O`zbekiston xalqlari madaniyati tarixi fanidan
Download 40.14 Kb.
|
5-МАВЗУ-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yusufjon qiziq Shakarjonov
- Muxokama qilinayotgan davrda
O`zbek xalq teatri o`tgan asrda, asosan, ikki xilda namoyon bo`lgan: masharaboz-qiziqchilar hamda ko`g`irchoq teatri. Birinchi xili asli bir necha janrlardan: kichik satirik mazmundagi sahnalarni bajaruvchi masharaboz - qiziqchilardan, saxnalashtirilgan chiqishlar bajaruvchi yirik vakillardan, ya‘ni askiyaboz, dorboz, muallaqchi, nayrangboz (fokuschi), yog`ochoyoq va musiqachilar qurilmasidan iborat bo`lgan. Ikkinchi hili qo`g`irchoq teatri yoki qo`g`irchoq o`yin xamda qo`l qo`g`irchog`i, ya‘ni qo`l bilan boshqariladigan chiqishlar xamda ip bilan boshqariladigan ko`g`irchoq o`yin (chodir xayol)dan tashkil tongan.
Barcha xalq teatri san‘atkorlari bir uyushmaga birikkanlar. Masharaboz va qiziqchilar san‘ati hazil va hajv yo`llariga ega bo`lib, hayotiy voqelikni aks ettirganligidan tomoshabinlarni mamnun qilgan. Bular orasida ajoyib ko`mik va hikoyachi, ko`pdan-ko`p xajviy asarlar muallifi Yusufjon qiziq Shakarjonov (1868—1959) mashhur edi. Yangi ko`rinishdagi milliy teatrni yaratish ishiga jadidlar bosh-qosh bo`ldilar. 1911 yili Mahmudho`ja Bexbudiy dastlabki yozma milliy sahna asari «Padarkush» dramasini yaratdi. 1914 yilning 27 fevralida Toshkentda Abdulla Avloniy tuzgan teatr truppasi- O`zbek milliy teatrining birinchi mavsumi «Padarkush» bilan ochildi va muvaffaqiyat qozonib, el og`ziga tushdi. 1917 yilgacha o`zbek dramalarining soni 40 ga yetgan. Muxokama qilinayotgan davrda kino, qiziqchilik-masharabozlik, askiya, sirk-dorbozlik san‘ati ijodi namunalarini jiddiy rivojlandi deb aytishimiz mumkin. Ayniqsa ayollar qiziqchiligi yaxshi rivojlandi. Ayollar qiziqchiligi (teatr) - XVIII-XIX asrlarda o`zbek xotin-qizlari orasida keng tarqalgan xalq og`zaki san‘atining bir turi. XIX asrda Qo`qonda Iqlim dodho degan san‘atkor rahbarligida ayol qiziqchilar guruhi tashkil etilgan. Guruh repertuari qiziqchilik, kulgili hikoyalar, hajviy qo`shiqlar, raqs va yallalardan iborat bo`lgan. XIX asr va XX asr boshlarida Samarqand viloyati, G`us qishlog`idan Qursiya Rustamova, Ro`zixon Shoimova, Qashqadaryo viloyatidan Xongul Olimova, Basgul Qudratova, Toshkent viloyatidan Salomat Mutalova, Adolat Tursunova, Andijon viloyatidan Sojida Niyozmatova, Sottixon Ashurova kabi ayollardan ko`plab taniqli masxaraboz va qiziqchilar chiqqan. Bosh mavzu - xotin-qizlarning kundalik hayoti, o`y-fikrlari, dardlari, orzu-istaklari, taqdirlari bo`lgan. Bidiyorshum (XVIII asr II yarmi - XIX asr I yarmi). Qo`qonlik. Asl ismi Muhammad Solih. O`zbek xalq an‘anaviy teatrining aktyori va og`zaki pyesalar ijodkori. XVIII asrda Qo`qonda tashkil qilingan professional aktyorlar uyushmasining («Kasbi sozanda») yetakchisi. Hajviy she‘rlar ham yozgan. Qo`shiqlarga kuylar bastalagan, raqslarni sahnalashtirgan. Aktyorlar uyushmasida Xudoyberdi ustoz, Rustam hofiz, Boymat hofiz, Abdurahmon pari, A‘zamxon qiziq, Zokir eshon singari o`z davrining mashhur, el e‘zozlagan qiziqchi aktyorlari, sozandalari, hofizlari va raqqoslari xalqqa astoydil xizmat qilganlar. Xudoybergan Devonov (1878-1940). Xivalik. Ijodi Toshkentda davom etgan birinchi o`zbek kinooperatori. 1907-1908 yillarda Moskva va Peterburgdan teleskop, foto va kino asboblari olib kelib, ilk fotolaboratoriya tashkil qilgan. Bu laboratoriya Xorazmda kinostudiya vazifasini bajargan. U «O`rta Osiyo me‘moriy yodgorliklari», «Turkiston ko`rinishlari», «Xiva va xivaliklar» kabi qisqa metrajli filmlar yaratgan. Xorazm xalqi urf-odatlari tasvirlangan mingga yaqin suratlar ishlagan. Keyingi yillarda esa maktab, internatlar ochib, unda foto-kino ishlarini olib borgan. 1.Rossiya imperiyasining ma‘murlari Turkiston o`lkasi xalqlarining milliy madaniyatiga kanday munosabatda bo`ldilar? 2.Mustamlakachilarning ta‘lim sohasidagi siyosatining asosiy yunalishlarini ochib bering. 3.Kurilayotgan davrda me‘morchilik, ko`shiqchilik va mus iqa sanatida kanday o`zgarishlar yuz berdi? 4.Bu davrda o`zbek teatr san‘ati kanday rivojlandi? 5.O`lkada ilmiy jamiyat va muassasalarning tashkil tonishi ilmfan rivojida kanday o`rin tutdi? Mavzuni o`qitishda” Download 40.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling