O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to‘lov- kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol


Download 129.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana09.01.2022
Hajmi129.53 Kb.
#255564
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2961-1~1

1-bob. Umumiy qoidalar

1.  Mazkur  Nizom  qoidalari  oliy  ta’lim  muassasalarining  bakalavriat  va  magistratura  bosqichlarida

to‘lov-kontrakt  asosida  o‘qishning  kunduzgi  bo‘limida  (ikkinchi  mutaxassislik,  sirtqi  va  kechki  ta’lim  bundan

mustasno) tahsil olayotgan talabalarga qo‘llaniladi.

2.  Mazkur  Nizomga  muvofiq  to‘lov-kontrakt  asosida  tahsil  olayotgan  talabalar  Ittifoqning  oliy  ta’lim

muassasalaridagi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatida faol qatnashgan taqdirda Ittifoq tomonidan moddiy qo‘llab-

quvvatlanadi.



01.02.2021

 2961-сон 10.01.2018. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘…

https://lex.uz/ru/docs/-3497684

2/3


Moddiy  qo‘llab-quvvatlash  Ittifoq  tomonidan  talabaning  o‘qishi  uchun  to‘lanadigan  yillik  to‘lov-

kontrakt  miqdorining  35  foizini  to‘lab  berish  orqali  amalga  oshiriladi.  Bunda  talabalarni  moddiy  qo‘llab-

quvvatlash  ular  tomonidan  shartnomada  belgilangan  to‘lov  miqdorining  65  foizini  belgilangan  muddatlarda

to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi.

3.  O‘zbekiston  Respublikasining  ta’lim  muassasalariga  o‘qishga  qabul  qilish  bo‘yicha  Davlat

komissiyasining qarori asosida qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichiga o‘qishga qabul qilingan

talabalar ikkinchi bosqichdan boshlab moddiy qo‘llab-quvvatlanish huquqiga ega bo‘ladilar.

4.  O‘zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlari  safida  muddatli  harbiy  xizmatni  o‘tab,  harbiy  qism

Qo‘mondonligining  tavsiyanomasi  asosida  oliy  ta’lim  muassasalariga  to‘lov-kontrakt  asosida  o‘qishga  qabul

qilingan va Ittifoq tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilayotgan talabalarga mazkur Nizomda belgilangan moddiy

qo‘llab-quvvatlash imtiyozlari tatbiq etilmaydi.


Download 129.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling