening ko`ksim bo`lur, yulduzlari anduhlarim ,
Gul o`pib , gul yopinib har dilda mozorim qolur ,
Men ketarman bir kuni, navolarim, zorim qolur…
M.Yusuf
1-boshlovchi
4-shartimiz mushoira sharti. Ushbu shartda oʻquvchilar shoir ijodidan namunalar aytishadi. Aytilgan sheʼr qayta aytilmasligi shart.
2-boshlovchi
5-shartda Muhammad Yusuf hayoti va ijodi asosida chizilgan devoriy suratlar hakamlar hayʼatiga taqdim etiladi. Maksimal 10 ball qoʻyiladi. Ushbu shartni hakamlar hayʼati baholagunga qadar oʻquvchilar ijrosidagi raqsga navbatni beramiz.
1-b
Jamoalarning umumiy ballarini eʼlon qilishdan oldin soʻz navbatini
ChDPU Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi
2-Boshlovchi : - Muhammad Yusufning o`zi bugun oramizda yo`q , ammo O`zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad aytganidek, Muhammad Yusuf deb atalmish SHE’RIYAT bor . Shoir muxlislari qalbida qo`shiq bo`lib yashaydi .
O`zi o`lsa o`lar,
So`zi o`lmaydi,
Hamisha barhayot nasl-shoirlar.
Haqiqiy shoirning qabri bo`lmaydi-
Yurakka ko`milar asl shoirlar...
Download 28.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling