O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini
Download 123.62 Kb.
|
Habibulla Suyunov
2.2. Qur’on va Qurʼonning tuzilishi
Qurʼon (arabcha: القرآن oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad Mustafo Sallollohu alayhi vasallamga 610—632 yillar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Qurʼon „Kitob“ (yozuv), „Furqon“ (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), „Zikr“ (eslatma), „Tanzil“ (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, „Nur“ (yorugʻlik), „Hudo“ (hidoyat), „Muborak“ (barakotli), „Mubin“ (ochiq-ravshan), „Bushro“ (xushxabar), „Aziz“ (eʼzozlanuvchi), „Majid“ (ulugʻ), „Bashir“ (bashorat beruvchi), „Nazir“ (ogohlantiruvchi) kabi soʻzlar bilan sifatlangan. Islom olamida Qurʼon musʼhaf nomi bilan ham mashhur. Islom ulamolari Qurʼonning 30 xil nom va sifatlarini sanab oʻtganlar. Arab tilida Muhammad alayhisalomga va butun insoniyatga tushirilgan. Islom tarixiga oid manbalarda keltirilishicha, Qurʼon nozil boʻlishi milodiy 610-yil boshlangan. Muhammad paygʻambar 40 yoshda Makka shahri yaqinidagi Hiro gʻorida chuqur tafakkurga berilib oʻtirgan bir paytda Jabroil farishta „Iqroʻ“ („Oʻqi“) deb boshlanuvchi „Alaq“ surasining avvalgi 5 oyatini keltirdi. Bu jarayon Makkada 13 yil, Madinada 10 yil, hammasi boʻlib 23 yil davom etgan. Qurʼonning nozil qilinishi islom aqidasi boʻyicha ramazon oyining 27-kuniga oʻtar kechasi yuz bergan. Shuning uchun ham bu oy muqaddas hisoblanib, roʻza tutilgan kunning 27-kechasi laylatul-qadr, yaʼni qadrli, ilohiy qudrat namoyon boʻladigan, bandalarning bir yillik taqdiri hal qilinadigan (qadr — taqdir, oʻlchov) tabarruk kecha deb ulugʻlanadi. Qurʼon sura va oyatlarining nozil boʻlish tartibi voqealarning rivojiga qarab davom etgan. Ilk islom davrida nozil boʻlgan suralar, asosan, Allohning yagonaligi, borliqning mutlaq ilohi, dunyodagi barcha narsalar uning borligidan darak beruvchi dalil ekani, islom taʼlimotida belgilangan aqidaviy tushunchalar — farishtalar, paygʻambarlar, muqaddas kitoblar, oxirat, jannat va doʻzaxning haqligi toʻgʻrisida edi. Paygʻambar va musulmonlarga ogʻir kelgan Makka davrida sabr-bardoshga chaqiruvchi, din yoʻlida chekilgan mashaqqatlar uchun ulugʻ ajru mukofotlar borligi haqidagi oyatlar nozil etilgan boʻlsa, musulmonlar jamoasi shakllangan Madina davriga diniy marosim va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga bagʻishlangan oyatlar toʻgʻri keladi. Paygʻambarga diniy masalalar boʻyicha berilgan savollarga u vahiy orqali nozil qilingan oyatlar bilan javob berar edi. Qurʼonning boʻlimlari sura deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash mumkin. Har sura oyatlarga boʻlingan. Qurʼon 114 sura, 6236 oyatdan iborat. Har bir suraning oʻz nomi bor. Oyatlar esa tartib raqami bilan berilgan. Suralarning nomlari uning boshida kelgan soʻzdan olingan yoki zikri koʻproq kelgan narsalar, voqealar yohud asosiy qahramon nomi bilan atalgan. Keyinchalik oʻqish va yodlash oson boʻlishi uchun Iroq hokimi Hajjoj ibn Yusuf (hukmronlik yillari 694—714) koʻrsatmasiga binoan Qurʼon 30 qism (arabcha: juz, forscha: pora)ga boʻlingan. Qurʼonda birinchi kelgan „Fotiha“ surasidan keyingi suralar katta, oʻrtacha va kichik suralar tartibida joylashgan. 2-Baqara surasi 286 oyatdan, eng qisqa Kavsar surasi 3 oyatdan iborat. Eng qisqa oyatlar „Toho“ va „Yosin“, eng uzun oyat „Baqara“ surasining 286-oyatidir. Suralar nozil boʻlish vaqti va joyiga koʻra 2 ga: hijradan oldin nozil boʻlgan suralar — „Makka suralari“ (610—622 yillar, 86 sura) va hijradan keyin nozil boʻlgan suralar — „Madina suralari“ (622-yildan, 28 sura) ga ajratiladi. Qurʼon matnining koʻp qismi Alloh bilan soʻzlashish, islom dushmanlari yoki undan ikkilanuvchilar bilan munozara qilish shaklida berilgan. Muhammad alayhissalom Qurʼon oyatlarini Jabroildan qabul qilar, boshqa musulmonlar u kishidan eshitib, yodlab olardilar. Yozishni biladigan odamlar, jumladan, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Kaʼb xurmoning poʻstlogʻi, yapaloq tosh, katta suyak, teri va shunga oʻxshash narsalarga Qurʼonni yozib borganlar. Paygʻambar hayotlik chogʻida yana vahiy tushib qolar, degan umidda Qurʼon jamlab kitob shakliga keltirilmagan. Paygʻambarning vafotidan keyin Qurʼon kishilarning xotirasida va yozgan narsalarida qoldi. Birinchi xalifa Abu Bakr davrida ridda (dindan qaytish)ga qarshi olib borilgan qattiq janglarda Qurʼonni toʻliq yod olgan koʻplab qorilar halok boʻlib, Qurʼonning kelajak avlodga saqlanmay yoʻqolib ketish xavfi tugʻilgan paytda Umar ibn Xattob Abu Bakrga Qurʼonni kitob holiga keltirib, jamlab qoʻyish zarurligini maslahat beradi. Abu Bakr bu ishni amalga oshirishni Paygʻambar bilan koʻp vaqt birga yurgan sahoba, Qurʼonni eng yaxshi yod olgan Zayd ibn Sobitga topshirdi. Zayd ibn Sobit, Umar ibn Xattob va boshqalar Qurʼoni karimni puxta yod bilishlariga qaramay, bu ishning ishonchli boʻlishiga harakat qilib, masjidda: „Kimning qoʻlida yozilgan Qurʼon boʻlsa va uni Paygʻambardan tinglaganiga ikkita guvohi boʻlsa, bizga olib kelsin, Qurʼonni jam qilishga xalifaning buyrugʻi boʻldi“, deb eʼlon qildilar. Ular masjidda oʻtirib, guvohlarni tekshirib, nihoyatda aniqlik bilan 1 yildan ortiq vaqtda Qurʼon sahifalarini jamladilar. Soʻng koʻpchilikka koʻrsatdilar, hamma rozi boʻldi. Shunday qilib, Zayd va Umar mashaqqatli urinishlardan keyin Qurʼonni kiyik terisidan ishlangan sahifalarga yozib, Abu Bakrning uyiga qoʻydilar. U olamdan oʻtgandan keyin sahifalar Umarning uyida, u kishidan soʻng esa, qizi — Paygʻambarning xotini Hafsa binti Umar huzurida qoldi. Vaqt oʻtishi bilan islom dini tarqalgan davlatning chegarasi kengayib bordi. Koʻplab xalqlar islomni qabul qilib, musulmonlar soni koʻpaygandan soʻng Qurʼonni oʻqishda turli kelishmovchiliklar chiqa boshladi. Bunga Qurʼonning „etti harf“ (lahja)da nozil boʻlgani ham sabab boʻldi. Hadisda taʼkidlanishicha, Jabroil Qurʼon oyatlarini turli arab qabilalariga tushunarli boʻlishi uchun yetti xil lahjada keltirgan. Bunda ayrim soʻzlar boshqacha shaklda yozilishi va oʻqilishiga toʻgʻri kelgan. Bu holatni koʻrgan xalifa Usmon ibn Affon Hafsadan Abu Bakr davridagi sahifalarni soʻrab olib, undan bir necha nusxa koʻchirishga buyruq berdi. Qurʼon qiroatida farqli boʻlgan soʻzlarda quraysh lahjasiga rioya qilindi. Nusxalar tayyor boʻlgandan soʻng musulmonlar yashaydigan diyorlardagi markaziy shaharlarga bittadan nusxaga qori qoʻshib joʻnatildi, hammaga faqat shu nusxadan Qurʼonni koʻchirish va shu qoridan qiroat oʻrganishga buyruq berildi. Usmon ibn Affon Makkaga Abdulloh ibn Soibni, Shomga Mugʻiyra ibn Shihobni, Kufaga Abdurahmon Sulamiyni, Basraga Omir ibn Abul Qaysni yubordi va har biriga bir nusxadan musʼhaf berdi. Madinada qolgan musʼhafdan odamlarga qiroat taʼlimi berishni Zayd ibn Sobitga topshirdi. Usmon ibn Affonda bir nusxa musʼhaf qoldi. 5А.Аbdullaev. Qurʼonshunoslik / Oʼquv qoʼllanma. –Toshkent. 2011. Keyinchalik nusxa koʻchirish yoʻlga qoʻyilishi jarayonida faqatgina Usmon davrida yozilgan nusxalarga suyanish joriy boʻldi. Pirovardida har bir nusxaning ishonchli ekanini tasdiqlash maqsadida „bu nusxa Usmon musʼhafiga muvofiqdir“, deb yozib qoʻyiladigan boʻldi. Qurʼon harflarini yozish uslubi bir xilligi ham saqlab qolindi. Qurʼon harflariga biror nuqtachalik ham oʻzgarish kirmasin, degan maqsadda ulamolar musʼhaf ichiga hatto gul, daraxt bargi va shunga oʻxshash boshqa narsalarni mutlaqo qoʻyib boʻlmaydi, aks holda, oʻsha narsalar sahifaga yopishib qolsa, shubha paydo boʻlishi mumkin, deb fatvo chiqardilar. Qurʼonni nuqtalashni Abul Asvad Dualiy amalga oshirdi. U nuqta alomatlarini harflarning usti, osti va oʻrtasiga qoʻyib chiqdi. Vaqt oʻtishi bilan kishilar Qurʼonni xato oʻqimasliklari va uning qiroati haqida turli ixtilofga tushmasliklari uchun, ulamolar musʼhaflarga diakritik belgilar (fatha, kasra, zamma) qoʻyish kerak, degan fikrga toʻxtaldilar. Bu ishni Iroq hokimi Hajjoj ibn Yusuf hukmronlik davrida Hasan Basriy bajardi. Bunda asl harflarga zarracha oʻzgartirish kiritmaslik sharti qoʻyildi. 9-asrga kelib Qurʼon arab boʻlmagan xalqlar tomonidan ham xatosiz oʻqish mumkin boʻlgan holga keldi. Taraqqiyot davri kelib, Qurʼonni texnik jihozlar vositasida chop etish masalasi koʻndalang boʻldi. Lekin ulamolar avvaliga Qurʼonning obroʻsiga toʻgʻri kelmaydi, degan fikr bilan bu ishga ruxsat bermadilar. Ammo vaqt oʻtishi bilan musulmonlar ham nashr ishlarini oʻzlashtirdilar. Qurʼonni chop etishga ehtiyoj ortib bordi va ulamolar kerakli shartlarni qoʻyib, Qurʼonni chop etishga izn berdilar. Qurʼonning har bir nusxasi musulmonlar tomonidan eʼzozlanadi. Ammo ularning ichida Usmon Qurʼonlarining alohida oʻrni bor. Toshkentda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasining maxsus hujrasida saqlanayotgan Usmon Qurʼoni bevosita xalifa Usmon davrida (644—656) yozilgan muqaddas qoʻlyozma deb hisoblanadi. Hozirgi kunda jahonda „Usmon Qurʼoni“ degan nom bilan ataladigan 4 qoʻlyozma mavjud. Ulardan biri Madinada saqlanayotgan asl nusxa boʻlib, islom manbalarida u „Imom“ deb ataladi. Ikkinchi nusxa Kaʼbada, uchinchi nusxa Qohira (Misr milliy kutubxonasi)da saqlanmoqda. Toʻrtinchisi Toshkentda Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyida uzoq vaqt saqlanib, 1989-yil boshida musulmonlar qurultoyida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasiga saqlash uchun topshirilgan. Boshqa tadqiqotchilar (Ahadjon Hasanov va boshqalar) maʼlumotiga koʻra, Toshkentdagi Usmon musʼhafidan tashqari Qohira va Istanbul shahrida (2 ta) saqlanayotgan nusxalari mavjud. Toshkentda saqlanayotgan Qurʼonning bu yerga kelib qolishi tarixi haqida turli taxminlar bor. Koʻpchilik tadqiqotchilar uni Amir Temur Basradan Samarqandga olib kelgan, degan fikrni bildiradilar. Boshqa tarixchilar (Hamid Ziyoyev va boshqalar) Amir Temur Toʻxtamishni magʻlubiyatga uchratib, Oltin Oʻrdani egallaganidan keyin, oʻsha Qurʼonni qoʻlga kiritib, Samarqandga keltirgan, degan xulosada. Tarixda yana boshqa farazlarga ham duch kelinadi. Ushbu Qurʼon 1868 (baʼzi manbalarda 1869 yil) Samarqanddan Sankt-Peterburgga olib ketiladi va avval Rossiya xalq maorifi vazirligiga, soʻngra shahardagi Saltikov-Shchedrin kutubxonasiga beriladi. Oktyabr toʻntarishidan soʻng, musulmonlar qurultoyining iltimosiga koʻra, RSFSR XKSning qarori bilan musulmonlarga qaytarib berilgan. Avval Ufada saqlanib, 1923-yilda Toshkentga keltirilgan. Bir necha vaqt Samarqandda, keyin Toshkentdagi Respublika xalq kutubxonasida, OʻzSSR FA Sharq qoʻlyozmalari institutida saqlangan. 20-asr boshlaridagi tekshiruvga koʻra, musʼhafning umumiy hajmi 68x53 sm hisoblanib, 353 varaqdan iborat boʻlgan. Bu varaqlarning yaltiroq va sargʻish rangdagi yuz tomoni yaxshi saqlanib, ularning orqa beti salgina gʻijimlangan, bir oz uringan kabi koʻrinar edi. musʼhafning sahifalari nam tortishi natijasida bir muncha shikastlangan va ularda qon dogʻlari bor edi. Uning yirtib olingan yoki qattiq shikastlangan varaqlari oʻrniga 69 ta teriga oʻxshash qalin va mayin varaqlar tikib qoʻyilgan. Bu varaqlar paxta qogʻozlardan mohirlik bilan ishlangan boʻlib, ularni musʼhafning asl sahifalaridan farqlash qiyin edi. Qurʼonning asosiy gʻoyasi — Alloh toʻgʻrisidagi taʼlimotdir. Uning mavzusi va mohiyati insonlar tafakkurida koʻpxudolikka barham berish, yakkaxudolikni targʻib qilish va islom dinini qaror toptirishdir. Shu bilan bogʻliq ravishda unda paygʻambarlar, oxirat, taqdir va boshqalar haqidagi aqidalar bayon etiladi. Alloh Qurʼonda oʻzining Odamato, Nuh, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub, Muso, Dovud, Iso, Muhammad va boshqa paygʻambarlarini zikr etadi. Ularga yuborilgan din — islom ekani, Tavrot, Zabur, Injil va Qurʼon oʻzi nozil qilgan ilohiy kitoblar ekani, yahudiylar, nasroniylar va musulmonlarni „ahli kitob“ deb atab, ularning eʼtiqodlari vahdoniyat ekanini Qurʼon oyatlarida qayta-qayta uqtiradi. Qurʼonda asosiy ibodat talablari (namoz, roʻza, zakot va boshqalar) belgilab berilgan. Undagi axloqiy va huquqiy normalar keyinchalik shakllangan shariatga asos qilib olingan. Qurʼonda insoniyatning etnik boʻlinishi, ijtimoiy tabaqalanishi, ayirmachilik, millatchilik inkor etiladi. Alloh nazdida barcha tengdir. Insonlar Alloh tomonidan millati, nasabi, boyligi, imtiyozi va h.k.ga qarab emas, balki ularning qalbi va qilgan yaxshi yoki yomon amallariga qarab hukm qilinadilar. Diniy eʼtiqodda mustahkam turish, yaxshilik, ezgulik, savob ishlar, mehr-shafqat, miskin va muhtojlarga yordam berish, insonparvarlikni ulugʻlash barcha ilohiy kitoblar kabi Qurʼonning mazmuni-mohiyatini belgilaydi. Unda tekinxoʻrlik, birovlar haqini yeyish, boshqalar hisobiga yashash, poraxoʻrlik, ishyoqmaslik, jabr-zulm, oʻgʻrilik, qotillik, dilozorlik, fitnachilik, kibru havo qoralanadi. Barcha xalqlar bir ota-onaning avlodi ekani eslatiladi. Ulamolar Qurʼon oyatlarini Allohning amrlari va nahiylar (yaʼni moʻmin bandalarga buyurganlari va qilmanglar deb qaytarganlari), vaʼda va vaʼidlari (yaʼni bandalarga dunyo va oxiratda savob amallari uchun yaxshilik berurman deya qilgan vaʼdalari-yu, dunyo hamda oxiratda gunoh ishlari uchun azoblayman deb qoʻrqitishlari), avval oʻtgan ummatlar, paygʻambarlarning tarixlari, halol-harom narsalar, banda qilishi kerak boʻlgan duolar kabi qismlarga boʻladilar. Qurʼon kalom ilmining shakllanishi va rivojlanishida birinchi manba boʻldi. Abu Hanifa „al-Fiqh al-akbar“, Abu Mansur Moturidiy „Kitob at-tavhid“, Abu Hafs Nasafiy „Aqoid an-Nasafiy“ asarida olgʻa surilgan islom taʼlimotiga oid oʻz fikrlariga dalil sifatida Qurʼon oyatlarini keltiradilar. Qurʼon fiqhiy hukmlarni qabul qilishda asosiy va birinchi manba hisoblanadi. Undan keyin esa sunnat, ijmo, qiyos turadi. Qurʼonda kelgan hukm shariatda farz sifatida qabul qilinadi. Qurʼon kalom ilmining shakllanishi va rivojlanishida birinchi manba boʻldi. 7Obidov R. Oʼrta Osiyo olimlarining tafsir sohasidagi xizmatlari. – Toshkent: TIU, 2009. Abu Hanifa „al-Fiqh al-akbar“, Abu Mansur Moturidiy „Kitob at-tavhid“, Abu Hafs Nasafiy „Aqoid an-Nasafiy“ asarida olgʻa surilgan islom taʼlimotiga oid oʻz fikrlariga dalil sifatida Qurʼon oyatlarini keltiradilar. Qurʼon fiqhiy hukmlarni qabul qilishda asosiy va birinchi manba hisoblanadi. Undan keyin esa sunnat, ijmo, qiyos turadi. Qurʼonda kelgan hukm shariatda farz sifatida qabul qilinadi. Tafsir paygʻambar davridayoq yuzaga kelgan. Eng birinchi mufassir (tafsirchi) Muhammadning (s.a.v) oʻzi boʻlib, u odamlarga Qurʼon maʼnolarini bayon qilib berardi. Paygʻambardan keyin Abu Bakr, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib mufassir boʻlgan. Shuningdek, Abdulloh ibn Abbos (690 yil m.y.), Abdulloh ibn Masʼud (654 yil m.y.), Ubay ibn Kaʼb (7-asr), Anas ibn Molik (712 yil m.y.) kabi sahobalar ham ilk mufassirlardan hisoblanadi. Tobein mufassirlardan Mujohid ibn Jabr Makkiy (723 yil m.y.), Ikrima Abu Abdulloh al-Barbariy (723 yil m.y.), Said ibn Jubayr (714 yil m.y.), Ato ibn Abi Raboh (734 yil m.y.) kabilarni zikr etish mumkin. Sahoba va tobeinlar davrida tafsir ogʻzaki rivoyat va naql shaklida boʻlib, kitob tarzida yozilmagan. Muhammad ibn Jarir Tabariy (923 yil m.y.), Abu Mansur Moturidiy (944 yil m.y.), Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad an-Nasafiy (1310-yil m.y.) kabi yirik mufassir ulamolar oʻzlarining tafsir kitoblarini yozdilar. Afsuski, islomda paydo boʻlgan turli firqalar Qurʼonga oʻz taʼlimotlariga mos ravishda tafsirlar yoza boshladilar, zero tafsirchilik mufassirning dunyoqarashi bilan bogʻliqdir. Ammo islomning sof taʼlimotiga zid boʻlgan tafsirlar vaqt oʻtishi bilan yoʻqolib, ularning nomi va mualliflari haqidagi xabarlar manbalarda saqlanib qolgan. Tarixda Qurʼonning islom jamiyatidagi ulkan mavqeidan turli firqalar oʻzlarining gʻarazli maqsadlarida foydalanish holatlari koʻplab kuzatilgan. Ulamolar esa ularning bunday notoʻgʻri talqinlariga qarshi doimiy ravishda oʻzlarining xolis fikrlari bilan kurashib kelganlar. Qurʼonni gʻarazli talqinlardan xoli tutish bugungi kunda ham dolzarb masalalardan biri boʻlib qolmoqda. Qurʼon 12-asrdan Yevropa xalqlari tillariga, jumladan, lotin tiliga tarjima qilina boshlangan. Fransuz sharqshunosi Andre dyu Riye tomonidan qilingan fransuz tilidagi tarjimasi 1647-yil Parijda chop etildi. Shu tarjima asosida Pyotr I buyrugʻiga binoan Qurʼon rus tiliga oʻgirildi va 1716-yil Peterburgda chop etildi. Fransuzcha tarjima koʻp tillardagi nashrlarga asos boʻldi. Qurʼon 18-asr boshlarida Yevropa xalqlari tillaridan, 19-asr oʻrtalaridan arabcha asl matndan rus tiliga tarjima qilingan. Arabchadan G.S.Sablukovning dastlabki ruscha tarjimasi Qozonda 3 marta (1878, 1894, 1907) nashr qilingan. Qurʼonning rus tilidagi adekvatik-adabiy tarjimasi ilmiy izohlari bilan akademik I.Yu.Krachkovskiy tomonidan amalga oshirilgan va uning vafotidan keyin (1963) nashr qilingan. Hozirgi kunga qadar Qurʼonga 1700 xil tafsir yozilgan. Jumladan, Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning bir necha jilddan iborat „Tafsiri hilol“ nomli asari (Toshkent, 1992—2005), Abdulaziz Mansurning „Qurʼoni karim maʼnolarining tarjima va tafsiri“ (Toshkent, 2004) oʻzbek tilida chop etilgan. Qurʼon 1000 dan ortiq tilga tarjima qilingan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin Alouddin Mansurning „Qurʼoni karim“ning oʻzbekcha izohli tarjimasi (Toshkent, 1991), Abdulaziz Mansurning „Qurʼoni karim maʼnolarining tarjimasi“ (Toshkent, 2001), Mutallib Usmon va boshqalarning „Qurʼoni karim. Tarjima va ilmiy-tarixiy izohlar“ (1-kitob, Toshkent, 2004) kitoblari chop etildi. Shuningdek, koʻzi ojizlar uchun Qurʼonning boʻrtma harflar (brayl yozuvi)da alohida 8 jildli kitobi nashr qilindi (2004). Kamoliddin Yoʻldosh ham "Qur‘on" ma‘nolarining oʻzbekcha tarjimasini 2022-yilda taqdim etdi. XULOSA Qur’on istilohlari, terminlari imkoni boricha chuqur va har tomonlama tadqiq qilinishi va ushbu tekshirishlar ilmiy tarjimalarga singdirilishi zarur. Bizning so‘zlashuv va yozuv tajribalarimizda so‘zning orttirma darajalarini qo‘llashga mayllar ancha kuchli ko‘zga tashlanadi. Chunonchi Sayyid Mahmud Taroziy hazratlari “Bismillohir Rahmonir Rahim” kalomini quyidagicha ifoda qiladilar: “Ibtido qilinur behad mehribon va nihoyatda rahmdil Alloh nomi ila”. Bunda “ibtido qilinur”, “behad” va “nihoyatda” degan so‘zlar mubolag‘a. Asliyatga nisbatan ular ortiqcha. Asliyat kalomi yombi, nodir, qisqa va tez esda qoladi. Insof bilan aytganda, uch asliy so‘z orasiga ortiqcha so‘z nari tursin hatto havo zarrasini ham kiritib bo‘lmaydi. Ko‘pso‘zlilik doimo tarjimani susaytiradi, lo‘ndalikka va ta’sirchanlikka putur yetadi. Muhtarama Valeriya Poroxova “Rahmon”ni “Vsemilostivыy” degan so‘z bilan o‘giradi. “Vse” degan orttirma daraja bu yerda o‘rinsiz. Matnda “kulli rahmon” deyilayotgani yo‘q. Shuning uchun Krachkovskiy “milostivыy” deb beradi va to‘g‘ri qiladi. Bu kalomni muhtarama mutarjim doktor Sumayya Afifiy hamda doktor Abdel Salom al-Mansiy Qur’onning rus tiliga qilingan eng yangi tarjima nashrida ham “Vo imya Allaxa milostivogo, miloserdnogo!”, deb talqin etadilar. Shamsiddin Boboxonov, Abdulaziz Mansur, Alouddin Mansur “Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman)“, deb o‘giradilar. Bu ayni adekvat tarjima. O‘zbek o‘quvchisiga yaxshi tushunarli. Bismilloh, lo iloha ilalloh singari o‘ta xos iboralar hamda Allohning go‘zal ismlarini asliyatda qanday bo‘lsa, tarjimalarda ham shunday o‘zgartirmay saqlash o‘rinli bo‘lar edi. Bularni har qanday tarjima matnida arabchasi qanday bo‘lsa, shundayicha ifodalash va alohida izohda ular tarjimasini ko‘rsatib o‘tish matn koloritini, uning ohangdorligini kuchaytiradi. Alloh islom diniga, uning ahkomlariga e’tiqod qilgan millionlab kishilar qalbiga xuddi shu asl sifatlar, nomlar bilan kirib borgan va shunday qabul etilgan. Atributlarni o‘zgartirish o‘zini oqlamaydi. Tarjima qonuniyatlariga ko‘ra ham realiylarni asl holicha berish o‘zini oqlaydi. Yana bir muhim jihati asl realiylar, istiloh-terminlar bilan birga islom g‘oyasining o‘ziga xosliklari boshqa til muhitlariga ham o‘tib boradi. Ular islomning o‘ziga xos din ekanligiga urg‘u beradi. Realiylarni o‘z asl holicha berish ilohiy matnning yuksak koloritini saqlashga xizmat qiladi. Mo‘min, islom, musulmon, iymon, Alloh, rasul, xanif, karim, rahim, rahmon, qahhor, jabbor, fiqh, hadis, shariat singari yuzlab tushunchalar va terminlar ming yildan ortiq davrdan buyon tilimizga qanday singib, o‘zlashib ketgan bo‘lsa, Allohning go‘zal ismlari — sifatlari ham shunday singib, o‘zlashib boraveradi. Bunda o‘zlashish sari solingan katta yo‘l shlagbaumsiz kelajak ufqlari sari olib boradi. Alloh ismlari bilan birga ilohiy suralarning asl nomlari ham tilmizga kiradi va bora-bora tarjimasiz ham tushunarli bo‘lib qoladi. Download 123.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling