O’zbekistonda bank tizimining shakllanishi va rivojlanishi
Kredit tizimi, uning tarkibiy qismlari
Download 23.44 Kb.
|
O’zbekistonda bank tizimining shakllanishi vа rivojlanishi
1.2. Kredit tizimi, uning tarkibiy qismlari
Kredit tizimi deb kredit munosabatlar majmuasi va kredit munosabatlarni tashkil qiluvchi va amalga oshiruvchi kredit institutlar yig’indisiga aytiladi. Kredit tizimi orkali huquqiy va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo’sh mablag’lari to’planadi hamda korxonalar , tashkilotlar, aholi va boshqa iqtisodiyot sub’ektlariga foydalanishga beriladi. Kredit tizimi bir necha alohida-alohida kichik tizimlardan iborat bo’ladi. Jahon tajribasidan ma’lumki, kredit tizimi o’zining tashkil qilinishi va tarkibiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: Markaziy bank; Tijorat banklar; Bank bo’lmagan kredit muassaslari; Maxsus-kredit institutlar Bozor iqtisodiyoti munosabatlari qaror topayotgan mamlakatlarda bank tizimi 2 pog’onali (darajali) tarkibda tashkil etiladi. Agar bank tizimining ushbu tarkibidagi Markaziy bank yuqori birinchi darajani tashkil etsa, ikkinchi pog’onada tijorat banklari o’z aksini topadi. Markaziy bank o’zining vazifalari, maqomi, faoliyati va iqtisodiy-huquqiy maqomiga ko’ra boshqa kredit muassasalarida farq qiladi. Mamlakat iqtisodiyotida korxonalar, aholi va davlatga bank xizmatlarini amalga oshirish tijorat banklari zimmasiga to’g’ri keladi. Tijorat banklari kredit tizimining boshqa muassasalariga nisbatan ko’proq bo’sh ssuda pul resurslarini jalb qiladi va ko’p miqdorda mijozlarga kreditlar beradi. Tijorat banklaridan tashqari bank muassasalari sifatida quyidagilarni ham alohida ajratib ko’rsatish mumkin: investitsiya banklari; jamg’armalarni jalb qiluvchi banklar; ipoteka banklari; savdo banklari; tashki iktisodiy alokalar buyicha banklar va b. Kredit tizimida bank bo’lmagan kredit muassasalari ham o’ziga xos o’ringa ega bo’lib hisoblanadi. Ularga investitsiya kompaniyalari, sug’urta kompaniyalari nafaka va boshqa jamg’armalar kiradi. Download 23.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling