O’zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o’rin tutadi
Download 62.09 Kb.
|
monopolistik va oligopolistik bozorlar tushunchasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning predmeti
- II. Asosiy qism 2.1. Monopoliya bozori tushunchasining mazmun-mohiyati.
Kurs ishining maqsadi. Dolzarbligidan kelib chiqqan xolda kurs ishida uchun bir qator vazifalar belgilab olindi::
raqobatning jamiyatdagi va xo‘jalik sohasidagi o‘rnini nazariy tomondan yoritib berish; -iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirishning mohiyati va mamlakat raqobatdoshligini oshirishdagi rolini yoritib berish; raqobatning turlari, mohiyati va usullarining mazmuni yoritish; -tovarning raqobatdoshligini o‘rganish va ularni baholash; Ishning predmeti: Andijon bozoridagi monopolistik va oligopolistik bozor tovarlari ishlab chiqarishlar. Raqobat tushunchasi, raqobat va uning turlari, raqobat mohiyati va raqobatlashuv usullari, mukammal va nomukammal raqobat, raqobat strategiyasi va raqobatchilik muhiti. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish qismi, uchta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan tashkil topgan bo’lib 38 sahifani tashkil etadi. II. Asosiy qism 2.1. Monopoliya bozori tushunchasining mazmun-mohiyati. Monopoliya tushunchasiga turlicha ta'rif beriladi. Jumladan, ba'zi o'rinlarda unga «davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning qandaydir xo'jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi sifatida qaralsa, boshqa holatlarda, «faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday (ba'zi adabiyotlarda yakka) hukmronlik holati», deb ta'riflanadi. Bu ta'riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki *har qanday yoki yakka hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi sababli, uni quyidagicha ta'riflash o'rinli deb hisoblaymiz: monopoliya — monopol yuqori narxlarni o'rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari. «Monopoliya» atamasining kelib ehiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya'ni. grekcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - sotaman) tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to'planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to'planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to'planishini namoyon etadi. Ishlab chiqarish to'planishining asosiy sababi bo'lib oli- nayotgan foyda hajmining ko'payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko'paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo'shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya'ni unga qo'shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa, ba'zi bir korxonalarning o'sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendcnsiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to'planishining moddiy asosi bo'lib kapitalning to'planishi va markazlashuvi hisoblanadi. Kapitalning to'planishi - bu qo'shimcha qiymatning bir qismini jamg'arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi ko'rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni. korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xom ashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi. Kapitalning to'planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada to'ldiriladi. Kapitalning markazlashuvi - bu bir kapital tomonidan boshqa birining qo'shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aksiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o'sishidir Ishlab chiqarishning gorizontal va vertikal to‘planishi farqlanadi. Ishlab chiqarishning gorizontal to‘planishi – bu milliy iqtisodiyotning ma’lum tarmog‘i doirasidagi korxonalarning yiriklashuvidir. U erkin raqobat davri, shuningdek, XX asrning boshlarida ishlab chiqarish to‘planishining asosiy shakli sifatida namoyon bo‘lgan. Ishlab chiqarishning vertikal to‘planishi – bu milliy iqtisodiyotdagi bir necha o‘zaro bog‘liq tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarishning to‘planishidir. U ilmiy-texnika inqilobi sharoitlarida keng rivojlandi. Ishlab chiqarishning to‘planishi o‘z rivojining ma’lum darajasida monopoliyalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning to‘planishi hamda monopoliyalarning paydo bo‘lishi o‘rtasidagi ichki aloqalar quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 1) tarmoqlarda bir necha yirik korxonalarning hukmron mavqega ega bo‘lishi ularning bir-biri bilan kelishuviga hamda monopolistik birlashmalar tuzishiga imkon yaratadi; 2) yirik korxonalar o‘rtasidagi raqobat juda qaltis bo‘lib, ular uchun katta miqyosdagi yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Shunga ko‘ra, raqobatni cheklash, tovarlarga yuqori narxlar belgilash va yuqori foyda olish uchun yirik ishlab chiqaruvchilarning monopolistik ittifoqlarga birlashishi lozim bo‘ladi. Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining ta’minlanishiga monopoliyalar, to‘siq bo‘ladi. Ishlab chiqarishning gorizontal va vertikal to'planishi farqlanadi. Ishlab chiqarishning gorizontal to'planishi - bu milliy iqtisodiyotning ma'lum tarmog'i doirasidagi korxona va firmalarning yiriklashuvidir. U erkin raqobat davri, shuningdek, XX asrning boshlarida Ishlab chiqarish to'planishining asosiy shakli sifatida maydonga tushgan edi. Ishlab chiqarishning vertikal to'planishi - bu milliy iqtisodiyotdagi bir necha o'zaro bog'liq tarmoqlarda mahsulot Ishlab chiqarishning to'planishidir. U ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitlarida keng rivojlandi. Ishlab chiqarishning to'planishi o'z rivojining ma'lum darajasida monopoliyalarning paydo bo'lishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning to'planishi hamda monopoliyalarning paydo bo'lishi o'rtasidagi ichki aloqalar quyidagilarda namoyon bo'ladi: Jahon mamlakatlari tajribasi ko’rsatadiki, monopoliyalarga qarshi qonunchilik, asosan, quyidagi yo’nalishlar bo’yicha shakllanadi: 1) ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga ko’ra, hech bir korxona (korporasiya) biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig’ini nazorat qilishga haqli bo’lmaydi; 2) barcha yirik korporasiyalar ishtirokchilari boshqa korporasiyalar aksiyalarining ma'lum cheklangan miqdordan ortig’iga ega bo’la olmasligi kerak; 3) baholarni bozor muvozanati belgilangan darajadan yuqori yoki past tutib turish, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarga qarshi qonunlarni joriy qilish. Milliy iqtisodiyotda davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati raqobat oldidan shakllanib bo’lgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirish, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni yangidan shakllantirishga qaratiladi. Monopollashgan bozor - ozchilik sotuvchilar va haridorlar hukmron, raqobat cheklangan yoki mavjud boʻlmagan bozor. Uning monopol raqobatli, oligopolistik, sof monopoliya bozori turlari bor. Monopol raqobatli bozorda firmalar koʻp boʻlganidan ulardan har birining tovarlar sotishdagi hissasi kichik boʻladi, natijada ular bozorni cheklangan holda nazorat qiladilar. Ular yashirin kelishuv asosida oʻzaro til biriktira olmaydilar, bu bilan mazkur bozor oligopolistik bozor (guruh monopoliyasi)dan farqlanadi. Monopollashgan bozorda firmalar mustaqil boʻlganidan oʻz bozorida bir-biri bilan raqobatlashadi. Lekin raqobatning asosiy usuli narx bilan raqobatlashuv emas, balki sifat jihatidan bir-biridan farqlanuvchi mahsulot bilan bozorga chiqish hisoblanadi. Monopollashgan bozor yangi firmalarning kirib kelishi uchun ochiq hisoblanadi. Shu bois bu yerda raqobat cheklanmaydi, aksincha, kengayib turadi. Yangi firmalar kirib kelganda taklif koʻpayib, narxlar tushib ketadi, natijada zarar ham koʻtariladi. Zarar koʻrganlar bozordan chiqib ketishgach, narxlar oshadi, foyda maksimumlashadi. Bunday bozorda tovarlarni mukammallashtirish sotish hajmini oshirib, foyda miqdorini koʻpaytiradi. Raqobatda modernizatsiyadan tashqari, reklama ham keng qoʻllanadi. Monopollashgan bozorning monopollashuv darajasi amerikalik iqtisodchi A. P. Lerner (1903—1983) indeksi (L) bilan aniqlanadi:P-Wm bu yerda R — narx; Wm — meʼyoriy harajatlar. Indeks qiymati 0 dan 1 gacha oʻzgaradi. Uning qiymati 1 ga kanchalik yaqin boʻlsa, firma monopoliyasi shu qadar kuchli hisoblanadi. Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining ta'minlanishi monopoliyalar, ularning kelib chiqish sabablari va amaliyotidagi xususiyatlarini ko'rib chiqishni taqozo etadi. Tarmoqlarda bir necha yirik korxonalarning hukmron mavqyega ega bo'lishi ularning bir-biri bilan kelishuviga hamda monopolistik birlashmalar tuzishiga imkon yaratadi; yirik korxonalar o'rtasidagi raqobat juda qaltis bo'lib, ular uchun katta miqyosdagi yo'qotishlarga olib kelishi mumkin. Shunga ko'ra, raqobatni cheklash, tovarlarga yuqori narxlar belgilash va yuqori foyda olish uchun yirik ishlab chiqaruvchilaming monopolistik ittifoqlarga birlashishlari lozim bo'Iadi. Monopoliyalarning vujudga kelishida ishlab chiqarishning to'planishidan tashqari yana bir qator omillar ta'sir ko'rsatadi: davlatning proteksionistik bojxona siyosati. U chet eldagi raqobatchilarning ichki bozorga kirish imkoniyatini yo'qotib, monopoliyalarning paydo bo'lishiga sharoit yaratadi: banklarning faoliyati va moliyaviy siyosati. Banklar sanoat monopoliyalarining jadal o'sishiga imkon beradi. 1.Mahsulotlarning bir xilligi. Mahsulotning bir xilligi shuni anglatadiki, xaridorlarning ongida uning barcha birliklari aynan bir xil bo'ladi va ularda aniq bir birlikni kim ishlab chiqarganligini tanib olish imkoniyati yo'q. Shu nuqtai nazardan, bu shuni anglatadiki, har xil kompaniyalar mahsulotlari bir-birini to'liq almashtirib turadi va ularning befarqligi egri chizig'i har bir xaridor uchun to'g'ri keladi. Bir hil turdagi mahsulot ishlab chiqaradigan barcha korxonalarning yig'indisi sanoatni tashkil qiladi. Bir hil mahsulotga misol sifatida ikkilamchi fond bozorida sotiladigan ma'lum bir korporatsiyaning oddiy aktsiyalari bo'lishi mumkin. Ularning har biri boshqasiga to'liq o'xshashdir va xaridor u yoki bu ulushni kim aniq sotishi, agar uning narxi bozor narxidan farq qilmasa, ahamiyati yo'q. Ko'pgina korporatsiyalarning aktsiyalari sotiladigan fond bozorini bunday o'xshash tovarlarning ko'plab bozorlari to'plami sifatida ko'rish mumkin. Standartlashtirilgan tovarlar ham bir hil bo'lib, odatda ixtisoslashgan tovar birjalarida sotiladi. Bu, qoida tariqasida, turli xil tovar turlari (paxta, kofe, bug'doy, yog'ning ayrim turlari) yoki yarim tayyor mahsulotlar (po'lat, oltin, alyuminiy quyma va boshqalar). Bu bir hil mahsulot emas, garchi u bir xil bo'lsa ham, uning ishlab chiqaruvchilari (yoki etkazib beruvchilari) xaridorlar tomonidan ishlab chiqarilishi yoki savdo markasi (aspirin, asetilsalitsil kislotasi), tovar nomi yoki boshqa o'ziga xos xususiyatlari bilan osonlikcha tan olinishi mumkin, agar xaridorlar ularga ahamiyat berishsa, albatta. Shunday qilib, sotuvchilarning noma'lumligi, xaridorlarning noma'lumligi bilan birga, mukammal raqobat bozorini butunlay shaxssiz qiladi. Turli xil korxonalarning bir hil mahsulotlarini mukammal o'zaro almashinuvi shuni anglatadiki, har qanday ishlab chiqarish korxonalari uchun narx bo'yicha talabning o'zaro moslashuvchanligi cheksizga yaqin. 2. Bozor sub'ektlarining kichikligi va ko'pligi. Bozor sub'ektlarining kichikligi shuni anglatadiki, hatto eng yirik xaridor va sotuvchilarning talab va taklif hajmlari bozor hajmiga nisbatan ahamiyatsiz. Bu erda "ahamiyatsiz" degani, qisqa vaqt ichida (ya'ni, korxonalarning bir xil quvvati va xaridorlarning ta'mi va afzalliklari o'zgarmasligi bilan) alohida sub'ektlarning talab va takliflari hajmining o'zgarishi mahsulotlarning bozor narxiga ta'sir qilmaydi. Ikkinchisi faqat barcha sotuvchilar va xaridorlarning yig'indisi bilan belgilanadi, ya'ni bu kollektiv natijadir bozor munosabatlari... Ko'rinib turibdiki, bozor sub'ektlarining kichikligi ularning ko'pligini, ya'ni bozorda ko'plab kichik sotuvchilar va xaridorlarning mavjudligini ham anglatadi. Bozor sub'ektlarining kichikligi va ko'pligi bozorda monopol ustunliklarga ega bo'lish maqsadida ular o'rtasida rasmiy yoki norasmiy kelishuvlarning (kelishuvning) yo'qligini anglatadi. Mahsulotlarning bir xilligi, korxonalarning ko'pligi, ularning kichikligi va mustaqilligi haqidagi taxminlar quyidagi muhim taxmin uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Mukammal raqobat sharoitida har bir alohida sotuvchi narxlarni qabul qiluvchidir: uning mahsulotlariga bo'lgan talab egri chizig'i cheksiz elastik va chiqish o'qiga parallel bo'lgan to'g'ri chiziqqa o'xshaydi; korxona mahsulotning istalgan hajmini mavjud bozor narxida sotishi mumkin. 3. Kirish va chiqish erkinligi. Barcha xaridorlar va sotuvchilar sanoatga (bozorga) kirish va uni tark etish (bozorni tark etish) uchun to'liq erkinlikka ega. Bu shuni anglatadiki, korxonalar ma'lum bir mahsulotni ishlab chiqarishni boshlashga, uni maqsadga muvofiq deb hisoblasa, uni davom ettirishga yoki to'xtatishga qodir. Xuddi shu tarzda, xaridorlar har qanday miqdordagi tovarlarni sotib olishda, sotib olishni ko'paytirishda, kamaytirishda yoki hatto to'xtatishda erkindirlar. Sohaga kirish uchun qonuniy yoki moliyaviy to'siqlar mavjud emas. Masalan, ba'zi mahsulotlarni ishlab chiqarishda ustun huquqlarni beruvchi patentlar yoki litsenziyalar mavjud emas. Sanoatga kirish (va uni tark etish) uchun har qanday muhim boshlang'ich (mos ravishda, tugatish) xarajatlari talab qilinmaydi. Sanoatdagi tashkil etilgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan miqyos iqtisodiyoti yangi kelganlarni sanoatga kirishini cheklash uchun etarli emas. Boshqa tomondan, hech kim o'z xohishlariga mos kelmasa, bu sohada qolishga majbur emas. Bozorni tashkil qilishda davlatning aralashuvi yo'q (tanlab beriladigan subsidiyalar va soliq imtiyozlari, kvotalar va talab va taklifni normalashning boshqa shakllari). Kirish va chiqish erkinligi, shuningdek xaridorlar va sotuvchilarning bozor ichida mukammal harakatchanligini, xaridorlarni sotuvchilarga biriktirishning biron bir shakli mavjud emasligini taxmin qiladi. Agar million xaridorning har biri million sotuvchidan biri bilan yuzma-yuz bo'lsa, unda ularning ko'pligi va ehtimol kichikligiga qaramay, biz mukammal raqobat bozorini emas, balki ikki tomonlama monopoliyaning million holatini olamiz. Bozor iqtisodiyoti - sotuvchilar, xaridorlar va ishbilarmonlik munosabatlarining boshqa ishtirokchilari o'rtasida ko'plab aloqalarga ega bo'lgan murakkab va dinamik tizim. Shuning uchun, bozorlar, ta'rifga ko'ra, bir hil bo'lishi mumkin emas. Ular bir qator parametrlari bilan farq qiladi: bozorda faoliyat yuritadigan firmalar soni va hajmi, ularning narxga ta'siri darajasi, taklif qilinadigan tovarlarning turi va boshqa ko'p narsalar. Ushbu xususiyatlar aniqlanadi bozor tuzilmalarining turlari yoki boshqa yo'l bilan bozor naqshlari. Bugungi kunda bozor tuzilmalarining to'rtta asosiy turini ajratish odat tusiga kirgan: sof yoki mukammal raqobat, monopolistik raqobat, oligopoliya va sof (mutlaq) monopoliya. Monopolistik raqobat. Monopolistik raqobat sharoitida bozorga kirishda to'siqlar mavjud, ammo ularni bartaraf etish nisbatan oson. Masalan, bozorga kirish uchun firma maxsus litsenziya, patent va boshqalarni olishi kerak bo'lishi mumkin. Firmalarni firmalar ustidan sotish nazorati cheklangan. Tovarlarga talab yuqori darajada elastik. Monopoliyalarning mohiyatini ochib berishda uning tur- larini ko'rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga ko'ra ajratish mumkin: Monopolistik raqobatning misoli - kosmetika bozori. Masalan, iste'molchilar Avon kosmetik mahsulotlarini afzal ko'rishsa, ular uchun boshqa kompaniyalarning shu kabi kosmetik vositalariga qaraganda ko'proq pul to'lashga tayyor. Ammo narxdagi farq juda katta bo'lsa, iste'molchilar baribir Oriflame kabi arzonroq sheriklariga o'tishadi. Monopolistik raqobatning misoli - kosmetika bozori. Masalan, iste'molchilar Avon kosmetik mahsulotlarini afzal ko'rishsa, ular uchun boshqa kompaniyalarning shu kabi kosmetik vositalariga qaraganda ko'proq pul to'lashga tayyor. Ammo narxdagi farq juda katta bo'lsa, iste'molchilar baribir Oriflame kabi arzonroq sheriklariga o'tishadi. Xususiyatlari yoki monopolistik raqobatning xususiyatlari: sohadagi sotuvchilar soni: katta; firma hajmi: kichik yoki o'rta; xaridorlar soni: katta; mahsulot: farqlangan; narxlarni boshqarish: cheklangan; bozor ma'lumotlariga kirish: bepul; sohaga kirish uchun to'siqlar: past; raqobat usullari: asosan narxsiz raqobat va cheklangan narxlar raqobati. Download 62.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling