O’zbekiston xalqaro munosabatlar tizimida


Download 51.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi51.17 Kb.
#1607916
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
O’zbekiston xalqaro munosabatlar tizimida



UzReferat.ucoz.net 
O’zbekiston xalqaro munosabatlar tizimida 
 
O’zbekistonning mustaqillikka erishishi va 
xalqaro nufuzining oshishi 
 
Mustaqil O'zbekiston Respublikasi tasodifan paydo 
bo'lgan emas. Bu o'lka eng qadimiy davlatchilik 
markazlaridan biridir. O'zbekiston mustaqillikka 
erishgandan keyin xalqaro munosabatlarda, birinchi 
navbatda, umuminsoniy qadriyatlar va xalqaro huquq 
normalariga amal qilish bilan birga, o'zimizga xos 
bo'lgan tarixiy an'analarni rivojlantirib kelmoqda. 
Mustaqil O'zbekiston dastlabki kunlardanoq xalqaro 
munosabatlarda erkin tashqi siyosat yurita boshladi. Bu 
siyosat O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida to'la 
qonunlashtirildi. Konstitutsiyaning 17-moddasida: 
«O'zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning 
to'la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati 
davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki 
kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, 
nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning 
ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro 
huquqning umum e'tirof etilgan boshqa qoidalari va 
normalariga asoslanadb, deyiladi. Agar bu fikrlarni 
1978-yilgi O'zbekiston SSR Konstitutsiyasining 26-
moddasidagi: «O’zbekiston SSR o'zining tashqi siyosiy 
faoliyatida SSSR Konstitusiyasida belgilangan tashqi 
siyosat maqsadlari, vazifalari va prinsiplariga amal 


UzReferat.ucoz.net 
qiladi», degan so'zlar bilan solishtirsak manzara o'z-
o'zidan ravshan bo'ladi. 
Mustaqillik tufayli O'zbekiston jahonga yuz tutdi, 
xalqaro maydonda o'z obro'yiga, o'z nufuziga ega bo'ldi. 
O'zbekistonning milliy manfaatlariga mos keluvchi faol 
tashqi siyosatning yuritilishi - bu davlat mustaqilligini 
mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf qilish 
va xalqning turmushini yaxshilashning eng muhim 
vositasi va zaruriy shartidir., «0'zbekistonning 
jahondagi obro'-e'tibori yuksalib borayotgani eng 
avvalo: 
— yurtimizda demokratik va bozor iqtisodiyoti 
islohotlarini amalga oshirish natijasida qo'lga 
kiritilayotgan ulkan ijobiy o'zgarishlarda, ularning 
xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilishida 
mujassam bo'lmoqda; 
— bu - davlatirnizning jahon ahliga yaxshi ma'lum 
bo'lgan, mintaqamizda barqarorlik va xavfsizlikni 
mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarning amaliy 
samarasida o'z ifodasini topmoqda; 
— va nihoyat, bu - mamlakatimizning xalqaro 
siyosat maydonida olib borayotgan har tomonlama 
puxta ishlangan, chuqur o'ylangan tashqi siyosatining 
natijasi sifatida namoyon bo'lmoqda.
1
1992-yilda mamlakatimizning davlat mustaqilligini 
120 mamlakat rasman tan olib, ularning 45 tasi bilan 
diplomatik aloqalar o'rnatilgan bo'lsa, hozirgi vaqtda 
O'zbekistonni 165 davlat tan oldi va dunyodagi 120 dan 


UzReferat.ucoz.net 
ortiq mamlakat bilan rasmiy diplomatiya munosabatlari 
o'rnatildi. Toshkentda 45 mamlakat va 20 ta xalqaro 
tashkilotlarning missiyalari akkreditatsiya qilingan. 
O'zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-martda BMTga 
teng huquqli a'zo bo'ldi. Nyu-York shahridagi BMT 
binosi oldida mamlakatimizning davlat bayrog'i 
tantanali ravishda ko'tarildi. 1993-yilning fevralida 
O'zbekistonda BMTning vakolatxonasi ish boshladi. 
Tez orada ushbu vakolatxonada BMTning bir qancha 
maxsus muassasalari (Taraqqiyot dasturi, Bolalar 
jamg'armasi, Qochoqlar ishi bo'yicha Oliy Komissari 
Boshqarmasi, Sanoat taraqqiyot dasturi, Jahon sog'liqni 
saqlash tashkiloti, YNESKO kabilar) ham o'z 
faoliyatlarini boshladilar. Xalqaro miqyosdagi ana 
shunday obro'li tashkilotning faoliyatida ishtirok etish 
har bir davlat uchun faxrlidir. O'zbekistonning 
iqtisodiyot, ijtimoiy, sog'liqni saqlash, madaniyatni 
tiklash, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa 
sohalarda BMT bilan hamkorligi kuchayib bormoqda. 
O'zbekistonning BMT faoliyatidagi ishtiroki bu 
tashkilotning 50 yilligi munosabati bilan Bosh 
Assambleyaning 50-sessiyasi maxsus tantanali 
yig'ilishida respublikamiz rahbari Islom Karimovning 
nutq so'zlashi bilan yangi bosqichga ko'tarildi. Ushbu 
nutqda BMT tuzilmalarini isloh qilish bo'yicha bir 
qator, jumladan, Germaniya va Yaponiya singari 
davlatlarni Xavfsizlik Kengashiga doimiy a'zolar 
sifatida kiritish, Bosh kotib vakolatlarini kuchaytirish


UzReferat.ucoz.net 
xalqaro mintaqaviy tashkilotlar bilan BMT aloqalarini 
kuchaytirish takliflari kiritildi. 
2002-yilda Nyu-Yorkda O'zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I. A. Karimovga «Xalqaro miqyosdagi lider» 
mukofotining topshirilishi mamlakatimizning jahondagi 
nufuzini dunyoning eng rivojlangan, eng yirik, eng 
kuchli davlatlari ham tan olganligining belgisi bo'ldi. 
Haqiqatan ham, mamlakatimizning xorijiy davlatlar 
bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari yildan 
yilga kuchayib bormoqda va biz dunyo hamjamiyatida 
munosib o'rin egalladik. Xorijiy mamlakatlar bilan 
aloqalar mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojiga ham 
ta'sir ko'rsatmoqda. 2003-yilda mamlakat iqtisodiyotiga 
2 trillion so'mga yaqin, ya'ni avvalgi yilga nisbatan 4,5 
foiz ko'p chet el sarmoyalari kiritildi. Bu 
investitsiyalarning asosiy qismi mamlakatimizning 
jahon bozorida, dunyo iqtisodiy hayotida munosib o'rin 
egallashida hal qiluvchi rol o'ynaydigan iqtisodiyotning 
yetakchi tarmoqlarini, shuningdek ijtimoiy soha
jumladan ta'lim va tibbiyot sohalarini rivojlantirishga 
yo'naltirildi. 

Download 51.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling