O’zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
Download 41.27 Kb.
|
1-seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Аsosiy adabiyotlar
- 1-savol. “O‘ zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi ” maxsus kursining predmeti.
Мавзу “O’zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” maxsus kursining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy – metodologik asoslari. Reja: 1. Maxsus kursining predmeti, maqsadi. 2. Maxsus kursning vazifalari. 3. Maxsus kursning nazariy – metodologik asoslari. Аsosiy adabiyotlar: 1. Harakatlar strategiyasiasosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari / Mualliflar jamoasi. T.:Gʼafur Gʼulom. 2017. 2. Sharifxoʼjaev M. Oʼzbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi. –T.: Sharq, 2003. 3. Qirgʼizboev M. Fuqarolik jamiyati: genezisi, shakllanishi va rivojlanishi. – T.: Oʼzbekiston, 2010. 4. Jalilov А. boshqalar. Fuqarolik jamiyati asoslari. – T.: Baktria press, 2015. 1-savol. “O‘zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” maxsus kursining predmeti. O‘quv kursining dolzarbligi. “O‘zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” maxsus kursining Andijon davlat universitetining bakalavriat ta’lim bosqichining barcha mutaxassisliklarida “2021-2025 yillarda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” maxsus kursi o‘qitilishi (12 soat ma’ruza, 12 soat seminar, 20 soat mustaqil ta’lim, jami: 44 soat) - Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2021-yil 4-martda PF-6181- raqam bilan imzolagan “2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni asosida ishlab chiqildi. Ushbu farmon o‘z mohiyat-e’tibori bilan yangi O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘ta muhim ahamiyatga ega. Chunki yangilanayotgan O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish, inson huquqlarini, qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, aholining siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish borasida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Farmonda, yurtimizda fuqarolik jamiyatini shakllanishi va rivojlanishida fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, jamoat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘rni beqiyos katta ekanligini ta’kidlagan holda, ularning kelgusidagi istiqboli, jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi rolini yanada kuchaytirib borish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ta muhim muammolarni bartaraf qilishga qaratilgan tadbirlar ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur farmon, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 2021-yil 4-martda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning PF-6181-raqam bilan “2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni 1-ilovasining birinchi bobi “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” deb nomlangan bo‘lib, “Fuqarolik jamiyati institutlariga ko‘mak berish hamda ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmini yanada takomillashtirish” - deb nomlangan ikkinchi qismining 6-bandida "Fuqarolik jamiyati asoslari" fani bo‘yicha o‘quv dasturlari va qo‘llanmalarini tayyorlash, uning asosida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari uchun doimiy ravishda maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish vazifasi belgilab qo‘yilgan. 2016-yildan boshlab O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy o‘zgarishlar, jamiyat hayotining barcha sohalarida yangilanish, fuqarolik jamiyati umumqabul qilingan tamoyillarining real hayotimizdagi amal qilishi yanada ortib bormoqda. Ayniqsa, 2017-yil 7-fevralda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan qabul qilingan, “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi” muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Davlat va xalq manfaatlari, davlat va jamiyatga xizmat qilish madaniyatini shakllantirishda vatanparvarlik ta’limi, O‘zbekistonda uchinchi renessans davrining boshlanishi va uning istiqbollari kabi o‘ta muhim masalalarning barchasi bevosita ta’lim bilan, xususan, oliy ta’limni rivojlantirish bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Parlamentga qilgan murojaatnomasida ta’kidlab ko‘rsatdiki: “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm- fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim”1. O‘zbekistonda yangi jamiyatni rivojlantirish islohotlari jarayonida jahondagi turli mamlakatlarda fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi turli darajada va davrlarda amalga oshirilganligining nazariy va amaliy jihatlarini, tajribalarini o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Chunki, fuqarolik jamiyatining bu ijobiy jihatlari (tamoyillari va belgilarini) sinalgan tajriba sifatida o‘tish davrini o‘z boshidan kechirayotgan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati qurishda e’tiborga olishga imkon beradi. Shu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyati fanini oliy ta’lim tizimida o‘qitish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu o‘quv kursida, yurtimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish, asosiy tamoyillarining amal qilishidagi jiddiy o‘zgarishlar mazmun-mohiyatini talaba yoshlarga yetkazish maqsad qilingan. O‘quv kursida, O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy hayotida keyingi to‘rt yil ichida ro‘y bergan tub o‘zgarishlar, demokratiyaning ko‘plab tamoyillarini hayotga joriy qilishdagi muhim tadbirlarni, hamda 2021-2025 yillarda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining asosiy mazmun-mohiyatini talaba yoshlar ongi va tafakkuriga yetkazish, ularga sodda tilda tushuntirib berish maqsad qilib olingan. Download 41.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling