O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini


Download 123.62 Kb.
bet1/6
Sana20.06.2023
Hajmi123.62 Kb.
#1628837
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Habibulla Suyunov



O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Islomshunoslik fakulteti
Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini
o‘rganish ICESCO kafedrasi
“HIMOYAGA RUXSAT ETILDI”
“Islomshunoslik va islom
sivilizatsiyasini o‘rganish
“ICESCO” kafedrasi mudiri
________PhD M.M.Haydarov
“_____”_________2023-yil

Islomshunoslik ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi
Habibulla Suyunov “Qur’onshunoslik II” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Qur'on va tafsirlarni o'rganish bo'yicha O'zbekistonda yaratilgan tadqiqotlar

“HIMOYAGA TAVSIYA ETILDI” “HIMOYAGA TAVSIYA ETILDI”


Taqrizchi:katta.o‘qit.PhD Ilmiy rahbar:katta.o‘qit.PhD A.Qambarov
_________________ _________________
Imzo Imzo
“______”______________2023-yil “______”______________2023-yil


TOSHKENT – 2023

MUNDARIJA

KIRISH ……………………………………………………………………………3
I BOB O'ZBEKISTONDA QUR'ON VA TAFSIRLARNI O'RGANISHNING TARBIYAVIY TA'SIRI
1.1. O'zbekistonda Qur'on va tafsirlarni o'rganishning muhimligi…………………4
1.2.O'zbek tilida Qur'oni Karim va tafsirlarni o'rganish usullari……………………6
II BOB O'ZBEKISTONDA QUR'ON VA TAFSIRLARNI O'QISH ADABIYOTI VA TAFSIRLARNI TARJIMA QILISHNING MUHIMLIGI
2.1. O'zbekistonda Qur'oni Karim va tafsirlarni tarjima qilishning muhimligi…….10
2.2. Qur’on va Qurʼonning tuzilishi………………………………………………22
XULOSA…………………………………………………………………………30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………………………..32

KIRISH
Ma'lumki, Qur'oni karim Alloh taolo tomonidan Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga 23 yil mobaynida sura, oyat tarzida elchi farishta –Jabroil alayhissalom orqali ilohiy vahiy sifatida, arab tilida, og'zaki nozil qilingan. Islom dini ta'limotining asosiy manbalari (Qur'on, Sunnat, Ijmo', Qiyos)ning birinchisi sanalmish bu Kalomi sharifning til va bayon jihatidan ilohiy mo''jizaligi ham uni arab tilida o'qib, fikr yuritgandagina namoyon bo'ladi. Boshqa har qanday tilga o'girilganda Qur'on tiliga xos xususiyatlar, nazmiy uslub, maftunkor ohang va ruhiy ta'sir o'z kuchini yo'qotadi. Tarjimon har qancha mahoratli, tajribali lug'atga boy bo'lmasin, oyatlarning arabcha holidagi mazmunini boshqa tilda mukammal ifoda eta olmaydi. Bu inkor etib bo'lmas haqiqat. Arab tilida o'qib anglash esa, hammaning ham imkon darajasida emas. Hatto arablarning o'zlari ham Qur'on oyatlarini to'la tushuna olmasliklarini tan oladilar. Ulug' sahobalar ham ko'pdan-ko'p oyatlar mazmunida bahslashib, bir yechimga kelisha olmay, Rosul alayhissalomning o'zlaridan so'rab, aniqlab olganlari to'g'risida sahih hadislar mavjud. Qur'oni karimni boshqa tillarga tarjima qilish harakati ancha qadimdan boshlangan. Ayniqsa, arab bo'lmagan halqlarning islomga kirishlari bu harakatga asosiy sabab bo'lgan. Garchi islom ulamolari oyatlarni har qanday tilda sharhlab tafsir qilishga ruxsat bersalar-da, biroq so'zma-so'z tarjima qilib yozishga mutloqot izn bermaganlar, zero tarjimani yozib qo'yishlik bilan Qur'on mazmuni shundangina iborat degan iddao bo'ladi, deb uning mas'uliyatidan qo'rqqanlar. Shuning uchun ajdodlarimiz merosida o'zbekcha tafsirlar ko'p. Ammo sof ona tilimizdagi tarjimalarni deyarli uchratmaymiz. Keyingi asrlarda Qur'oni karim jahon xalqlarining ko'pgina tillariga tarjima qilindi. Shuningdek, o'zbek tilida ham bir qancha tarjimalar paydo bo'ldi. Endilikda bu jarayon yanada kuchayib borishi tabiiy. Bas, shunday ekan, bu sohada kundan-kunga taraqqiyot sari intilish maqsadga muvofiqdir. Avvalgi tarjimalarda uchragan tarjimalarda uchragan kamchiliklarni takrorlamagan holda, tobora sifatli tarjima va tafsirlarni ta'lif etish yangi ulamolarining sharafli vazifalaridandir.


Download 123.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling