O‘zbekistonda arxeologik va xalqaro arxeologik tadqiqotlar o‘tkazish tartibi


Download 0.65 Mb.
bet2/3
Sana01.01.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1074391
1   2   3
Bog'liq
8-mavzu

R uxsatnoma na’muna

2. O‘ZBEKISTONDA XALQARO ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR O‘TKAZISH TARTIBI
O‘zbekistonda xalqaro arxeologik tadqiqotlar o‘tkazish YUNESKO tomonidan ishlab chiqilgan qoidalar asosida olib boriladi. O‘zbekistonda arxeologiya xalqaro fanlar darajasiga chiqqan. Bu erda jahonning eng rivojlangan arxeologiya markazlari ilmiy tadqiqotlar olib borishadi. Buning asosiy sababi o‘zbek arxeologlarining professionallik darajasining yuqoriligi bo‘lsa, ikkinchidan bu hududda nafaqat bir millat yoki xalq balki umuminsoniyat tarixini o‘rganish uchun manbalarning ko‘pligidan. Insoniyatning shakllanish tarixini o‘rganish uchun paleolit davri yodgorliklari, ilk sivilizatsiyalar tarixini o‘rganish uchun bronza davri yodgorliklari, Zardushtiylik diniy qarashlarning shakllanishi va rivojlanishi masalasini echish uchun juda ko‘plab manbalarning borligi, ellinizmning O‘rta Osiyodagi ko‘rinishi, buddizmning Uzoq SHarq mamlakatlariga tarqalishida O‘rta Osiyoning roli kabi masalalar O‘zbekistonda joylashgan yodgorliklarni o‘rganish asosida o‘z echimini topadi. Mazkur sabablar jahon olimlarining e’tiborini tortib kelmoqda.
O‘zbekistonda davlat ilmiy muassasalarida ishlaydigan, professional arxeolog xalqaro ilmiy shartnoma tuzish va arxeologik tadqiqotlar olib borish huquqiga ega. Bu ilmiy muassasalar qatoriga O‘zR FA tarkibidagi tarixiy muammolar bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot institutlari (arxeologiya, san’atshunoslik), tarkibida arxeologiya kafedralari mavjud bo‘lgan Oliy ta’lim muassasalari (O‘zMU, SamDU, NukusDU, TerDU), arxeologiya faniga mutaxassislashgan muzeylar (Termiz arxeologiya muzeyi, Samarqanddagi Afrosiyob muzeyi, Buxoro o‘lkashunoslik muzeyi, Temuriylar Davlat muzeyi, O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi va boshqalar).
Xalqaro arxeologik shartnoma tuzishning ilmiy asosi. SHartnoma tuzayotgan ikkita muassasa echimini kutayotgan ilmiy muammoni asoslab berishlari va bu asosnomani O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar o‘tkazish dala qo‘mitasiga berishlari kerak. Dala qo‘mitasi ruxsatidan so‘ng xalqaro shartnoma tuzishga ruxsat etiladi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling