O’zbekistonda dastlabki davlatlarning paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichlari alijonov Ilhomjon


Download 110.07 Kb.
bet2/7
Sana10.11.2021
Hajmi110.07 Kb.
#173325
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarix Ilhomjon

Mil avv. VI asrning o'rtalariga kelib Erondagi Ahmoniylar sulolasi hukmdorlari Qadimgi Sharqdagi ko'pgina mamlakatlar ustidan, jumladan, O'rta Osiyodagi Parfiya, Marg'iyona, Baqtriya, So'g'diyona, Xorazm, “Saklar o'lkasi” ustidan o'z hokimiyatini o'rnatdilar. Ahmoniylar davrida bitilgan mixxat manbalarda O'rta Osiyo xalqlari va viloyatlari haqida turli ma'lumotlarni uchratishimiz mumkin.Bu davr yozuvlarida o'lkamiz xalqlarining qadimgi tarixiga oid quyidagi ma'lumotlar saqlangan: viloyatlar va xalqlarning nomlari, ayrim siyosiy jarayonlar, saklar yurtiga qarshi yurishlar, iqtisodiy tuzum va moddiy madaniyat ma'lumotlari.

  • Yunon-rim tarixchilaridan birinchi bo'lib “tarixning otasi” Gerodot (mil.avv. V asr) O'rta Osiyo xalqlari haqida ma'lumotlar beradi. Gerodot “Tarix” kitobida Baqtriya, Baqtra, baqtriyaliklarni 13 marta, so'g'dlarni 2 marta, xorazmliklarni 3 marta, saklarni 11 marta, massagetlarni 19 marta tilga olib ularning moddiy madaniyati, urf-odatlari, dini va tarixi haqida hikoya qilgan.

  • Download 110.07 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling