O’zbekistonda dastlabki davlatlarning paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichlari alijonov Ilhomjon


Download 110.07 Kb.
bet6/7
Sana10.11.2021
Hajmi110.07 Kb.
#173325
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarix Ilhomjon

Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O'rta Osiyodagi ilk davlat uyushmalaridan biri Qadimgi Baqtriya davlatidir. Baqtriyaliklarning yurti Surxon vodiysi, Afg'onistonning shimoli-sharqi, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashib, turli yozma manbalarda Baxdi, Baqtrish, Baqtriyona, Baqtriya, Baxli, Baxlika deb tilga olingan.

  • Bronza davridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish (Sopolli, Jarqo'ton, Oltintepa va b.) keyingi davrlarda yanada jadallik bilan rivojlanadi. Natijada mil. avv. IX-VIII asrlarda Baqtriya hududida harbiy ahamiyatga ega bo'lgan siyosiy birlashmalar tashkil topadi. Mil. avv. VIII-VII asrlarga kelib Qadimgi Baqtriya davlati Sharqdagi kuchli davlatlardan biriga aylanadi. Ushbu jarayonni arxeologik va yozma manbalar ma'lumotlari ham to'la tasdiqlaydi. Ayrim tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, bu davr Baqtriya tarkibiga Marg'iyona va So'g'diyona ham (tarixiy-madaniy birlik sifatida) kirgan bo'lishi mumkin.
  • Turli manbalardagi So'g'da, So'g'uda, So'g'diyona nomlari bilan mashhur bo'lgan qadimgi tarixiy-madaniy o'lka hozirgi Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini o'z ichiga olgan. Ilk temir davri So'g'diyona hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish jarayonlarini kuzatish mumkin. Bu rivojlanish jarayoni mil.avv. IX-V asrlarga oid ko'p sonli manzilgohlar va ko'hna shahar xarobalaridagi turli-tuman topilmalar va me'morchilik tuzilish bilan izohlanadi.
  • Ilk davlatchilikning eng asosiy belgilaridan bo'lgan ko'hna shahar xarobalari So'g'diyonadan to'rtta (Yerqo'rg'on, Afrosiyob, Uzunqir, Ko'ktepa) topib o'rganilgan bo'lib, ular hozircha O'zbekistondagi eng qadimgi rivojlangan shahar madaniyatini o'zida aks ettiradi.
  • O'zbek xalqi va uning ajdodlari ilk davlatchiligi taraqqiyoti o'troq dehqonchilik xo'jaligi va qadimgi shaharlar tarixi bilan uzviy bog'liq bo'lgan. Ilk davlatlar tashkil bo'lishida, jamiyat rivojlanishining ichki qonuniyatlaridan tashqari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning yuqori darajasi- hunarmandchilik, almashinuv va savdoning kuchayib borishi, siyosiy qarama-qarshiliklar va harbiy to'qnashuvlar ham ta'sir qilgan.

Download 110.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling