O’zbekistonda boshlang’ich ta’lim pedagogikasi tarixi


Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasining metodlari


Download 129.38 Kb.
bet12/13
Sana10.07.2023
Hajmi129.38 Kb.
#1659520
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING METODOLOGIYASI VA PEDAGOGIK (2)

Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasining metodlari. “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi”ning o‘ziga xos metodlari bo‘lib, ular umumpedagogik metodlar asosida quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. O‘qitish metodlari:
- o‘qitish;
- o‘rgatish;
- tushuntirish;
- ko‘niktirish;
- bilim berish;
- savodxon qilish.
2. Tarbiya metodlari:
- shakllantirish;
- ko‘niktirish;
- moslashtirish;
- yo‘naltirish;
- odatlantirish.
3. Innovatsion metodlar:
- yangiliklarni o‘rganib borish;
- yangiliklarni boshlang‘ich ta’lim- tarbiya jarayoniga joriy etish;
- ta’lim va tarbiya jarayoniga yangicha yondashish;
- boshlang‘ich ta’lim va tarbiya jarayoni bo‘yicha yangiliklar yaratish.
4. Integratsion metodlar:
- boshlang‘ich ta’limda uzviy bog‘liqlik;
- boshlang‘ich ta’limda hamkorlik;
- boshlang‘ich ta’limda teng manfaatdorlik;
- boshlang‘ich ta’limda samaradorlik.
5. Ilmiy-tadqiqot metodlari:
- tadqiq etish;
- tahlil qilish;
- kuzatish;
- monitoring;
- nazorat;
- qiyoslash va tipologiya.
6. Baholash metodlari:
- o‘zlashtirishni baholash;
- tarbiyalanganlikni baholash;
- savodxonlik darajasini baholash;
- ta’limiy – tarbiyaviy muhitni baholash;
- rag‘batlantirish.
Mazkur metodlar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” fanining negizini tashkil qiladi va bu fan ana shu metodlar asosida o‘ziga xos xususiyatlarga ega hisoblanadi.
Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ana shu metodlarni chuqur o‘zlashtirish va amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini o‘rganishi taqoza etiladi. SHu sababli bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mazkur metodlarni o‘z amaliy faoliyatida (malakaviy amaliyot va bitiruv malakaviy ishlari amaliyoti jarayonida) qo‘llash bilan o‘zlashtirishi tavsiya etiladi.
2.2. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasining zamonaviy tendentsiyalari
“Tendensiya” tushunchasi lotincha bo‘lib, an’ana, takomil va namuna ma’nolarini anglatadi. SHu jihatdan hozirgi zamon boshlang‘ich ta’limining o‘ziga xos va muhim tendentsiyalari quyidagilardan iborat:

  1. boshlang‘ich ta’limga yangi va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;

  2. boshlang‘ich ta’limning madaniy kontekstini kuchaytirish;

  3. boshlang‘ich ta’limga oid xalqlarning ilg‘or tajribalarini tadbiq etish.

Boshlang‘ich ta’limga yangi va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda kompyuter, Internet tarmog‘i imkoniyatlaridang oqilona foydalanish masalasiga asosiy e’tibor berilmoqda. Bunda texnologik ta’lim asoslari kuchayib bormoqda va ayni paytda, texnologik ta’lim rivojlanish hamda shakllanish jarayonida bo‘lgan boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining insoniy, jismoniy hamda estetik tuyg‘ularini texnokratik tarzda shakllantirmasligi kerak.
Boshlang‘ich ta’limning madaniy kontekstini kuchaytirish jarayonida 7-11 yoshli o‘quvchilarga xalqning milliy va oilaviy qadriyatlari asosida bilim berish, ularning axloqiy va faoliyat ko‘nikmasini umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirishnga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Misol uchun, O‘zbekistonda xalq an’analari, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, oilaparvarlik kabilar milliy qadriyatlar, bag‘rikenglik, demokratlik, birodarlik singarilar umuminsoniy qadriyatlar hisoblanadi. SHu sababli boshlang‘ich ta’limning madaniy kontekstini kuchaytirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligiga asoslanish taqozo etiladi.
Butun dunyoda boshlang‘ich ta’limga xalqlarning ilg‘or tajribalarini tadbiq etish tendentsiyasi davom etmoqda. Unga ko‘ra, muayyan xalqlarning boshlang‘ich ta’limda erishgan yutuqlari o‘zga xalqlar tomonidan qabul qilinmoqda. Misol uchun, Rossiya Federatsiyasining boshlang‘ich ta’limdagi xalqparvarlik konteksti, Finlandiya qirolligining boshlang‘ich ta’limidagi xususiy ta’lim konteksti va O‘zbekiston boshlang‘ich ta’limidagi dunyoviylik konteksti xalqaro tajribalar sifatida e’tirof etiladi.


Download 129.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling