Iqtisodiyotga kirish


Download 47.54 Kb.
bet1/5
Sana05.05.2023
Hajmi47.54 Kb.
#1426965
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Iqtisodiyotga kirish

Iqtisodiyotga kirish


Reja:
1. Fanning obyekti. Industrial iqtisodiyotning ta’rifi


2. Fanning predmeti va boshqa fanlar bilan bog’liqligi
3. Fanning o’rganish metodikasi va usullari
4. Fanning zamonaviy shart-sharoitga xos vazifalari

Kiri\sh


Iqtisodiyot nazariyasi fanini o‘rganish, iqtisodiy jarayonlaming tub mohiyatini to‘g‘ri tushunish ko‘p jihatdan uni o‘rganuvchilaming ma’lum nazariy va uslubiy bilim bilan qurollanishiga bog‘liq. Shuning uchun ham mazkur bob kishilik jamiyati taraqqiyotining asosi bo‘lgan iqtisodiyot tushunchasini, uning oldida turgan vazifalami, uzoq davr davomida iqtisodiy bilimlaming shakllanishi va iqtisodiyot nazariyasi fanining vujudga kelishini qisqacha tavsiflash bilan bosh- lanadi. Iqtisodiyot nazariyasi fanidagi asosiy oqimlar va nazariyalar- ning umumiy bayoni beriladi. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti, vazifalari va boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi bayon etiladi. Shu bilan birga iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar hamda ulaming amal qilish mexanizmi, iqtisodiy jarayonlami ilmiy bilishning asosiy usullari mazmunini ochib berishga e’tibor qaratiladi.

1. Fanning obyekti. Industrial iqtisodiyotning ta’rifi Har bir fan o’zining o’rganish obyektiga ega bo’ladi. Shunday obyektning bo’lishi u yoki bu fanning dunyoga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining muhim shartidir. “Industrial iqtisodiyot” fani ham o’z obyektiga ega. Uning obyekti sanoat va qurilish sohalari hisoblanadi. Shu bois fanni mazmunan va tarkiban ikki qismga ajratib o’rganamiz: birinchisi – sanoat iqtisodiyoti; ikkinchisi – qurilish iqtisodiyoti.
Industrial jamiyat – bu jamiyatning shunday turi bo’lib, unda ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotda tabiiy resurslarni qazib olish va qayta ishlash, hamda sanoat katta qiymat ulushiga egadir1. Industrial jamiyat sanoat inqilobi natijasida yuzaga keladi.
Industrial taraqqiyot ko’proq zavod va fabrikalarni ochish va ishga tushurishga harakat qilish bilan tavsiflanadi. Mamlakatda “fabrika ishlab chiqarishi”ni kengayib borishi uchun davlat ekologik standartlarga amal qilinishiga e’tiborsiz bo’ladi. Sanoat korxonalari – asosan energiya sig’imi yuqori va o’z faoliyati uchun katta moddiy xarajatlarni talab etadi. Buning natijasida atmosferaga zararli chiqindilar chiqarilishi va suv havzalarini ifloslanishi yuzaga keladi. Yomon ekologik holat – industrial iqtisodiy modelning asosiy hosilasi hisoblanadi.
Industrial sivilizatsiyani vujudga kelishi sanoatda va boshqa tarmoqlarda yirik mashina ishlab chiqarilishini yaratilishi bilan bog’liq murakkab jarayondir2. Bunda jami ishlab chiqarish hajminining asosiy ulushi sanoatga to’g’ri keladi. Shahar aholisining ulushi ortib boradi. Mamlakat eksportida sanoat mahsulotlarining salmog’i ko’p bo’lsa, importda qishloq xo’jalik mahsulotlari va xom ashyo ulushi ko’p bo’ladi. Industrial iqtisodiyotning o’ziga xos belgilari - mehnat unumdorligining yuqoriligi va ishlab chiqarishning o’sish sur’atlarini yuqoriligi hisoblanadi.

Download 47.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling