O‘zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” maxsus kursining predmeti – uning asosiy tamoyillarining jamiyat hayotida amal qilishi natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Fuqarolik jamiyati o‘quv kursi ijtimoiy fan sifatida – qonun ustuvorligi va inson manfaatlari ta’minlangan, demokratik tamoyillar amal qiladigan ijtimoiy-siyosiy muhitni o‘rganadi.
Yuqorida bayon qilingan fikr-mulohazalardan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
O‘zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” maxsus kursi hozirgi zamon fuqarolik jamiyati ijtimoiy-siyosiy institutlarining o‘ziga xos xususiyatlari kishilarning ijtimoiy ehtiyojlari va manfaatlarini qondirib borishi bilan bog‘liq bo‘lgan muhim va dolzarb bo‘lgan muammolarni o‘rganadi.
O‘zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” maxsus kursi jamiyat hayotining turli soha va yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan fuqarolik jamiyati institutlari huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslari shakllanishining muhim sharti ekanligi bilan bog‘liq muammolarni tadqiq etadi.
O‘zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” maxsus kursi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishda davlat tashqilotlarining jamiyat hayotini boshqarib borishdagi funksiyalarini asta-sekin nodavlat organlarga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni, ular bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganadi.
3-savol. Maxsus kursni o‘qitishning vazifalari. Nazariy – metodologik asoslari.
Maxsus kursni o‘qitishning vazifalari – O‘zbekistonda so‘ngi yillarda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab quvatlash, davlat organlari va ular o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, hamda ushbu sohani tartibga soluvchi huquqiy ba’zani takomillashtirishning mazmun moxiyatini talabalarga tushintirib berish va zamonaviy demokratik talablarga, hamda halqaro standartlarga javob beradigan kadirlarni tayorlashdan iborat.
Maxsus kurs bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar ko‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |