O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritish tomon yo‘l tutilishi reja: Mustaqillik sari birinchi qadam


Download 212.79 Kb.
bet1/4
Sana24.12.2022
Hajmi212.79 Kb.
#1057450
  1   2   3   4
Bog'liq
o\'zbekistonning eng yangi

FAN VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI Boshlang’ich talim yo’nalishi 101 guruh talabasi Xasanova Nurxon “ O’zbekistonning eng yangi tarixi” MUSTAQIL ISHI

O‘ZBEKISTONDA DAVLAT MUSTAQILLIGINING QO‘LGA KIRITISH TOMON YO‘L TUTILISHI

REJA:

1. Mustaqillik sari birinchi qadam.

2. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston davlatchiligi taraqqiyoti.

3. I.A.Karimov - mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti.

4. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li.

O‘zbekiston mustaqillik arafasida

  • 1989 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 11-chaqiriq 11-sessiyasida «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilindi;
  • «O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini shakllantirish konsepsiyasi»ni tayyorlashga kirishildi. Unga ko‘ra, «O‘zbekiston xalq xo‘jaligini sog‘lomlashtirish va bozor iqtisodiga o‘tishning asosiy prinsiplari» ishlab chiqildi va u 1990 yil 17 oktyabrda umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi;
  • O‘zbekiston Oliy Kengashi 1989 yil 25 noyabrda bo‘lgan «O‘zbekiston SSRni iqtisodiy va sotsial rivojlantirishning 1990 yilgi Davlat plani to‘g‘risida»gi masalani muhokama qilar ekan, Respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga oid muhim tadbirlarni belgiladi;
  • I.A.Karimov 1989 yil iyunda O‘zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga saylandi;
  • 1990 yil 24 martda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 12 chaqiriq 1-sessiyasi O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sessiya I.A.Karimovni O‘zbekiston sovet sotsialistik Respublikasi Prezidenti etib sayladi;

1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 12-chaqiriq 2-sessiyasida «O‘zbekistonning Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilindi;

  • 1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 12-chaqiriq 2-sessiyasida «O‘zbekistonning Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilindi;
  • 1991 yil 17 martda «O‘zbekiston yangilanayotgan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida mustaqil, teng huquqli Respublika bo‘lib qolishiga rozimisiz?» degan savol qo‘yilgan umumxalq referendumi o‘tkazildi;
  • 9,2 milliondan ortiq kishi yoki referendumda qatnashganlarning 94 foizi yoqlab O‘zbekistonning mustaqil teng huquqli Respublikasi sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida bo‘lishini qo‘llab ovoz berdi;
  • 1991 yil 22 iyulda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati «O‘zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo‘ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini O‘zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga o‘tkazish» to‘g‘risida yana bir tarixiy ahamiyaga molik qaror qabul qildi;
  • 1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi sessiyasi bir ovozdan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qildi. O‘zbekiston SSRning nomi «O‘zbekiston Respublikasi» deb o‘zgartirildi. So‘ngra «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi.

Tarixan juda qisqa muddatda Asosiy Qonunimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ishlab chiqildi va qabul qilindi. Bu qomusiy hujjatda mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining asosiy tamoyillari aniq ifodalab berildi, davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘linishi eng muhim tamoyil sifatida belgilangan. Shuningdek, inson huquqlarining davlat manfaatlaridan, umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalarining esa milliy huquqiy me’yorlardan ustunligi ham Konstitutsiyada muhrlab qo‘yildi.
Asosiy Qonunimizda hech qanday mafkuraning davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi va ijtimoiy-siyosiy hayot siyosiy institutlarning rang-barangligi, mafkura va fikrlarning xilma-xilligiga asoslanishi belgilab berildi. Ayni paytda barcha mulk shakllarining teng huquqliligi sharoitida xususiy mulkning ustuvorligi konstitutsiyaviy asosda mustahkamlab qo‘yildi.

Download 212.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling