O’zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi


O‘zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi


Download 41.27 Kb.
bet3/5
Sana06.04.2023
Hajmi41.27 Kb.
#1332943
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-seminar

O‘zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasimaxsus kursining tarkibiy tuzilishi eng avvalo, uning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi g‘oya va qarashlar tarixi bo‘limi: fuqarolik jamiyati o‘quv kursining predmeti, ob’ekti, maqsad va vazifalari; fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi qarashlarning tarixiy rivojlanish bosqichlari va ularning rivojlanib borish tendensiyalari; O‘zbekistonning demokratik taraqqiyot yo‘lida erishgan muvaffaqiyatlari – fuqarolik jamiyati shakllanishining muhim asosidan iborat mavzularni o‘z ichiga olgan.
O‘zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasimaxsus kursining nazariy-metodologik asoslari nomli ikkinchi bo‘limi: milliy g‘oya - O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish konsepsiyasi amal qilishining nazariy-metodologik asosi; birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish konsepsiyasining nazariy jihatdan asoslanishi; O‘zbekiston ijtimoiy hayotining modernizatsiyalashuvi jarayoni: mohiyati va amal qilish xususiyatlari mavzularidan iborat.
2-savol. Maxsus kursining maqsadi.
Ushbu maxsus kursni o‘qitishdan asosiy maqsad – oliy ta’limda taxsil olayotgan talabalar ongiga O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risidagi asosiy tushuncha va tamoyillarni singdirishdan iborat. Kelajakda avvalo, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining munosib fuqarolari bo‘lib yetishishlarini ta’minlash, qolaversa, yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy islohotlarning keng aholi ongiga singdirib borishda faol targ‘ibotchi sifatida bo‘lishlarini ta’minlashdan iborat.
O‘zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasimaxsus kursini o‘qitishdan maqsad talabalarda yangilanayotgan O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy sohalarida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning tub mohiyatini tushuntirishdan iborat. Shuningdek, talaba yoshlar ongida fuqarolik jamiyatiga doir tasavvurlarni singdirish, ularda jamiyatni rivojlantirishga doir mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, Vatanga sadoqat his-tuyg‘ularini yuksaltirish kabilardan iboratdir. Fanning vazifalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- jahon tajribasi va milliy voqeliklarni o‘rganish asnosida fuqarolik jamiyatiga doir konsepsiyalar mazmun-mohiyatini ochib berish;
- talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir tushunchalarni tahlil qilishda, unga doir nazariyalarni o‘rganishda har tomonlama ko‘maklashish, ularning jamiyatga doir qarashlarini boyitish;
- fuqarolik jamiyati qurish islohotlarida shaxsning rolini ochib berish asnosida talabalarda shaxsiy fuqarolik nuqtai nazarlarni shakllantirishga yordamlashish;
- talabalar ongiga fuqarolik jamiyati qurish jarayonida paydo bo‘ladigan muammolar va ularning echimlariga doir bilimlarni singdirish;
- talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir nazariy ishlanmalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishlarida ularga har tomonlama ko‘mklashish;
- taraqqiyotning “o‘zbek modeli” va fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-metodologik asoslariga doir bilimlarni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish;
- talabalarga huquqiy davlat vafuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va o‘zaro ta’sir etish mexanizmlariga doirtushunchalarga doir bilimlar berish;
- fuqarolik jamiyatini barpo etishning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy asoslarini ochib berish;
- fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tayanchi – nodavlat va shaxsiy mulkchilik, tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirishga doir bilimlar berish;
- talabalar ongini fuqarolik jamiyatining ma’rifiy va ruhiy asosi – milliy ma’naviyatni tiklash va uni rivojlantirishga doir bilimlar bilan boyitish;
- “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining mazmun-mohiyatini tushuntirish;
- “Adolat – qonun ustuvorligida” tamoyilining mohiyati va ahamiyatiga doir bilimlar berish;
- saylov huquqi erkinligi - fuqarolik jamiyatining muhim mezoni ekanligini asoslash;
- fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishida jahon tajribasining o‘rnini ochib berish;
- ijtimoiy innovatsiyalarning fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishiga ta’siri to‘g‘risida bilimlar berish;
- siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarni erkinlashtirish islohotlarini fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berish;
- jamiyatda fuqarolar manfaatlari muvozanatini ta’minlash masalasi haqida tushunchalar berish;
- fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda siyosiy partiyalarning o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib berish;
- nodavlat notijorat tashqi lotlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi o‘rnini ochib berish;
- ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirishga doir bilimlar berish;
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yoritib berish;
- jamoatchilik nazorati va davlat o‘rganlari faoliyatining ochiqligini ta’minlanishi masalalarini yoritish;
- ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bilimlar berish va yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyalarini shakllantirish mexanizmlariga doir bilimlar berish.
O‘zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasimaxsus kursini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalarda quyidagi bilim, ko‘nikma shakllantiriladi.
“O‘zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida nazariy bilimlar va ularning O‘zbekiston va jahon tajribasida namoyon bo‘lishining o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risidagi bilimlar shakllantiriladi. Talabalarda O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi nazariy bilimlar va ko‘nikmalar shakllantiriladi. Jahonda fuqarolik jamiyatining shakllanish va rivojlanish tajribalari o‘rganiladi. Fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi bilimlar shakllantiriladi. O‘tmish, bugun va kelajak voqealarini baholashda bilishning turli uslublaridan foydalaniladi. Fuqarolik jamiyatida davlat boshqaruv o‘rganlarini demokratlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlari to‘g‘risidagi bilimlar shakllantiriladi. Davlat hokimiyati o‘rganlari tizimi va fuqarolik jamiyatida davlat boshqaruvi tuzilmasini bilish to‘g‘risidagi bilimlar shakllantiriladi. Fuqarolik jamiyati qurishning mazmun-mohiyati haqida muayyan bilimlarga ega bo‘lishi to‘g‘risidagi bilimlar shakllantiriladi.
O‘zbekistonda 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiustuvor yo‘nalishlarini, fuqarolik jamiyat qurishning milliy va umuminsoniy demokratik tamoyillarini; xorijiy mamlakatlarning fuqarolik jamiyat qurish bo‘yicha ilg‘or tajriba va usullarini to‘g‘risidagi bilimlar shakllantiriladi. Rivojlangan mamlakatlarda mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalashning asosiy tamoyillari hamda ularning “O‘zbek modeli” tamoyillari bilan qiyosiy tahlilini to‘g‘risidagi bilimlar shakllantiriladi. Demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurishning huquqiy asoslarini mohiyatini bilishi va ulardan foydalana olishi to‘g‘risidagi bilimlar shakllantiriladi.
Markazlashgan rejali iqtisodiyot va ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining farqli tomonlarini aniqlash to‘g‘risidagi bilimlar shakllantiriladi. Mamlakatni demokratlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o‘tishining inqilobiy va tadrijiy (evolyusion) yo‘llarining yutuq va kamchiliklarini baholash to‘g‘risidagi bilimlar shakllantiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishning mohiyati va bosqichlari to‘g‘risidagi bilimlar shakllantiriladi. Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, ijtimoiy hayotni yangilash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini anglagan holda ulardan o‘z kasbida foydalanish to‘g‘risidagi bilimlar shakllantiriladi. Harakatlar strategiyasi Davlat dasturida erishayotgan natijalaridan o‘z ishlarida foydalanish to‘g‘risidagi bilimlar shakllantiriladi. Mamlakatni demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini qurish bo‘yicha o‘z xulosalarini bera olish kerak. Mamlakatimizning jahon bo‘yicha erishayotgan yutuqlarini tahlil qilish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashqi l qiladi: birinchisi – xususiy mulkchilik. Rivojlangan demokratik davlatlarda aholining aksariyati xususiy mulk egalari hisoblanadi. O‘rta mulkdorlar sinfi – jamiyat umumiy aholisining ko‘pchiligini tashqi l qiladi. Binobarin, xususiy mulk – fuqarolik jamiyati shakllanishi va funksionallashuvining dastlabki va muhim asosi sanaladi.
Fuqarolik jamiyati amal qilishining ikkinchi muhim omili - erkin bozor iqtisodiyotidir. Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitidagina xususiy tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratilishi mumkin.
Fuqarolik jamiyatining uchinchi muhim belgisi quyidagilardan iborat: har qanday demokratik davlat fuqarolarning ehtiyojlari va manfaatlarini yuqori darajada qondirib borishni nazarda tutadi. Ammo hozirgi zamonning o‘ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi sharoitida davlat tashqi lotlarining fuqarolar ehtiyojlari va manfaatlarini aniqlash, ulardan xabardor bo‘lish imkoniyati tobora qiyinlashib bormoqda. Bu muammoni bartaraf etishning yagona yo‘li – davlat tashqi lotlarining jamiyat hayotini boshqarib borishdagi ko‘plab funksiyalarini bosqichma-bosqich nodavlat tashqi lotlar, birlashmalarga o‘tkazish hisoblanadi.
Fuqarolik jamiyatining muhim belgilari quyidagilardan iborat:
1) fuqarolarning yuksak darajadagi ongliligi;
2) aksariyat aholining xususiy mulkchilik asosida moddiy jihatdan yaxshi ta’minlanganligi;
3) jamiyat a’zolarining ijtimoiy jihatdan faolligi;
4) jamiyat a’zolarining irqi, millati, jinsi, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi va holatidan qat’i nazar, o‘zaro hamjihatligi;
5) davlat hokimiyatining ko‘plab funsiyalarining nodavlat tashki lotlari, jamoat birlashmalari hamda o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘tkazilganligi;
6) jamoaviylikning yuqori darajada (onglilik asosida) yo‘lga qo‘yilganligi;
7) fuqarolarning ijtimoiy faolligi, ongli ravishda jamiyat, millat va hudud manfaatlarini ta’minlash yo‘lida faol ishtirok etishi.
Rivojlangan davlatlarda yuqorida bayon etilgan tamoyillar asosida tashqil etilgan ko‘plab fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat ko‘rsatadi. Ular jamiyat hayotining aniq bir muammosi bilan shug‘ullanishiga ko‘ra farq qiladi. Aksariyat nodavlat notijorat tashqilotlari insonparvarlik maqsadlarida tuziladi va faoliyat ko‘rsatadi. Hattoki, ularning ba’zilari umummilliy, mamlakat, halqaro miqyosda faoliyat ko‘rsatish darajasiga ham erishgan. Ayniqsa, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tashqil topgan fuqarolik jamiyati institutlari bir mamlakat doirasidan chiqib, xalqaro miqyosda faoliyat yuritmoqda. G‘arb davlatlaridagi “Grin Pis” (“Yashillar harakati”) kabi tashqilotlar shular jumlasidandir. Masalan, hozirda AQShda 1 milliondan ortiq fuqarolik jamiyati institutlari mavjud.
XXI asrning ikkinchi o‘n yilligi boshida qator arab (Misr Arab Respublikasi, Tunis, Suriya, Yaman, Liviya, Bahrayn, Sudan kabi) davlatlarida ijtimoiy noroziliklar, xalq chiqishlari avj olib, ularning ba’zilarida fuqarolik urushi natijasida minglab kishilar qurbon bo‘ldi. Bizningcha, bu voqealar shu mamlakatlarda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining cheklanganligi, aholi turli qatlamlarining ijtimoiy, ma’naviy, huquqiy va boshqa manfaatlari hamda ehtiyojlarini qondirilmaganligi oqibatida yuz bermoqda. Shu o‘rinda aytish lozimki, demokratiya fuqarolik jamiyatining nafaqat birlamchi zaruriyati, balki bunday jamiyatning shakllanishi va rivojlanishining muhim talabi hamdir.
Fuqarolik jamiyatining amal qilishi oshkoralikka, jamiyat hayotida sodir bo‘layotgan voqea va hodisalardan keng aholi ommasining xabardorligi darajasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Bu xabardorlik, o‘z navbatida, aholining turli qatlamlari, guruhlari faolligini oshiradi va mavjud ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashadi.
Fuqarolik jamiyati amal qilishining muhim huquqiy jihatlaridan biri uning qonunchilik asoslari qay darajada ekanligi, konstitutsiyaviy jihatdan kafolatlanganligidadir.
Fuqarolik jamiyati o‘ziga xos xususiyatlarini oydinlashtirishda, eng avvalo, uning tadqiqot ob’ekti va predmetini aniqlab olmoq lozim. Bizningcha, o‘quv kursining o‘rganish ob’ekti quyidagilardan iborat.
Birinchidan, jamiyat hayotida fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy jihatdan onglilik darajasini o‘rganish va aniqlash.
Ikkinchidan, aholining turli qatlamlari va ijtimoiy guruhlarning xususiy mulkchilik asosida moddiy jihatdan ta’minlanganligi darajasini aniqlash.
Uchinchidan, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishidagi asosiy omillari va shart-sharoitlarini qay darajada ekanligini o‘rganish.
To‘rtinchidan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan faolligi darajasini aniqlash. Bunda, fuqarolarning ijtimoiy faolligi, ongli ravishda jamiyat, millat va hudud manfaatlarini ta’minlash yo‘lida faol ishtirok etishi, barkamol shaxs tarbiyasi bilan bog‘liq muammolar o‘rganiladi.
Beshinchidan, fuqarolarning irqi, millati, jinsi, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi va holatidan qat’i nazar, o‘zaro hamjihatligi darajasini aniqlash.
Oltinchidan, davlat hokimiyatining ko‘plab funksiyalarining nodavlat tashqilotlari, jamoat birlashmalari hamda o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘tkazilganligi darajasini aniqlash.
Yettinchidan, O‘zbekistonda Sharqona mentalitetga xos bo‘lgan, jamoaviylikning yuqori darajada (onglilik asosida) yo‘lga qo‘yilganligi darajasini aniqlash kabilardan iborat.

Download 41.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling