O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabi bilan tashkil etiladigan bayram


Download 18.5 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi18.5 Kb.
#1142494
Bog'liq
udar senariy


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabi bilan tashkil
etiladigan bayram
DASTURI


2022 yil 14 yanvar Yoshlar press-klubi


Tashkilotda faoliyat yuritayotgan yigitlarga bag‘ishlangan videorolik namoyishi.


1-Boshlovchi: Assalom ona yurt tonglar o‘lkasi
Ta’rif tavsifingni yo‘q nihoyasi
Senga bag‘ishlanur muqaddas qo’shiq
Bu O’zbek elining o’z madhiyasi.

Diqqat O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangraydi.




2-Boshlovchi: Darxaqiqat, mustaqilligimizning ilk yillaridanoq mamlakatimiz mudofaasini kuchaytirish masalasi davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olindi. 1993-yilning 29-dekabrida 14-yanvar yurtimizda “ Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi. 
1-Boshlovchi: Siz-u bizning bugungidek tinch, xotirjam xayotimiz asoschilari hisoblangan,taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta bo‘layotgan o‘g‘lonlarimizni har kancha e’zozlasak, ko‘kka ko‘tarsak, arziydi.
2-Boshlovchi: Shunday ekan, bugungi bayram tadbirini ochib berish va tashkilotimizning mard-jasur o‘g‘lonlarini qutlash uchun tabrik so‘zini Yoshlar ishlari agentligining direktor o‘rinbosari Kattaxanova Dilnoza Sabirjanovnaga bersak. !
1-Boshlovchi: Bugungi kun yurtimiz o‘g‘lonlari buyuk bobokalonimiz izdoshi bo‘lib kelmoqda. Ulug‘ ajdodlarimizning ma’naviy olami xususida fikr yuritganda, butun dunyoga ma’lum va mashhur bo‘lgan Sohibqiron Amir Temur bobomiz haqida alohida to‘xtalishimiz tabiiydir.


2-Boshlovchi: Chunki azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo‘lgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o‘zida ham amaliy, ham nazariy meros qoldirdi, ilmu fan, madaniyat, bunyodkorlik, din va ma’naviyat rivojiga keng yo‘l ochdi.

2-Boshlovchi: Darxaqiqat, bugun yoshlar tashkilotida faoliyat yuritayotgan barcha yigitlar o‘zining aqliy salohiyati, fidoyiligi bilan barchaga o‘rnak bo‘lishga arziydi.




1-Boshlovchi: Hozir e’tiboringizga tashkilotimizning o‘g‘lonlarini ayyom bilan qutlash maqsadida tayyorlangan ajoyib rolikga bersak.
(Rolik)
1-Boshlovchi: Saflarda qad kerib turgan ey askar,
Bilgil, mardni ko‘rsa, chekinar xatar.
Yurakni, bilakni etgil safarbar,
Gulday diyoringni asra hamisha!
2-Boshlovchi: Yigitlarni qutlash uchun tashkilotimizning faol qizlari tomonidan maxsus tayyorlangan musiqiy chiqishni namoyish etsak.


LEYTENAT qo‘shig’i


1-Boshlovchi: Yigitlarimiz qutlash uchun bir-biridan ajoyib chiqishlar hamda qiziqarli o’yinlar tashkil etilgan. Keling har bir tashkilot vakillaridan iborat juftliklarni saxnamiz markaziga taklif etsak.


1-o’yin. (BLITS savollar) 3-nafardan hodim

2-o’yin. (Shaxmat o’yini (limon/limon ))




Jamoalar: Ittifoq-agentlik
Agentlik-jamg’arma
Ittifoq-jamg‘arma


3-o’yin. “Buzuq telefon o’yini” har bir tashkilotning 6 nafardan ishtirokchilari sahnaga chiqadi. Mavzu : “Rahbar topshirig‘i”

  1. Texnik hodim (qo’riqchi, xizmatchi hodim)

  2. Bo’lim yetakchi mutaxassisi

  3. Bosh mutaxassisi

  4. Bo’lim boshligi

  5. Boshqarma boshlig‘i

  6. Boshliq



2-Boshlovchi: Shuning bilan siz aziz yigitlarga bag‘ishlangan bayram tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi!


1-Boshlovchi: Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! Vatan himoyachilari doimo omon bo‘lsinlar!!!!
Download 18.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling