O’zbekiston xalqaro munosabatlar tizimida
Download 51.17 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqO’zbekiston xalqaro munosabatlar tizimida
UzReferat.ucoz.net O’zbekiston xalqaro munosabatlar tizimida O’zbekistonning mustaqillikka erishishi va xalqaro nufuzining oshishi Mustaqil O'zbekiston Respublikasi tasodifan paydo bo'lgan emas. Bu o'lka eng qadimiy davlatchilik markazlaridan biridir. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin xalqaro munosabatlarda, birinchi navbatda, umuminsoniy qadriyatlar va xalqaro huquq normalariga amal qilish bilan birga, o'zimizga xos bo'lgan tarixiy an'analarni rivojlantirib kelmoqda. Mustaqil O'zbekiston dastlabki kunlardanoq xalqaro munosabatlarda erkin tashqi siyosat yurita boshladi. Bu siyosat O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida to'la qonunlashtirildi. Konstitutsiyaning 17-moddasida: «O'zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to'la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadb, deyiladi. Agar bu fikrlarni 1978-yilgi O'zbekiston SSR Konstitutsiyasining 26- moddasidagi: «O’zbekiston SSR o'zining tashqi siyosiy faoliyatida SSSR Konstitusiyasida belgilangan tashqi siyosat maqsadlari, vazifalari va prinsiplariga amal UzReferat.ucoz.net qiladi», degan so'zlar bilan solishtirsak manzara o'z- o'zidan ravshan bo'ladi. Mustaqillik tufayli O'zbekiston jahonga yuz tutdi, xalqaro maydonda o'z obro'yiga, o'z nufuziga ega bo'ldi. O'zbekistonning milliy manfaatlariga mos keluvchi faol tashqi siyosatning yuritilishi - bu davlat mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf qilish va xalqning turmushini yaxshilashning eng muhim vositasi va zaruriy shartidir., «0'zbekistonning jahondagi obro'-e'tibori yuksalib borayotgani eng avvalo: — yurtimizda demokratik va bozor iqtisodiyoti islohotlarini amalga oshirish natijasida qo'lga kiritilayotgan ulkan ijobiy o'zgarishlarda, ularning xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilishida mujassam bo'lmoqda; — bu - davlatirnizning jahon ahliga yaxshi ma'lum bo'lgan, mintaqamizda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarning amaliy samarasida o'z ifodasini topmoqda; — va nihoyat, bu - mamlakatimizning xalqaro siyosat maydonida olib borayotgan har tomonlama puxta ishlangan, chuqur o'ylangan tashqi siyosatining natijasi sifatida namoyon bo'lmoqda. 1 1992-yilda mamlakatimizning davlat mustaqilligini 120 mamlakat rasman tan olib, ularning 45 tasi bilan diplomatik aloqalar o'rnatilgan bo'lsa, hozirgi vaqtda O'zbekistonni 165 davlat tan oldi va dunyodagi 120 dan UzReferat.ucoz.net ortiq mamlakat bilan rasmiy diplomatiya munosabatlari o'rnatildi. Toshkentda 45 mamlakat va 20 ta xalqaro tashkilotlarning missiyalari akkreditatsiya qilingan. O'zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-martda BMTga teng huquqli a'zo bo'ldi. Nyu-York shahridagi BMT binosi oldida mamlakatimizning davlat bayrog'i tantanali ravishda ko'tarildi. 1993-yilning fevralida O'zbekistonda BMTning vakolatxonasi ish boshladi. Tez orada ushbu vakolatxonada BMTning bir qancha maxsus muassasalari (Taraqqiyot dasturi, Bolalar jamg'armasi, Qochoqlar ishi bo'yicha Oliy Komissari Boshqarmasi, Sanoat taraqqiyot dasturi, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti, YNESKO kabilar) ham o'z faoliyatlarini boshladilar. Xalqaro miqyosdagi ana shunday obro'li tashkilotning faoliyatida ishtirok etish har bir davlat uchun faxrlidir. O'zbekistonning iqtisodiyot, ijtimoiy, sog'liqni saqlash, madaniyatni tiklash, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa sohalarda BMT bilan hamkorligi kuchayib bormoqda. O'zbekistonning BMT faoliyatidagi ishtiroki bu tashkilotning 50 yilligi munosabati bilan Bosh Assambleyaning 50-sessiyasi maxsus tantanali yig'ilishida respublikamiz rahbari Islom Karimovning nutq so'zlashi bilan yangi bosqichga ko'tarildi. Ushbu nutqda BMT tuzilmalarini isloh qilish bo'yicha bir qator, jumladan, Germaniya va Yaponiya singari davlatlarni Xavfsizlik Kengashiga doimiy a'zolar sifatida kiritish, Bosh kotib vakolatlarini kuchaytirish, UzReferat.ucoz.net xalqaro mintaqaviy tashkilotlar bilan BMT aloqalarini kuchaytirish takliflari kiritildi. 2002-yilda Nyu-Yorkda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovga «Xalqaro miqyosdagi lider» mukofotining topshirilishi mamlakatimizning jahondagi nufuzini dunyoning eng rivojlangan, eng yirik, eng kuchli davlatlari ham tan olganligining belgisi bo'ldi. Haqiqatan ham, mamlakatimizning xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari yildan yilga kuchayib bormoqda va biz dunyo hamjamiyatida munosib o'rin egalladik. Xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojiga ham ta'sir ko'rsatmoqda. 2003-yilda mamlakat iqtisodiyotiga 2 trillion so'mga yaqin, ya'ni avvalgi yilga nisbatan 4,5 foiz ko'p chet el sarmoyalari kiritildi. Bu investitsiyalarning asosiy qismi mamlakatimizning jahon bozorida, dunyo iqtisodiy hayotida munosib o'rin egallashida hal qiluvchi rol o'ynaydigan iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini, shuningdek ijtimoiy soha, jumladan ta'lim va tibbiyot sohalarini rivojlantirishga yo'naltirildi. Download 51.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling