Oʻzbekistonda 20-30-yillarda ilm-fan


O’ZSSRning tashkil topishi


Download 55.7 Kb.
bet17/18
Sana30.03.2023
Hajmi55.7 Kb.
#1309785
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
fjjdh

O’ZSSRning tashkil topishi
Siyosiy tarixi va davlat boshqaruvi. Oʻrta Osiyoda milliyhududiy chegaralanish oʻtkazilishi natijasida Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tugatilib, uning hududi yangi tuzilgan OʻzSSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (OʻzSSR tarkibida, 1929-yildan Tojikiston SSR), shuningdek, Qoraqirgʻiz (Qirgʻiziston) muxtor viloyati (RSFSR tarkibida; Qirgʻiziston SSR), Qoraqalpoq muxtor viloyati (Qozogʻiston ASSR tarkibida; keyinchalik Qoraqalpogʻiston ASSR, 1936-yildan OʻzSSR tarkibida) tarkibiga kiritildi.Umumoʻzbek sovetlarining Buxoroda boʻlgan 1qurultoyi (1925-yil 13—17 fev.)da «Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish toʻgʻrisida deklaratsiya» qabul qilindi. Qurultoyda respublikaning oliy organlari: OʻzSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi OʻzSSR MIK vaOʻzSSR Xalq Komissarlari Soveti — OʻzSSR XKS tuzilgan. OʻzSSR maʼmuriy jihatdan 1925-yilda dastlab 8 ta viloyat (Samarqand, Toshkent, Fargʻona, Xoʻjand, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm) va Tojikiston ASSR (1929-yilgacha OʻzSSR tarkibida boʻlgan), 22 uyezd va 241 volostga boʻlingan. 1926-yilda maʼmuriy-iqtisodiy r-nlashtirish amalga oshirilgan. 1987-yil da OʻzSSR tarkibiga Qoraqalpogʻiston ASSR (1936-yildan u OʻzSSR tarkibida boʻlgan), 12 ta oblast (Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Xorazm, Qashqadaryo), 155 r-n, 123 shahar, 95 ta posyolka hamda Toshkent shahri kirgan. OʻzSSR Butunittifoq sovetlarining 3syezdi (1925-yil 13-may)da SSSR tarkibiga kiritilgan. 1927, 1937, 1978-yillarda OʻzSSR Konstitutsiyalari qabul qilingan.Resblika siyosiy hayotida Oʻzkompartiya (1925-yil fev. daBuxorodatuzilgan)yetakchi rol oʻynagan.OʻzSSRdahokimiyatning qonun chiqaruvchi oliy organi — OʻzSSR Oliy Soveti (1937-yildan) hamda ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi — OʻzSSR Ministrlar Soveti (1946-yildan) hisoblangan. Davlat hokimiyatining mahalliy organlari — 2,5 yilga saylanadigan xalq deputatlarining oblast, r-n, shahar, posyolka, qishloq va ovul sovetlari boʻlgan. Biroq amalda hokimiyat Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (KPSS)ning respublikadagi boʻlimi — Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va markaz gumashtalari qoʻlida boʻlgan. (OʻzKPb) eʼtiborini sovet hokimiyatini mustahkamlashga, bosmachilik va mahalliy mulkdorlarga qarshi kurashga, sotsialistik industrlashtirishni amalga oshirishga, q. x. ni kollektivlashtirishga, madaniy inqilobni oʻtkazishga qaratgan.


Download 55.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling