Iqtisodiyotga kirish
Fanning zamonaviy shart-sharoitga xos vazifalari
Download 47.54 Kb.
|
Iqtisodiyotga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
4. Fanning zamonaviy shart-sharoitga xos vazifalariHar qanday fan kabi “Industrial iqtisodiyot” fani ham eng avvalo, bilish vazifasini bajaradi. Uning asosiy vazifasi talabani sanoat va qurilish sohasiga taalluqli iqtisodiy bilim va ko’nikma bilan qurollantirishdan iboratdir. Bu fan, birinchidan, iqtisodiyotning sanoat va qurilish sohalaridagi sirasrorlarini bilib olishga; ikkinchidan, bu tarmoq iqtisodiyotida qo’llaniladigan barcha iqtisodiy tushunchalarni tavsiflashga, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy in’ikosi, ifoda etilishi ekanligini bilib olishga yordam beradi; uchinchidan, ishlab chiqarish san’atini egallash bo’yicha bilim va ko’nikma beradi. Demak, “Industrial iqtisodiyot” ning bilish, nazariy vazifalari bilan uning amaliy vazifalari ham mavjuddir. Shu tufayli har bir iqtisodchi mavjud iqtisodiy ko’rsatkichlar-ning mohiyati va ahamiyatini yaxshi tushunishi, ularni to’g’ri hisoblash va aniqlashni bilishi, ular dinamikasidan tegishli xulosa chiqarishi kerak bo’ladi. Har qanday bilim ham, hatto jamiyat hayotining chuqur negizlariga kirib boruvchi ilm ham o’z-o’zidan qimmatli bo’lmay, balki harakat uchun qo’llanma bo’lib, jamiyatni tubdan o’zgartirishning amaliy maqsadlariga xizmat qilganligi uchun qimmatlidir. Shu sababli “Industrial iqtisodiyot” ham fundamental fanlar qatoridan o’rin olib, iqtisodiy taraqqiyotning muhim qonun-qoidalaridan sanoat va qurilish sohalarida foydalanish yo’llarini ko’rsatib beradi. “Industrial iqtisodiyot” fanining muhim vazifalaridan biri – bu metodologik vazifadir. “Industrial iqtisodiyot” iqtisodiy fanlar majmuida alohida o’rin egallaydi, chunki barcha iqtisodiy metodologik masalalarning ilmiy va amaliy talqini, eng avvalo, sanoat va qurilish sohalarida amalga oshiriladi. Bilimning turli tarmoqlari chegarasida tutashgan bir qator fanlar, xususan, mikro va makroiqtisodiyot, marketing va menejment, statistika nazariyasi, buxgalteriya hisobi va audit, moliya va kredit fanlari industrial iqtisodiyot bilan chambarchas bog’liq. Bu fanlar tadqiqot yoki bilish, anglash yo’lini shakllantirish jarayonida “Industrial iqtisodiyot” fanining tajribasiga suyanadi va tarixiy nuqtai nazardan yondashadi. Bu fanning vazifalari Respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning obyektiv sharoitlari, O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari va amalga oshirila-yotgan islohotlarning mohiyati, ahamiyati va mazmuni bilan belgila-nadi. Ulardan eng muhimlari quyidagilardan iborat3: mustaqil va qudratli davlat iqtisodiy siyosatining maqsadi va mohiyatini tushungan holda sanoat ishlab chiqarishi hamda uning bo’g’inlarida bu siyosatni amalga oshirishning yo’l-yo’riqlarini to’la anglash; sanoat ishlab chiqarishining va qurilishning holati va rivojlanish xususiyatlarini o’rganish, tahlil etish va uning istiqbolini belgilashni fikrlash; sanoat ishlab chiqarishi va qurilishni tashkil etish, boshqarish, samaradorligini oshirishning ilmiy va amaliy asoslarini aniqlash bo’yicha bilim va ko’nikma berish; sanoat va qurilish resurslari, ishlab chiqarish fondlari va quvvatlaridan unumli, samarali foydalanish; fan-texnika taraqqiyotining iqtisodiy ahamiyati va mohiyatini tahlil etish, sanoat mahsulotlarining sifati va uning raqobatbar-doshligini ta’minlash, ishlab chiqarishning foydaliligini oshirishga yordam beradigan bilim va ko’nikma berish. Shu bilan birga ushbu fanning vazifasi sanoat sohasida tashqi iqtisodiy faoliyatning mohiyatini, ahamiyati va mazmuni hamda sanoat ishlab chiqarish va qurilish bo’yicha o’zaro hamkorlik va iqtisodiy integratsiyaning rolini tushuntirib berishdan ham iborat. Fanning yana bir vazifasi – bu sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlar tizimi, mahsulot tannarxi, narxlarning shakllanishi, rentabellik, sanoat va qurilishni moliyalash va kreditlash masalalari to’g’risidagi bilim va ko’nikmalar bilan o’quvchilarni qurollantirishdir. Xulosa“Industrial iqtisodiyot» kursi iqtisodiyot fanining muhim qismi, bilim va ko’nikma beruvchi fan hisoblanadi. U sanoat ishlab chiqarishi va iqtisodiyotning boshqa sohalari uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. “Industrial iqtisodiyot» fan sifatida tasvirlash, tushuntirish va kelajakka tegishli voqeliklarni bashorot qilishni ta’minlaydigan nazariya va metodoligiyani qo’llashga asoslanadi. “Industrial iqtisodiyot» ilmiy kurs sifatida umum iqtisodiy qonunlarni chuqurlashtiradi, aniqlashtiradi va xususiy hamda o’ziga xos qonuniyatlarni shakllantiradi. U bu qonuniyatlar, shuningdek, fundamental qoidalarni sanoat tarmoqlarining ba’zi bir tipik guruhlariga muvofiq tarzda o’rganadi. “Industrial iqtisodiyot» talabalarni ma’lum tarmoqning korxona (firma)larida sodir bo’ladigan voqealarni rejalashtirish, bashoratlash, tahlil etish, hisob va hisobot ishlarini yuritish bo’yicha zarur bo’lgan bilimlar bilan qurollantiradi. “Industrial iqtisodiyot» ilmiy kurs sifatida mamlakat ichida va xorijda yuz berayotgan iqtisodiy jarayonlarni bilishga imkon beradi. Download 47.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling