O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi
Download 323.78 Kb. Pdf ko'rish
|
atajan (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI YOQILG’I VA ORGANIK BIRIKMALAR KIMYOVIY TEXNALOGIYASI FAKULTETI 25-19 guruh talabasi Yagmirov Atajanning Korxona iqtisodiyoti va menejmenti Sanoat korxonalarining eksport salohiyatini oshirishda mahsulot sifatini boshqarishning ahamiyati KURS ISHI Qabul qildi: Toshkent-2022 Mundarija Kirish 3 1 Sanoat korxonalarida mahsulot sifatini boshqarish 6 1.1 Sanoat korxonalarida mahsulot sifatini boshqarish haqida tushuncha . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 6 1.2 Mahsulot sifatini boshkarish va uni oshirish yo’llari . . . . 8 1.3 Standartlashtirish, attestatsiya va nazorat qilish . . . . . . 11 2 ”Uzbekistan GTL” kompaniyasi misolida korxonaning eksport salohiyatini tahlil qilish . 14 2.1 Korxonaning xususiyatlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . 14 2.2 ”Uzbekistan GTL” kompaniyasining eksport salohiyati tahlili 17 2.3 ”Uzbekistan GTL ” kompaniyasining xarajatlari tahlili . . 19 Xulosa 21 Foydalanilgan adabiyotlar 22 2 Kirish Har qanday fan o’zining o’rganish ob’ektiga ega bo’ladi. Shunday ob’ektning bo’lishi u yoki bu fanning dunyoga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining muxim shartidir. Sanoat iktisodiyoti fani ham o’z ob’ektiga ega. Un- ing ob’ekti umuman sanoat, xususan, O’zbekiston sanoati xisoblanadi. Shu bois eng avvalo, ushbu fanning ob’ekti hisoblangan sanoat haqidagi ta’limot bilan tanishish zururiyati tugiladi. Sanoat ijtimoiy-iqtisodiy kat- egoriyadir. Demak, sanoat ob’ektiv reallik (borliq)ning in’ikosi va yuksak umumlashmasidir. Uning alohida tarmoq, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarish- ning alohida sohasi bo’lib yuzaga kelishi ishlab chiqarish kuchlari va ijti- moiy mehnat taqsimotining rivoji bilan tarixiy jihatdan bog’liqdir. Sanoat ham ob’ektiv borliqning muhim hodisalari qatorida ma’lum davr (vaqt va fazo)da dunyoga kelgan, muayyan qonun va qoidalar asosida rivojlan- gan, ma’lum mikdor va sifatlarga, zarurat va imkoniyatlarga ega bo’lgan hamda ziddiyatlar qurboni ham bo’lgan. O’zbekiston sanoati ham o’z taraqqiyoti jarayonida qator bosqichlarni bosib o’tgan. Eng avvalo, uy sanoati (”Ona qornidagi sanoat”), so’ngra, hunarmandchilik, ya’ni xonaki sanoat, kooperatsiya, manufaktura, fabrika kabi shakllari yuzaga kalgan. Bu yerda: hunarmandchilikning juda kup turlari, ya’ni kulolchilik, durad- gorchilik, toshtaroshlik, binokorlik, o’ymakorlik, kashtaduzlik, ko’nchilik, tukuvchilik va tikuvchilik, temirchilik, misgarlik va zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardo’zlik, bo’yoqchilik, tunukasozlik va boshqalar keng tar- qalgan. Xunarmandchilik (xonaki sanoat) bronza asrida dehqonchilikdan ajralib chiqqan. Milodning dastlabki asrlarida hozirgi O’zbekiston hudu- dida anchagina xunarmandchilik markazlari tashkil topgan. IX—X asr- larda ip, mato, gilam bo’yicha Xiva va Shosh, mis va temirdan aslaha, pichoq tayyorlash bo’yicha Farg’ona, shoyi matolar, shisha mahsulotlar tayyorlash bo’yicha Buxoro dunyoga tanilgan. XII—XIII asrlarda rivo- jlanish pasayib, Temuriylar davlatining vujudga kelishi bilan xunarmand- chilik yana rivoj topgan. Buxoro, Samarkand, Xiva, Toshkent, Shaxrisabz kabi shaxarlarning ishlab chiqarish munosabatlarida hunarmandchilik alo- 3 hida ahamiyat kasb etgan. XVIII asrning 60-70-yillarida ngliyada ro’y bergan sanoat to’ntarilishidan keyin O’zbekistonda asta-sekin manufak- turadan mashinalashgan industriyaga o’tish boshlandi. Xomashyoga bir- lamchi ishlov beradigan sanoat sohalari (paxta tozalash, ipak tortish, vino, konserva, moy zavodlari) vujudga keldi. XIX asr oxiriga kelib, O’zbekistonda xunarmandchilikning 30 ga yakin turi rivojlangan. XX asr boshlarida esa xunarmandchilikning asosiy kismi artellarga, keyinchalik zavod va fab- rikalarga, badiiy buyumlar korxonalariga aylantirilgan. XX asrda O’zbekiston sanoatida juda katta o’zgarishlar ro’y berdi. gar asr boshlarida sanoat max- sulotining eng muxim turlaridan 5-10 xili (paxta tolasi, xom ipak, o’simlik moyi, uzum vinosi, g’isht, ganch va boshqalar) ishlab chiqarilgan bo’lsa, asr oxiriga kelib yuzlab-minglab turlari tayyorlanmoqda. Sanoat mod- diy ishlab chiqarishning asosiy va yetakchi tarmog’idir. Sanoatning vu- judga kelishi va rivojlanishi ishchilar sonining oshishi va uning jamiyatdagi mavqei ko’tarilishiga olib keladi. Mustaqillik davrida jamiyatni tarixiy jihatdan yangilashda ishchilarning avangardlik roli to’g’risida so’z yuriti- lar ekan, faqat ishchilar sinfigina mehnatkashlar ommasining birlashuvi, jipslashuvi va istiqlolni himoya qilish, mustahkamlash va uni uzil-kesil ta’minlashga yordam bera oladi, deyish mumkin. na shu fikrni O’zbekiston voqealigi kun sayin tasdiqlamokda. O’zbekiston ishchisi respublika yalpi ijtimoiy maxsuloti, milliy daromadning asosiy qismini bunyod etmokda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuqori darajaga ko’tarishda faol ishtirok etayotir. O’zbekiston Respublikasi ishchilari kiyofasida xam bar- cha rivojlangan mamlakatlar ishchilaridagidek, ongli industrial mehnatkash va insonlar munosabatining yuksak me’yorlari va umuminsoniy tamoyillar- ini, qadriyatlarini qaror toptiruvchi, yangi hayot uchun ilgor kurashchi xis- latlari bir butun bo’lib mujassamlashgan. Sanoat taraqqiyotining muhim qonuniyatlaridan biri sanoat xodimlarining madaniy-texnikaviy, ma’naviy- ma’rifiy darajasi o’sishi, ishlab chiqarish malakasi va tajribasining tinmay oshib borishidir. O’zbekiston mehnatkashlarining bilim va ko’nikmasi, ish- lab chiqarish malakasi va mahorati, madaniy va ma’rifiy saviyasini yuqori darajaga ko’tarish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarda xam sanoatning 4 yuqori urin tutishini ko’rish mumkin. Sanoat — mamlakat mudofaa ko- biliyatining moddiy asosi, el-yurtda tinchlik va barqarorlikni saklashning muxim omili, ko’shni mamlakatlar mustakilligini, hamkorligi va birdamlig- ini ta’minlovchi muhim soxadir. O’zbekiston davlati mudofaasini kafolat- lashda sanoatning roli bebaxodir. Sanoat shunday tarmoqki, barcha mam- lakatlarning siyosiy, iktisodiy va tashkiliy intilishlari, ularning xo’jalik ji- hatdan birlashishi, ya’ni iktisodiy integratsiya tavsifida o’z ifodasini topadi. Natijada barcha mamlakatlarning tabiiy, mehnat va moliyaviy resurslari- dan, fan-texnikaning barcha yutuklaridan okilona foydalanish imkoniyat- lari yuzaga keladi. 5 1 Sanoat korxonalarida mahsulot sifatini boshqarish 1.1 Sanoat korxonalarida mahsulot sifatini boshqarish haqida tushuncha Sanoat ishlab chiqarishi o’z mahsulotlarining goyat turli-tumanligi bilan tavsiflanadi. Bu mahsulotlar tabiiy xususiyatlariga ko’ra, har xil me’yor va xilma-xil sifat ko’rsatkichlariga ega. Lekin, ma’lum sanoat mahsulot- larining muayyan guruhi uchun umumiy ko’rsatkichlar ishlatilishi, boshqa guruhi uchun esa o’ziga xos ko’rsatkichlar qo’llanilishi mumkin. Mahsulot sifatiga va uning texnikaviy xususiyatlariga baho berish uchun kuyidagi ko’rsatkichlar tizimi qo’llaniladi: Iste’mol kilish xususiyatlari bo’yicha ta- labni qondirish ko’rsatkichlari. Bunday ko’rsatkichlar mahsulotdan tayinli, belgilangan ravishda foydalanish natijasida kerakli (zaruriy) samarani tavsi- flaydi. Ishlab chikarish - texnik vazifani bajaruvchi maxsulot uchun mehnat unumdorligi ko’rsatkichi xizmat kilishi mumkin. U baxolanayotgan mah- sulot yordami bilan qanday hajmdagi mahsulotni tayyorlash yoki ma’lum davr ichida kanday hajmdagi ishlab chikarish, xizmat ko’rsatishi mumkin- ligini ifodalaydi. Mustahkamlik ko’rsatkichlari - buyumlarning buzilmasligi, yaxshi saqlanishi, ta’mirlashga qulayligi, shuningdek, chidamliligidir. Mashina va o’lchov asboblarining sifati ularning mustahkamligiga va uzoq ishlash qobiliyatiga qarab aniqlanadi. Har bir buyumning mustahkamligi mo’ljallangan muddatda, o’z xizmat parametrlarini o’zgartirmay, zimmasiga yuklatil- gan vazifalarni boshqarish; vositaning, ya’ni qurolning ishlash muddati — mo’ljallangan vaqtda ishlash qobiliyatini o’zgartirmaslik xususiyatidir. Texnologik ko’rsatkichlar mahsulotni tayyorlash va ta’mirlash jarayonida yuqori mexnat unumdorligini ta’minlash uchun konstruktor-texnologik yechim- lar samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlardir. ynan texnika va texnologiya yordamida mahsulot ishlab chiqarishning ommaviyligi, material xarajatlar- ini, mablag’lar, mehnat va vaqtni okilona taqsimlash ta’minlanadi. Stan- dartlashtirish va unifikatsiyalash ko’rsatkichlari — mahsulotning standartli, 6 unifikatsiyalashgan va original, ya’ni ajoyib, ajralmas kismlar bilan qondiril- ganligi, to’ydirilganligi, shuningdek, boshka buyumlarga nisbatan unifikat- siyalashganlik darajasi. Ular traktorni boshqarish uchun kerak bo’lgan kuchlar, muzlatgichda dastakning joylashishi, harorat, namlik, yoruglik, shovkin, vibratsiya, nurlanish, yonuvchi mahsulotlarda uchar gazi va suv bug’ining yig’ilishi bo’lishi mumkin. Ergonomik ko’rsatkichlar insonning buyum bilan munosabatini va bu buyumdan foydalanishda ro’y beradi- gan gigienik, fiziologik va ruxiy xususiyatlar majmuini aks ettiradi. Es- tetik ko’rsatkichlar buyumlarning badiiy-konstruktorlik xususiyatlarini ifo- dalaydi. Ular buyumning tovar qiyofasi jonliligini, shaklining ma’qulligini, kompozitsiyaning butunliligini, mukammal bajarilganliligini va barkarorlig- ini tavsiflaydilar. Transportabellik ko’rsatkichlari mahsulotning tashish uchun moslashganligini ifodalaydi. Patent-huquqiy ko’rsatkichlar mahsu- lotning patentli himoyasini va patentli sarxilligini (asilligini) tavsiflaydi va raqobatbordoshligini aniqlashda muhim omil hisoblanadi. Patent-huquqiy ko’rsatkichlarni aniqlashda buyumlarda yangi texnik omillar borligini, shun- ingdek, mamlakatda patentlar bilan himoyalangan yechimlarni hisobga ol- ish kerak bo’ladi. Ekologik ko’rsatkichlar atrof-muhitga xavfli ta’sir ko’rsatish darajasi. U mahsulotni ekspluatatsiya qilish yoki iste’mol qilishda yuzaga keladi. Masalan, zararli qotishmalarning bo’lishi, mahsulotni saklash, tashish va iste’mol kilishda zararli qismlar, gazlar va nurlarni chiqarish mumkin- ligi. Xavfsizlik ko’rsatkichlari — xaridor va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarn- ing xavfsizligi uchun mahsulot xususiyatlarini tavsiflaydi, ya’ni mahsulotni montaj kilish, xizmat ko’rsatish, ta’mirlash, saklash, tashish, iste’mol qil- ishda xavfsizlikni ta’minlaydilar. Yuqorida qayd qilib o’tilgan ko’rsatkichlarning yig’indisi mahsulot sifatini tashkil etadi. Buyum mustahkam (pishik), es- tetik jixatdan ko’zni qamashtiradigan, o’z vazifasini yaxshi bajaradigan bo’lishi lozim. Lekin, yuqorida qayd etilgan ko’rsatkichlardan tashqari buyumning baxosi ham muhim. Chunki iqtisodiy optimal sifat masalasi baho bilan chambarchas bog’likdir. Xaridor buyum sotib olganda buyum baxosi u ega bo’lgan xossalar to’plamini qoplashini bilish uchun ularni doimo taqkoslaydi. Iqtisodiy optimal sifat deganda, sifat va xarajat nis- 7 bati yoki sifat birligining baxosi tushuniladi va u kuyidagi formula bilan xisoblanadi: Kopt = Bs : Xz Bu yerda: Kopt — iktisodiy optimal sifat; Bs - buyum sifati; Xz- buyumni sotib olish va ekspluatatsiya qilish xarajatlari. Formulaning maxra- jini aniklash murakkab emas, chunki u buyumning sotish bahosini, ek- spluatatsiya, ta’mirlash va utilizatsiya qilish xarajatlarini o’z ichiga oladi. Formula suratini aniklash esa, qiyinroq kechadi, chunki buyumning sifati juda ko’p va turli - tuman ko’rsatkichlardan iborat. Bu bilan alohida fan ”Kvalametriya ” shug’ullanadi. U sifatni son jixatdan, ya’ni bir so’mlik xarajatta buyum sifati birligi o’sishini baholashning yetarli darajada ma’qul usulini ishlab chiqqan. Demak, hozirgi zamon ishlab chiqarishi sharoitida maxsulot sifati — korxona (firma) samaradorligining, rentabelligining muhim tarkibiy kismidir. Shu sababli unga doimo e’tibor bermoq zarur. Sifat bilan barcha - korxona direktoridan tortib, aniq ish bajaruvchigacha shug’ullanishi kerak. Sifatni ta’minlash, loyihalash, saqlash bo’yicha barcha jarayonlar sifatni boshqarish tizimiga birlashtirilgan. 1.2 Mahsulot sifatini boshkarish va uni oshirish yo’llari Har kanday ishlab chikarishni rivojlantirish va yuksak darajaga ko’tarish uchun uni boshkarish kerak. Boshqarish iborasini maxsulot sifatiga qo’llaganda, mahsulot sifati va uning raqobatbardoshligini doimiy nazorat kilish, un- ing belgilovchi shartlari va omillarini maqsadga muvofiq ta’sir qildirish yo’llari bilan mahsulot sifatini loyihalashtirish, ishlab chikarish va foy- dalanishda uning zaurur darajada o’rnatilishini, ta’minlanishini va saqlan- ishini tushunmoq kerak. Maxsulotning sifatini boshkarish operatsiyalari muhandis-texnik, tashkiliy-texnologik, nazorat va boshqa jarayonlarning o’zaro bog’liqligi majmuasini tashkil etuvchi tartib doirasida olib boriladi. Mahsulot sifatini boshkarish jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat: - maxsulot sifati darajasini belgilash; - mahsulot sifatiga ta’sir ko’rsatuvchi buyum va uni ishlab chikarish jarayonining faoliyati to’g’risidagi axborot- 8 larni yig’ish va o’rganish; - mahsulot sifatini boshkarish to’g’risida qaror qabul qilish va ob’ektga ta’sir ko’rsatishga tayyorlanish; - boshqaruvga tegishli buyruqlarni berish; - boshqarish natijasida mahsulot sifatining o’zgarishi hakidagi axborotlarni yig’ish va tahlil qilish. Maxsulot sifa- tini boshqarishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: - mahsulotning texnikaviy darajasi va sifatini uzoq muddatlarga chamalash; - maxsulot sifatini oshirishni rejalashtirish va bashorat qilish; - maxsulot sifatini at- testatsiya kilish; - mahsulot loyihasini chizish va ishlab chikarishga joriy etish; - maxsulot sifatini moddiy-texnik tomondan ta’minlash; - ishlab chikarishni texnologik tayyorlash; - maxsulot sifatini o’lchashni tashkil etish; - mutaxassislarni tanlash, joylashtirish, o’qitish va tarbiyalash; - sifatli maxsulot ishlab chikarish darajasini bir tekisda olib borish; - ishlab chikarish vositalarini saqlash, ta’mirlashni tashkil etish; - mahsulot sifa- tini oshirishni rag’batlantirish; - mahsulot sifatini nazorat qilish; - stan- dartlarga, o’lchash vositalariga va texnik shartlarga rioya kilish; - mahsu- lot sifatini boshqarish huquqini ta’minlash. Mahsulot sifatini boshqarish uning xossalari, texnologik jarayonlarning ixtisoslashtirish xususiyatlari, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari va usullarini hisobga olgan holda bajariladi. Mahsulot sifatini yaxshilashga oid vazifalar va tadbirlar tuzi- layotganda ularni amalga oshirish imkoniyatlari va maqsadga muvofikligi texnikaviy- iktisodiy jihatdan asoslanadi. Buning uchun quyidagilar asos qilib olinadi: - ishlab chiqarilgan mahsulot sifatiga bo’lgan talablar va kel- gusida uni takomillashtirish imkoniyatlari; - mahsulotning sifat darajasini baholash; - ishlab chiqarilgan mahsulotda uchragan nuqsonlarni yuzaga chiqarish va tahlil etish; - laboratoriyadan o’tkazilgan sinov natijalari, iste’molchilar tomonidan yuborilgan norozilik hujjatlari, texnikaviy nazo- rat va ma’lumotlar; - ilgor korxonalarning mahsulotlari bilan taqqoslash. Mahsulot sifatini yaxshilashga oid tadbirlar majmuasiga quyidagilar ki- radi: - mahsulotning sifat ko’rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan asosiy tajriba va loyixalashtirish ishlari hamda tashkiliy-texnikaviy tadbirlar; - ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirishga oid tadbir- lar; - xomashyo va materiallar sifatini oshirish bo’yicha ta’minlovchilarga 9 qo’yiladigan talablar; - mahsulot sifatini oshirish bo’yicha o’tkaziladigan ilmiy-tadqiqot, tajriba va loyihalashtirish yuzasidan ilmiy-tekshirish, loy- ihalashtirish tashkilotlariga beriladigan topshiriqlar; - texnikaviy hujjat- larni yaxshilash tadbirlari: - texnologik intizomga rioya kilishni tekshirish sharoiti, ishlab chikarishni o’lchov asboblari bilan ta’minlash, ularning aniq ishlashini kuzatib turish tadbirlari; - standartlarni o’zlashtirish, ularga ri- oya kilish, buyumlarni unifikatsiyalashtirish, yuqori sifatli mahsulot ishlab chikarish, nuqsonlarning oldini olish va iste’molchilar tomonidan bo’ladigan noroziliklarni kamaytirish bo’yicha tadbirlar. Bu kabi tadbirlar o’z vaqtida bajarilishini to’la-to’kis ta’minlash uchun ularning bajarilish muddatlari, mas’ul kishilar, muayyan xarajatlar va ularning iktisodiy samaradorligi, raqobatbardoshligi hamda boshka kursatkichlar aniqlanadi. Ma’lumki, raqobat va raqobatbardoshlik o’rtasida dialektik aloqadorlik mavjud bo’lib, biri ikkinchisidan kelib chikadi. Raqobat korxona (firma)larni raqobatbar- dosh tovarlar ishlab chikarishga va xizmatlar ko’rsatishga undaydi. Raqo- batbardoshlik nisbiy o’lchov bo’lib, xususiyati shundan iboratki, uni raqo- bat predmeti (maxsulot raqobatbardoshligi)ga nisbatan ham qo’llash mumkin. Mahsulotning rakobatbardoshligi deganda, iste’molchining aniq ehtiyojlar- ini qondirish va uni xarid qilish hamda keyinchalik undan foydalanish uchun sarflanadigan xarajatlar darajalari bo’yicha uni, ya’ni mahsulot boshqa shunday tovarlardan ajralib turadigan tavsiflar yig’indisi tushuniladi. Mah- sulotning rakobatbardoshligi - biror bir firma tomonidan ishlab chikarilgan, rakobatchi firmalarning xuddi shunday tovarlariga qaraganda yaxshiroq iste’mol xususiyatlari va texnik-iqtisodiy parametrlariga ega bo’lgan tovar- larning iste’molchilar tomonidan ajratib olinish qobiliyatidir. Raqobatbar- doshlik aynan bozorda kuzatiladi va tovarlarning iste’molchi ehtiyojlariga muvofiq kelishi solishtirib va tekshirib ko’riladi. na shunda tovarning raqo- batbardoshligi real xaridni amalga oshirayotgan xaridor uchun jozibadorlik darajasini ko’rsatadi. 10 1.3 Standartlashtirish, attestatsiya va nazorat qilish Mahsulot sifati muammosiga tegishli masalalardan biri standartlashtirishdir. Standartlashtirish - standartlarni belgilash va qo’llash jarayoni. U nor- mal ijodiy faoliyat bulib, sifatning optimal ko’rsatkichlarini, mahsulotning parametrik qatorlarini, nazorat kilish, sinash usullari va xokazolarni ish- lab chikishni va qat’i belgalashni uz ichiga oladi. Standartlashtirish max- sulot sifatini boshqarishning tashkiliy va normativ asosi xisoblanadi. U barcha normalarni standart, yo’riqnoma, mahsulotni asoslash uchun ker- akli shartlar usuli kabi xujjatlarda aks ettiradi. Standartlashtirishning eng muhim ahamiyati shundaki, u ishlab chikarishning rivojlanish sur’ati va darajasiga zaruriy ta’sir ko’rsatadi. Buning uchun esa standartlash fan va texnika hamda amaliy tajribalarning oxirgi yutuklariga tayanadi. Uzbekistonda standartlashtirish milliy iktisodiyotni boshkarish va tashkil etish bilan chambarchas bog’liq. Standarlashning asosiy, eng muxim vazi- fasi xalk xujaligi, aholi, mamlakat mudofaasi uchun tayyorlanadigan mah- sulotlarga yuqori talablar belgilovchi normativ-texnik hujjatlar tizimini yaratish xamda ushbu xujjatdan to’g’ri foydalanishni nazorat kilishdan ib- orat. Harakatdagi, mavjud standartlashtirish tizimi kuyidagilarni ishlab chiqishga va doimiy faol holatda bo’lishiga imkoniyat yaratadi: - yagona texnik til; - mahsulotning muxim texnik tavsifining unifikatsiyalashgan qatorlari, ya’ni o’lcham ayirmasi (qo’yim va tushish, kuchlanish, tez-tez qaytalanish va boshkalar); - umummashinasozlikda ishlatiladigan buyum- larning tiporazmer qatorlari va namunali konstruktsiyalari (podshipniklar, krepej, kesuvchi asboblar va boshqalar); - texnik-iktisodiy axborotlar klas- sifikatorlari tizimi; - materiallar va moddalar xossalari to’g’risida aniq ma’lumotlar beradigan dalillarni. Uzbekiston standartlash tizimi xalkaro, regional va milliy tizimlar bilan uyg’unlashishi va kuyidagilarni ta’minlashi lozim: - sifat va mahsulot nomenklaturasi, xizmat va jarayonlar, insonlarn- ing hayoti va sog’lig’i, atrof-muxitni muhofaza kilish masalalari bo’yicha iste’molchilar va davlat manfaatlarini; - mahsulot mos kelishining o’zaro almashuvi, ya’ni bir-birini almashtira olishini; - inson va moddiy resurslarni 11 tejashga ko’maklashish hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashni; - ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va yirik loyihalarning normativ- texnik bazasini yaratishni; - ishlab chiqarishda va savdoda texnik to’siqlarni bartaraf etishni, dunyo bozorida mahsulot raqobatbardoshligini, xalqaro mehnat taqsimotida samarali qatnashishini va h.k.larni ta’minlashi kerak. Standartlashtirish bir qator tamoyillarga asoslanadi: - tarmoqlanish - umu- miy xususiyatga ega bo’lgan narsalar, jarayonlar, munosabatlar tatbiq etish mumkin bo’lgan ob’ektlar doirasini aniqlaydi; - variantlilik - okilona xilma- xillik, rang-baranglikni yaratish - standartlashgan ob’ektga kiruvchi stan- dart elementlarning oqilona turlari minimumini ta’minlaydi; - tizimlilik - standartga tizim elementi sifatida karaydi; - o’zaro almashuvchanlik - texnikaga muvofiq turli vaqt-makonning turli nuqtalarida tayyorlangan bir xil detallarni yig’ish yoki almashtirishni nazarda tutadi. Standart de- ganda nima tushuniladi? Standart inglizcha standard so’zidan achingan bo’lib, norma, namuna, o’lcham ma’nosini bildiradi. U boshka ob’ektlarni taqqoslash uchun dastlabki ob’ekt deb kabul kilingan namuna, etalon, model, standartlanadigan ob’ektga kuyiladigan va vakolatli idoralar tomonidan tasdiklangan normalar, qoidalar, talablarni belgilovchi normativ-texnik xu- jjat. Standart inson faoliyatining barcha soxasiga, ilm-fanga, texnikaga, sanoat, kishloq xo’jaligiga, kurilishga, transport va alokaga, ta’lim va boshka sohalarga taalluklidir. Mustaqillik yillarida Uzbekiston Respublikasining Davlat standartlash tizimi (DST) shakllandi va u Uzbekistonda standart- lar tuzish, izoxlash va tarkatish jarayonlarini tartibga keltirdi. Bu borada Uzbekiston Standartlashtirish, meteorologiya va sertifikatlantirish agentligi (Uzstandart) olib borayotgan keng ko’lamli ishlarni aloxida e’tirof etish joiz. O’zstandart agentligi bozor iktisodiyoti sharoitida maxsulotning sifat darajasini belgilovchi, ko’rsatkichlar raqobatdoshligini ta’minlovchi, ishlab chiqaruvchilarga yetarli mikdorda axborotlar yetkazib beruvchi markazdir. O’zstandart agentligi tomonidan ishlab chiqilgan Sifat menejmenti va mah- sulotlarni sinash tizimi maxsulot sifat ko’rsatkichini baholash bilan birga me’yoriy hujjatlar asosida to’g’ri ma’lumotga ega bo’lish talablarini o’rnatadi. Hozirgi kunda Davlat standartlash tizimi (DST) beshta asosiy standartni 12 o’z ichiga oladi: 1. Uzbekiston Respublikasi standartlashtirish tizimi. sosiy qoidalar; 2. Tarmoq standartlari. 3. Texnik shartlarni kelishish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi; 4. Korxonaning standartlari. Umumiy qoidalar. 5. Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar. Bozor iktisodiyotiga o’tish munosabati bilan Xalkaro standartlashtirish- ning roli, ahamiyati bekiyos darajada kuchaydi. Chunki, xalqaro stan- dartlashtirish ilmiy-texnika va iktisodiy hamkorlikni rivojlantirishga katta imkoniyat yaratadi. Ular xalqaro aloqalarni kengaytirishga, mavjudlarini takomillashtirishga yordam beradi. Hozirgi kunda jahonda 400 dan ortiq Xalkaro va regional (xududiy) tashkilotlar mavjud (2000 yil). Standart- lashtirish sohasida yirik xalqaro tashkilotlar — BMTga qarashli Yevropa iktisodiy komissiyasi (EEKOON), standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashk- ilot (ISO) ishlab turibdi. Maxsulot sifati nazariyasi va amaliyotida mah- sulotni sertifikatlashtirish masalasi muhim o’rin tutadi. Mahsulotni ser- tifikatlashtirish uning aniq belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash usullaridan biri hisoblanadi. Mahsulot yoki bajarilgan ishning belgilangan talablarga muvofiqligiga oid faoliyat uchun tegishli hujjat beriladi. Uni sertifikat deb ataydilar. Sertifikat lotincha certificatis so’zidan olingan bo’lib, tasdiqlangan degan ma’noni bildiradi. Birinchidan, u biror fak- tni tasdiklovchi hujjat (masalan, malaka oshirilganligi to’g’risidagi hujjat); ikkinchidan, maxsus obligatsiyalar va aktsiyalarning nomi; uchinchidan, sug’urta shartnomasida uning shartlari yoziladigan hujjat; to’rtinchidan, maxsus idoralar (savdo palatasi, Davlat inspektsiyasi va boshkalar) be- radigan va maxsulot, tovar, buyum, mol sifatini tasdiqlaydigan hujjat; beshinchidach, qishloq xo’jaligida urug’lik navini va sifatini tasdiqlaydigan hujjat. Sertifikati bo’lmagan taqdirda urug’lik (oddiy) navsiz don sifatida qabul qilinadi. 13 2 ”Uzbekistan GTL” kompaniyasi misolida korxonaning eksport salohiyatini tahlil qilish . 2.1 Korxonaning xususiyatlari “O‘zbekiston GTL” majmuasi 2021-yilda ishga tushadi va har yili umumiy qiymati 1 milliard AQSh dollari yoki 12,8 trillion so‘mlik import o‘rnini bosuvchi neft mahsulotlari va uglevodorodlar ishlab chiqaradi. GTL loyihasining umumiy qiymati hozirda 3,42 milliard AQSH dollari miqdorida prognoz qilinmoqda va 10,2foiz ichki rentabellik (IRR) hosil qilishi va 9 yillik o’zini oqlash muddatiga ega bo’lishi kutilmoqda. Loyihaning dastlabki qiymati 3,73 milliard AQSH dollariga baholangan edi, biroq loyihaviy yechimlardagi o‘zgarishlar va Sho‘rtan gaz-kimyo ma- jmuasi va GTL majmuasi negizida mintaqada birinchi yagona neft-kimyo klasterini tashkil etish, shuningdek, ishlab chiqarishning qisqarishi tufayli moliyalashtirish xarajatlari, Loyiha qiymati 310 million AQSh dollaridan ortiq optimallashtirildi. Birlashgan rejalar Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yaratilgan. GTL kompleksining ishga tushirilishi bilan yillik davlat soliq tushumlari 2 trillion so‘mdan oshadi. Bundan tashqari, energiya bozorining doimiy o’sishini hisobga olgan holda, GTL yoqilg’idan foydalanish atmosferaga chiqindilarni kamaytirish- ning eng samarali, iqtisodiy va xavfsiz usullaridan biridir. O‘z texnologiyasi bo‘yicha postsovet hududida noyob va jahonda oltinchi bo‘lgan Uzbekistan GTL loyihasining moliyaviy modeli ING Group (Nider- landiya/Buyuk Britaniya) kabi taniqli xalqaro moliyaviy maslahatchilar ishtirokida ishlab chiqilgan. ”Gazprombank” OAJ (Rossiya). Ular “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari bilan hamkorlikda loyihaning rentabel- ligi, kreditni to‘lash muddati, qaytarilishi va boshqa ko‘rsatkichlar kabi muhim jihatlarni hisobga olgan holda kompleks moliyaviy model tayyor- ladi. Olingan ma’lumotlar, o’z navbatida, loyihani moliyalashtirish bo’yicha qarorlarini qo’llab-quvvatlash uchun potentsial kreditorlar tomonidan diqqat 14 bilan o’rganildi va tahlil qilindi. Natijada, Xitoy Taraqqiyot Banki (CDB), Koreya Eksimbanki (KEXIM), Koreya davlat eksport kreditlarini sug’urtalash korporatsiyasi (K-SURE), Gazprombank, O’zbekiston GTL loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etish to’g’risida qarorlar qabul qilindi. Roseximbank va Rossiya eksport kredit- lari va investitsiyalarni sug’urtalash agentligi (EXIAR). Ularning Uzbek- istan GTL rentabelligiga bo’lgan ishonchi ushbu yirik loyihani zamonaviy xalqaro loyihalar orasida yanada e’tiborga molik va ishonchli qildi. UzGTL zavodi nafaqat O‘zbekistonda, balki MDH davlatlarida ham yirik sarmoyaviy loyihalardan biridir. Loyiha O‘zbekistonning tabiiy gazni chuqur qayta ishlash salohiyatini kengaytirish, uglevodorodlar importini sezilarli darajada qisqartirish, shuningdek, respublikaning energetik mus- taqilligini mustahkamlashga qaratilgan. Muhimi, xomashyo tabiiy gazdan etan, propan, butan va boshqalarni ajratib olish yo‘li bilan bir qator polimerlar ishlab chiqaradigan Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida qayta ishlanadigan tozalangan tovar gazidir. Shu bilan birga, polimer ishlab chiqarishni kengaytirish va shu orqali yagona neft-kimyo klasterini yaratish uchun GTL ishlab chiqarilgan nafta Sho‘rtan gazni qayta ishlash zavodining kengaytirish quvvatlariga yetkazib beriladi. Innovatsion texnologiyalar tufayli allaqachon qayta ishlangan gaz import o‘rnini bosuvchi, talab yuqori va yuqori likvidli hamda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi. GTL majmuasi yiliga 3,6 milliard kub metr gazni qayta ishlanib, yiliga 1,5 million tonna yuqori sifatli va ekologik toza sintetik yoqilg‘i, jumladan, 307 ming tonna kerosin, 724 ming tonna sintetik dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna sintetik yoqilg‘i kabi neft mahsulotlari ishlab chiqaradi. nafta va 53 ming tonna suyultirilgan gaz. Mahsulotlar, birinchi navbatda, neft mahsulotlariga, xususan, dizel yoqilg‘isi va kerosinga, shuningdek, suyultirilgan gazga bo‘lgan ichki ehtiyojni qondirish uchun yetkazib beriladi. Qolaversa, sifati va ekologik tozaligi tufayli qo‘shni davlatlarga eksport qilish imkoniyati mavjud. 15 Bundan tashqari, ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan ortiqcha bug‘dan tarmoqdan tashqari energiya ishlab chiqarishning innovatsion yechimi yordamida O‘zbekiston GTLni elektr energiyasi bilan ta’minlash masalasi hal qilindi. Binobarin, stansiya nafaqat o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan quvvatni mustaqil ishlab chiqaradi, balki zarur hollarda milliy elektr tar- mog‘iga ham qo‘shimcha elektr energiyasi yetkazib beradi. GTL texnologiyasini tanlash nafaqat bugungi kunda jahon talabiga ega bo‘lgan sintetik suyuq yoqilg‘ining import o‘rnini bosish, balki mahsulot- ning ekologik tozaligiga ham taalluqlidir. Dizelli avtomobillarda 100foiz GTL yoqilg‘isidan foydalanish chiqindilarni kamaytirish orqali havo sifatini yaxshilashga yordam beradi. Innovatsion GTL dizel yoqilg’isi deyarli za- harli chiqindilarsiz yonadi va karbonat angidrid chiqindilarini ham kamayti- radi.Bundan tashqari, GTL loyihasining yuqori texnologiyalari O‘zbekistonda mutaxassislarning yangi avlodini yaratmoqda. Loyiha Sasol (Janubiy Afrika), Haldor Topsøe (Daniya), Chevron (AQSh) va Honeywell kabi yetakchi kompaniyalarning ilg‘or texnologik yechimlaridan foydalangan holda ish- lab chiqilgan.Ushbu zavod qurilishida 13 mingdan ortiq kishi ish bilan ta’minlandi. Zavodning ishga tushirilishi mingga yaqin doimiy ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Sifatli ishlashini ta’minlash uchun zavodda max- sus o’quv dasturi amalga oshirilmoqda, u allaqachon GTL zavod boshqaruv paneli simulyatori o’rnatilgan Toshkentdagi Honeywell texnologiya markazida 150 ga yaqin muhandislarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish va jaray- onlarni boshqarish tizimi bo’yicha ixtisoslashtirilgan o’qitdi. Ushbu ilg‘or qurilma tufayli texnologik jarayonni, jumladan, favqulodda va favqulodda vaziyatlarni to‘laqonli simulyatsiya qilishni tashkil etish, Zavodning ish- lab chiqarish tsiklini monitoring qilish va boshqarishning turli stsenariylari va bosqichlari uchun muhandislarni tayyorlash mumkin.Bundan tashqari, o‘quv doirasida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan va Ustyurt gaz-kimyo majmualarida 400 ga yaqin yosh mutaxassis, loyiha uchun ma’lumot beruvchi Oryx GTL zavodida (Qatar) 25 nafar muhandis malaka oshirdi.O‘zbekiston tabiiy gaz kabi qimmatbaho xomashyo, ichki va tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha 16 ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etayotgan texnologik ilg‘or.Arzon xo- mashyo sifatidagi gaz eksporti uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash orqali yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar yaratish bi- lan almashtirilmoqda. Tabiiy gazga asoslangan yuqori texnologiyali ma- halliy mahsulotlarni yaratish nafaqat ichki ehtiyojimizni qoplaydi, balki xomashyo eksportiga nisbatan O‘zbekistonga valyuta oqimining sezilarli o‘sishini ta’minlaydi. GTL mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromad gaz eksportidan kamida 2,5 baravar yuqori. Shu bilan birga, kelgusida neft-kimyo mahsulotlari LAB (chiziqli alkilbenzol), LAS (chiziqli alkilbenzol sulfonat), geksen-1, buten-1, sintetik moylar kabi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish imkoniyati mavjud. , GTL zavodi negizida kerosin granulalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilishi re- spublikada uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash va neft va gaz kimyosini yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Bu tabiiy gazdan yanada samarali foydalanishni va’da qiladi, gazni yanada samarali ishlatish imkonini beradi va mamlakatimiz tabiiy boyliklaridan farzandlarimiz, nabiralarimiz va kelajak avlodlarimiz foydalanishini ta’minlash maqsadini amalga oshirishga yordam beradi. 2.2 ”Uzbekistan GTL” kompaniyasining eksport salohiyati tahlili Korxona mahsulotlari hisobiga, yiliga 500 million dollarlik import orni qoplanadi, 200 million dollarlik eksport va 2 trillion somlik soliq bazasi oshishiga imkoniyat yaratiladi. Shuningdek 300 million dollarlik tabiiy gaz qayta ishlanib, uni qiymati 3 barobar yuqori va dunyo bozorida talab katta bolgan tayyor mahsulotlarga aylantirishga erishiladi.Aviakerosinga bolgan talab toliq qoplanadiBu noyob korxonada aviakerosin ishlab chiqar- ishning boshlanishi mamlakatimizda talab yuqori bolgan ushbu mahsulot- ning narxi sezilarli arzonlashishiga, shuningdek mavjud aviakerosin muam- mosini bartaraf etishga xizmat qiladi. Yanada ahamiyatlisi, bu yerda ishlab chiqariladigan aviakerosin eng zamonaviy samolyotlarga moljallan- 17 gani, yani aviakompaniyalarga atmosferaga chiqariladigan zararlarni ka- maytirishning xavfsiz va daromadli usulini taklif etish orqali kelgusida Ozbekistonda ushbu mahsulotlar hisobiga aviatsiya xablarini tashkil qil- ish hamda yuk tashishda xizmat qiladigan yirik logistika kompaniyalarini rivojlantirishga imkoniyat yaratadi. Ekologik toza dizel Ishlab chiqariladi- gan dizel yoqilgisi yuqori texnik tavsifga ega va tarkibida oltingugurt miq- dori deyarli bolmagani sababli atmosferaga aytarli chiqit chiqmaydi. Bu esa, GTL dizelini toza holda dizel dvigatellarida qollash, ananaviy dizel mahsulotlari bilan aralashtirish uchun xomashyo sifatida foydalanish ham mumkin. Uning toza va toliq yonishi esa dvigatellarning foydalanish mud- datini uzaytirib, yonilgi-moylash materiallarini almashtirish oraligini os- hirish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.Elektr taminotidagi innovatsion yechimIshlab chiqarish jarayonlarini elektr energiyasi bilan taminlashda ham innovatsion yechimlar qollanilmoqda. Yani, texnologik jarayonlarda hosil boladigan bug hisobidan, yiliga 650 million kilovatt-soat elektr en- ergiyasi ishlab chiqarilib, korxona toliq ozini ozi energiya bilan tamin- laydi.Toliq avtomatlashtirilgan boshqaruv Korxona boshqaruv markazi toliq avtomatlashtirilgan bolib, bu yerda ishlab chiqarish, monitoring va xavfsi- zlikni taminlovchi butun tizim boshqarib boriladi. Bu kabi muhim jaray- onlarga inson omili tasiri juda kam darajani tashkil qiladi. Yangi ish- lab chiqarish quvvatlarini yaratishga imkoniyat Korxonada ishlab chiqar- iladigan nafta mahsuloti hisobidan viloyatdagi “Shortan gaz-kimyo” maj- muasining ishlab chiqarish quvvatini 3 barobarga kengaytirish imkoni yarati- ladi. Yani, naftani qayta ishlash hisobidan yiliga 380 ming tonna polietilen va polipropilen tayyorlanadigan yangi ishlab chiqarish quvvatini ishga tushirish va qoshimcha mingga yaqin yangi ish orinlari yaratishga erishiladi. Shun- ingdek, korxona mahsulotlaridan xomashyo sifatida foydalangan holda, korxona negizida alkil-benzol, buten va geksen, sintetik moylar, malein angidrid, emulsion qoshimchalar, katalizatorlar kabi mahsulotlar ishlab chiqarish boyicha qiymati 620 million dollar bolgan 6 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Xulosa qilib aytganda, mazkur mega loyiha yoqilgi mahsulotlari importini kamaytirishga, eksportning oshishiga, iqti- 18 sodiyot tarmoqlarini ekologik toza yoqilgi bilan taminlashga, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga xizmat qiladi. 2.3 ”Uzbekistan GTL ” kompaniyasining xarajatlari tahlili “Uzbekistan GTL” MChJ (“ Kompaniya ”) O‘zbekiston Respublikasi Prezi- dentining qarorlariga muvofiq “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining tozalan- gan metan asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish” (“Loyiha”) in- vestitsiya loyihasini amalga oshirmoqda . 15.10.2009 y. PQ-1206-son, 19.09.2011 y. PQ-1618-son, 29.12.2016 y. PQ-2706-son va 17.04.2019 y. PQ-4293-son. Loyihaning umumiy qiymati 3 421,8 million dollarni tashkil etadi va hozirgacha quyidagi tartibda o’zgargan: 1-rasm. 19 Loyihani moliyalashtirish doirasida quyidagi xalqaro moliya institutlar- idan 2 300 million dollar miqdorida kreditlar jalb qilindi: 2-rasm. 20 Xulosa Mahsulot sifati sanoat ishlab-chiqarish xo’jalik faoliyatining asosiy, eng muhim ko’rsatkichlaridan biri xisoblanadi. Mahsulot sifati mahsulotning iste’mol xususiyatlari majmui bo’lib, uning xalq xo’jaligi va aholining muayyan ehtiyojlariga yaroqliligini ifodalaydi. Mahsulot sifati tayyorlangan mah- sulotning mustaqilligi, kulayligi, ishonchliligi, chidamliligi, tejamkorligi, go’zalligi va boshqa bir qator xususiyatlari bilan belgilanadi. Shu sababli mahsulot sifatini yaxshilash jamiyatga juda katta samara keltiradi: mablag’larni tejaydi, tannarxni kamaytirish, foydani ko’paytirish va shu asosda mam- lakat xazinasini to’ldirishga imkon beradi. Mahsulot sifatini yaxshilash va uning raqobatbardoshliligini ta’minlash davlat siyosatining eng muxim muammolaridan biri xisoblanadi. Shu sababli Oliy Majlis qonunlarida, Prezident farmonlarida va hukumat qarorlarida mahsulot va ish sifatini oshirishga alohida e’tibor berilib, ularda barcha turdagi mahsulotlarning texnik darajasi, tejamliligi va sifati oshirilsin deyiladi, yangi o’zlashtiriladigan mahsulotlar o’zining sifat va texnik-iktisodiy tavsiflari jihatidan jahon fan- texnika va texnologiyasi erishgan ilgor yutuklarga mos boshka bir qator ko’rsatmalar berilgan. Maxsulot sifati muammosiga tegishli masalalardan biri standartlashtirishdir. Yana bir muhim masala — sertifikatlashtirishdir. Bu ikki faoliyat fan-texnika, amaliy tajribalarning oxirgi yutuklariga tayan- gan holda ishlab chiqarish rivojiga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Mahsulot sifati oshirilishini attestatsiya kilish va rag’batlantirish aloxida ahamiyat kasb etadi. Maxsulot sifatini moddiy rag’batlantirishda maxsulotning bir me’yorda ishlab chiqarilishi ko’rsatkich sifatida e’tiborga olinishi lozim. 21 Foydalanilgan adabiyotlar 1. Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. -T: O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi, 2004. 2. Ibragimov R.G. Marketing. Toshkent, Sharq-matbaa aksiyadorlik kom- paniyasi bosh taxririyati, 2002. 3. Razzoqov A., Toshmatov Sh., O’rmonov N. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. -T.: Moliya, 2002. 4. O’lmasov A., Vahobov A. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. – T.: Sharq, 2006. 5. Sharifxo’jayev M., Abdullayev Yo. Menejment: Darslik. –T: O’qituvchi, 2001. 6. “Iqtisodiyot va talim” jurnali. –T., 2010-2018 yillar sonlari. 7. .“O’zbekiston iqtisodiy axborotnomasi”jurnali. –T., 2010-2018 yillar sonlari. 8. .“Bozor, pul va kredit” jurnali. –T., 2010-2018 yillar sonlari. 9. .Gimush R.I., Matmuradov F.M. Innovatsion menejment O’quv qo’llanma. - T.: 2008 y. 22 Document Outline
Download 323.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling