1-mavzu. Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti fanining mohiyati va vazifalari. Reja: «Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti»


Download 19.74 Kb.
bet1/4
Sana23.06.2023
Hajmi19.74 Kb.
#1651658
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu


1-mavzu. Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti fanining mohiyati va vazifalari.
REJA:
1. «Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti» - fan va o`quv kursi sifatida
2. Kursning tuzilishi va uning iqtisodiy fanlar tizimida tutgan o`rni hamda boshqa o`quv fanlari bilan bog`liqligi.
3. Kursning bozor iqtisodiyoti sharoitiga va islohotlar talabiga xos vazifalari.

1. «Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti» - fan va o`quv kursi sifatida

Iqtisodiyot fanlari va amaliyot xo`jalikni oqilona samarali boshqarish uchun unga mos xo`jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqqan. Unga mos iqtisodiy dastaklar (baho, soliq, foyda, kredit, ish hakd kabilar), kategoriyalar, ko`rsatkichlar, usullarni (iqtisodiy yoki ma`muriy usullar, rejalar, normallashtirish kabilar) xo`jalik yurituvchilar o`z maqsadlariga muvofiq boshqaruv jarayonlarida ishlatadilar.


Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti fani yuqorida keltirilganlarning mazmun va mohiyatini ochib beradi, ularni xo`jalikni boshqarish uchun ishlatish shakl va usullarini o`rgatadi. Korxona faoliyatida jamiyatning rivojlanish iqtisodiy qonunlarining ko`rinsh shakllari o`z aksini topadi.
Korxonani boshqarish asosida iqtisodiy qonunlar talablari sub`ektiv holda ko`ra bilish va unga asosan qarorlar qabul qilish zarur bo`ladi. Masalan: iqtisodiy qonunlardan biri mehnat unumdorligini ish haqiga nisbatan tezroq o`sishidir. Bu qonunning talabi buzilsa pul muomalasini muvozanati buzilishiga olib kelishi, ortiqcha pul vujudga kelishi, tovarlar defitsiti paydo bo`lishi kabi hodisalar vujudga kelishi muqarrardir.
Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti - aholi va xalq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko`rsatishning ijtimoiy iqtisodiy va ma`muriy-xo`jalik mexanizmlarini o`rganuvchi va ochib beruvchi fandir. U tabiat va jamiyatning muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida rivojlanishining ob`ektiv qonunlari namoyon bo`lishi va amal qilishiga, Shuningdek, korxonalar faoliyatiga bevosita va bilvosita ta`sir ko`rsatuvchi davlat miqyosida qabul qilinuvchi qoida, normativ va qonun hujjatlariga tayanadi.
Hozirgi kunda korxonalar iqtisodiyotini rivojlantirishga bo`lgan qiziqish sezilarli ravishda o`sgan. Gap shundaki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi huquqiy-tashkiliy shakldagi korxonalar, xom ashyo, material va asbob -uskuna yetkazib beruvchilar, shuningdek, bevosita mahsulot yoki tovar iste`molchilari (xaridorlar) bilan yangicha iqtisodiy munosabatlar vujudga kelib, rivojlanib bormoqda. Bundan tashqari, korxona, bu – avvalo ishlab chiqarish jamoa, odamlarning turli tarzdagi faoliyati bo`lib, ular o`rtasidagi o`zaro munosabatlar tizimi yuzaga keladi hamda ma`lum bir turmush tarzi, ma`naviyat va axloq normalari shakllanadi. Bularning barchasi xo`jalik yuritish shakl va usullarini qayta ko`rib chiqish, korxonaning iqtisodiyot rivojlanishidagi o`rni va roliga yangicha yondashishni talab qiladi.
Bugungi kunda aksari korxonalar aksiyadorlik jamiyatlari, xolding va moliya-sanoat guruhlari tuzish yo`lidan bormoqda. Davlat korxonalarning tashabbuskorligi, ijodiy izlanish va tadbirkorligi uchun keng yo`l ochib, ularning ishlab chiqarish funktsiyalarini rejali iqtisodiyot davridagi kabi nazorat, limit va qattiq normalar bilan cheklab qo`yayotgani yo`q. Ya`ni qonunda ta`qiqlab qo`yilgan hollardan tashqari barcha holatlarda mustaqil xo`jalik faoliyati va erkinligi zamonaviy korxonalar faoliyatining eng asosiy xususiyati bo`lib, mazkur o`quv-usludiy qo`llanmada ko`rib chiqiladigan barcha masalalar ushbu asosda yuzaga kelgan. Biroq bozor iqtisodiyoti avtomatik ravishda muvaffaqiyat va to`kinlikni tahminlab beradi, davlat esa barcha korxonalar faoliyatiga umuman aralashmaydi, deb o`ylash mutlaqo xato bo`lar edi. Davlat iqtisodiyotning asosiy islohotchisi bo`lib kelgan va hozir ham shundayligicha qoladi. Davlat o`z zimmasidan ma`muriy-buyruqbozlik funktsiyalarinigina soqit qilib, maxsus iqtisodiy ta`sir choralari yordamida iqtisodiyotni nazorat qilish va boshqaruv funksiyalarini, shuningdek, iqtisodiyotning xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning to`g`ridan-to`g`ri majburiyatiga kirmaydigan hamda ularning qo`lidan kelmaydigan sohalarini rivojlanitirishdagi ishtirokini saqlab qolgan. Ma`lumki, iqtisodiyot jamiyat holatini, ishlab chiqarish kuchlaridan foydalanish va ularning rivojlanish darajasini, fan- texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanishni, odamlarning madaniyati va ma`lumoti darajasi va hokazolarni aks ettiradi.
«Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti» fani bilimlarning mustaqil sohasi va iqtisodiyot fanining tarkibiy qismi sifatida masalaning aynan shu tomoniga ko`proq e`tibor qaratadi. Jamiyat uchun zarur bo`lgan moddiy boyliklardan tashqari milliy daromadning ham asosiy qismi aynan korxonalarda ishlab chiqarilishi sababli korxonalar iqtisodiyotining holati butun xalq xo`jaligiga to`g`ridan-to`g`ri ta`sir ko`rsatadi, deb hisoblanadi.
Korxona qaysi tarmoqqa mansubligi va mulk shaklidan qat`iy nazar, qanchalik yaxshi va samarali ishlasa, iqtisodiyot ko`rsatkichlari hamda aholining turmush tarzi shunchalik yuqori bo`ladi. Bunday sharoitlarda xo`jalik amaliyoti va fan oldiga birinchi o`rinda har bir korxona, to`g`rirog`i, ishlab chiqarishda qatnashuvchi butun jamoaning bozor munosabatlariga asoslangan hozirgi iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari va qonunlarini, avvalo, uning asosiy ko`rsatkichlari - talab va taklif tushunchalarini bilishi va to`g`ri tushunishi, ikkinchidan, milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga qo`shilishida o`z hissasini qo`shishi, uchinchidan esa, ishlab chiqarishning har bir bo`g`inida yuqori samara va sifat ko`rsatkichlariga erishish masalasi qo`yiladi.
Iqtisodiyotning rivojlanishiga kerakli bilim va ko`nikmalarni, mablag` va kuchlarni kiritmasdan turib korxona ham, jamiyat ham rivojlangan iqtisodiyotni hamda moddiy ne`matlarning to`kinligi va turmush tarzining yuqoriligini talab qila olmaydi.

Download 19.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling