O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritish tomon yo‘l tutilishi reja: Mustaqillik sari birinchi qadam


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi


Download 212.79 Kb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi212.79 Kb.
#1057450
1   2   3   4
Bog'liq
o\'zbekistonning eng yangi

ISLOM KARIMOV

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi

  • O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish g‘oyasi Oliy Kengashning 1990 yil 20 iyunda bo‘lib o‘tgan 2- sessiyasida ilgari surilgan.
  • Sessiyada Prezident I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
  • 1992 yil bahorida Konstitutsiya loyihasining 149 ta moddadan iborat yangi varianti ishlandi va u 1992 yil 26 sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi.
  • Qariyb ikki oy davom etgan umumxalq muhokamasidan so‘ng bildirilgan taklif va mulohazalar umumlashtirildi va loyiha ushbu taklif va mulohazalar asosida qayta tuzatilib, 1992 yil 21 noyabrda muhokamani davom ettirish uchun 2-marotaba matbuotda e’lon qilindi.
  • 1992 yil 8 dekabrda 12- chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining to‘qqizinchi sessiyasida 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti

  • O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi (89-modda).
  • O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.
  • O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan etti yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi (90-modda).
  • Prezident o‘z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to‘lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati Bilan shug‘ullanishi mumkin emas (91-modda).
  • Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.
  • Prezident O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig‘ilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi (92-modda).

Download 212.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling