O’zbekistonda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar


Download 1.04 Mb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#220403
1   2   3
Bog'liq
Tarix-

Harakatlar strategiyasi

  • 2017 yilning 7 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi. Farmonda belgilangan strategiya loyihasi va unda ko‘zda tutilgan muhim strategik masalalar respublikamiz ekspertlari hamda keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tdi.
  • Birinchi ustuvor yo‘nalishda davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish, xususan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish;
  • Ikkinchi ustuvor yo‘nalishda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
  • Uchinchi ustuvor yo‘nalishda iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish;
  • To‘rtinchi ustuvor yo‘nalishda mamlakatda ijtimoiy sohani rivojlantirish;
  • Beshinchi ustuvor yo‘nalishda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi muhim vazifalar belgilandi.
  • Inson va uning manfaatlarini ko‘zlab ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasining birinchi ustuvor yo‘nalishi bu, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. YA’ni davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirishga e’tibor qaratdi.
  • Harakatlar strategiyasida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan dastur bu ikkinchi yo‘nalish hisoblanadi. YA’ni sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish belgilab berildi. Uning muhimligi shuningdek sud tizimini isloh qilish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir.
  • Uchinchi ustuvor yo‘nalish, strategik dasturning yana muhim ustuvor jabhasi bu, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirishni ko‘zlaydi. Strategiyada xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish masalalari ham keng o‘rin olgan.
  • To‘rtinchi muhim ustuvor yo‘nalish etib belgilangan keyingi masalalar ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilganligi aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish inson manfaatlariga yo‘naltirilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etdi. Una barcha ijtimoiy sohalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish,
  • Beshinchi ustuvor yo‘nalish bu, davlatimiz xavfsizlik tizimi, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash beshinchi ustuvor yo‘nalishda belgilab berildi.
  • 2017 yildan e’tiboran barcha sohalarda davlatimiz taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Barcha sohalarda keng ko‘lamli qayta qurish va islohotlarning yangi davri boshlandi. O‘zbekiston tubdan yangilana boshladi. Barcha rahbarlar faoliyati qaytadan ko‘rib chiqildi, tanqidiy tahlil qilindi, ularga xalq oldida shaxsiy javobgarlik yuklandi. Asosiy e’tibor ancha yillar mobaynida etilib qolgan masalalarni hal qilish, xalq manfaatlari va muammolarini hal qilishga qaratildi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling